• 46-rasm. Yetakchi (A) va yetaklanuvchi (B) vallar. 1-yetaklovi val; 2-uzatmalar qutisining richagi; 3-vilkalari; 4-yetaklanuvchi val;
  • Pedagogik innovatsiyalar, professional




    Download 19,16 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet178/216
    Sana24.05.2024
    Hajmi19,16 Mb.
    #252024
    1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   216
    Bog'liq
    O\'zbekiston respublikasi

    Ishlash prinsipi:
    Tishli uzatmalarda burovchi moment miqdori va 
    yo‘nalishi har xil tishlar soniga ega bo‘lgan tishli shesternya va tishli g‘ildiraklarni 
    o‘zaro ilashishi hisobiga turli miqdordagi uzatishlar sonini hosil qilish hisobiga 
    amalga oshiriladi tishli shesternya A dan tishli g‘ildirak B ga burovchi moment 
    uzatilganda uning miqdori 2 marotaba oshadi, chunki uzatishlar soniga teng, lekin 
    ikkinchi valning aylanishlar soni 2 marotaba birinchi valning aylanishar soniga 
    nisbatan kamayadi (47-rasm). 
    Uzatmalar qutisida bir nechta yetaklovchi va yetaklanuvchi tishli 
    shesternya va tishli g‘ildiraklar o‘rnatish hisobiga bir nechta uzatishlar sonini olish 
    mumkin. Masalan, (47a, b-rasm) yetaklovchi, valga dvigatelning tirsakli validan 
    kelayotgan burovchi moment tishli shesternya (yetaklovchi)dan tishli g‘ildirak 
    46-rasm.
    Yetakchi (A) va yetaklanuvchi (B) 
    vallar. 
    1-yetaklovi val; 2-uzatmalar qutisining richagi; 
    3-vilkalari; 4-yetaklanuvchi val; 
    5-trasmission moyni to‘kish jumragi; 6-oraliq 
    val; 7-qobig‘i. 


    305
    (yetaklanuvchi)ga o‘tganda 2 marta oshadi yetaklanuvchi valning aylanishlar soni 
    esa marta kamayadi, so‘ngra ikki marta oshgan burovchi moment yetaklovchi 
    shesternyadan yetaklanuvchi tishli g‘ildirakka o‘tganda uning qiymati ikki marta 
    oshadi, lekin yetaklanuvchi valning aylanishlar soni ikki marta kamayadi. 
    Dvigateldan kelayotgan burovchi momentning umumiy miqdori uzatmalar 
    qutisidan uzatilganda marta oshadi, valning aylanishlar soni esa marta kamayadi. 
    47-rasm.
    Uzatishlar sonining o‘zgarishi. 


    306
    yetakchi g‘ildiraklardagi burovchi momentni va avtomobil harakat tezligini 
    ta’minlash mumkin.
    Dvigateldan kelayotgan burovchi momentning yo‘nalishini o‘zgar- tirish 
    sxemasi 48-rasmda keltirilgan. Dvigateldan kelayotgan burovchi moment 
    birlamchi (yetaklovchi) val, shesternyadan orali valga uzatiladi, so‘ngra burovchi 
    moment oraga yurishni ta’minlash shesternyasidan o‘tadi va o‘z yo‘nalishini 
    o‘zgartiradi, yo‘nalishi o‘zgargan burovchi moment (yetaklanuvchi) ikkilamchi 
    valdan yetaklovchi g‘ildiraklarga yetkaziladi. 
    Tishli g‘ildiraklarning qo‘zg‘almas o‘qli uch valli uch pog‘onali uzatmalar 
    qutisining sxemasini (48-rasm) ko‘rib chiqamiz. Yetakchi, yetaklanuvchi va oraliq 
    vallar, yetakchi va yetaklanuvchi vallar qutida podshipniklarda o‘rnatilgan. 
    Yetakchi valda oraliq valning g‘ildiragi bilan doimiy ilashishlikda turgan 
    shesternya qattiq qotirilgan. Boshqa shesternyalar xuddi shunday oraliq valda 
    qattiq qotirilgan. Yetaklanuvchi valning g‘ildirak-koretkasi val bilan shlitsalar 
    yordamida shunday birlashtirilganki, uni val bo‘yicha surish mumkin. Xuddi 
    shunday, yetaklanuvchi valdagi tishli muftani val bo‘ylab siljitish mumkin. Tishli 
    g‘ildirak bu valda erkin o‘rnatilgan va shesternya bilan doimiy ilashishda 
    bo‘ladi. 
    48-rasm.
    Burovchi moment yo‘nalishining o‘zgarishi. 


    307

    Download 19,16 Mb.
    1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   216




    Download 19,16 Mb.
    Pdf ko'rish