295
>
uzatmalar qutisi,
dvigatel, Il-ilashish muftasi, Ill-uzatmalar qutisi, IV-asosiy
uzatma, V-yetakchi g‘ildirak uzatmasi, VI-yetakchi g‘ildiraklar
Avtomobil' harakatlanganda, unga ta’sir etuvchi
kuchlar har bir daqiqada
uzluksiz va ihtiyoriy ravishda o‘zgarib turadi. Avvalambor, avtomobilga ta’sir
etayotgan kuchlarning o‘zgarishi yo‘l
sharoitiga, uning tezligi va tezlanishiga
bevosita bog‘liq bo‘lib, bularning vaziyatiga qarab
avtomobilning etaklovchi
g‘ildiraklariga dvigateldan kelaetgan burovchi momentni o‘zgartirib turish lozim
bo‘ladi. Bu vazifani bajarish uchun avtomobillarda kuch uzatmasi qo‘llaniladi.
Kuch uzatma (transmissiya) bir-biri bilan uzviy bog‘langan mehanizm
va agregatlardan tashkil topib (ilashish muftasi, uzatmalar qutisi, kardanli uzatma,
asosiy uzatma va yarim o‘qlar), burovchi momentni
dvigateldan avtomobilning
etakchi g‘ildiraklariga uzatib beradi. Shu bilan birga kuch uzatma orqali burovchi
momentni o‘zgartirish chog‘ida u o‘zgaradi va etakchi g‘ildiraklarga bo‘lib
tarqatiladi.
Kuch uzatmalar dvigateldan olinayotgan burovchi momentni etakchi
g‘ildiraklarga uzatish bo‘yicha mehanik, gidrohajmli, aralashgan (gidromehanik,
elektromehanik) turlariga bo‘linadi. Zamonaviy avtomobillarda
asosan mehanik
kuch uzatma qo‘llanilib, ularning joilashuv tartibi avtomobilning vazifasi,
dvigatelning o‘rnatilish holati hamda etaklovchi g‘ildiraklarning
soni va
joylanishiga qarab turli konstruksiyaga ega bo‘lishi mumkin (rasmda).
Mehanik kuch uzatma
1-rasm.
u