299
oshiriladi, ajratish esa richaglarni (odatda ular 3 yoki 4 ta bo‘ladi) g‘ilofga
makamlangan nuqtalariga nisbatan burganda yuqoridagi siqish kuchini yengish
tufayli amalga oshiriladi. Richaglar g‘ilof bilan birga aylanadi, shuning uchun
ularga aylanmayotgan detallardan harakatni uzatish uchun ularga aylanmayotgan
detallardan harakatni uzatish uchun ezuvchi podshipnikli ajratish muftasi
ishlatiladi.
Mufta vilka yordamida suriladi. Ilashish muftasining mexanik yuritmasi
pedal, torti, prujina, vilkadan iborat.
Agar pedal erkin holda bo‘lsa, ilashish muftasi ulangan bo‘ladi
(yetaklovchi va yetaklanuvchi qismlar ulangan) bo‘ladi, chunki yetaklanuvchi disk
maxovik bilan siquvchi disk o‘rtasida prujinalar yordamida siqib qo‘yilgan.
Burovchi moment yetakchi qismdan yetaklanuvchi qismga yetaklanuvchi diskni
maxovik bilan va siquvchi disk bilan ta’sirlashuvchi ilashish yuzalari orqali
uzatiladi. Pedalga kuch ta’sir qilganda (bosilganda) ilashish muftasi ajratiladi
chunki ajratish muftasi podshipnik bilan o‘q bo‘ylab maxovik tomon harakatlanib,
richaglarni buradi (harakatga keltiradi) va siquvchi diskni maxovikdan qarshi
tomonga suradi va yetaklanuvchi diskdan ajratadi.
Friksion ilashish muftasining yuritmasi