ST130-AZ belgili startyor.
1 - tortish relesining kontaktlari; 2 - o‘t oldirish g‘altagining qo‘shimcha
qarshili-gini ulovchi kontakt; 3 - tor-tish relesining chulg‘amlari; 4 - tortish relesining
yakori; 5 - rostlash vint-tortqichi; 6 - himoya qobig‘i; 7 - pishang; 8 - shesternyaning
yurish doirasi-ni rostlash vinti; 9 - yuritma tomondagi qopqoq; 10 - tira-lish halqasi; 11
- shesternya; 12 - erkin yurish muftasi; 13 - prujina; 14 - yetaklash muftasi; 15 - qobiq;
16 - yakor; 17 - himoya tasmasi; 18 - kollektor; 19 - kollektor tomonidagi qopqoq; 20 -
yakor chulg‘ami; 21 - uyg‘otish chulg‘ami; 22 - qutb boshmog‘i.
Starter qobig‘i yaxlit tortilgan quvurdan yoki po‘lat tilimni kavsharlash
yo‘li bilan tayyorlanib, elektrodvigatel magnit tizimsining bir qismini tashkil
qilishi bilan birga startyor qopqoqlari maxkamlanuvchi qurilma xizmatini ham
bajaradi. Qobiqning ichki yuzasiga vintlar yorda-mida to‘rtta qutb boshmoqlari 22
mahkamlanadi. Yakor va qutb boshmoqlari orasida doimiy tirqish bo‘lishini
286
ta’minlash maqsadida qutb o‘zagining ichki yuzasi yo‘niladi. Qutb boshmoqlariga
uyg‘otish chulg‘amining g‘altaklari 21 o‘rnashtirilgan. G‘altaklar soni qutblar
soniga teng, ya’ni ular ham to‘rtta. Ketma-ket ulangan uyg‘otish chulg‘amining
g‘altaklari ko‘ndalang kesimi to‘rt burchak bo‘lgan, izolatsiya qilinmagan PMM
markali mis simdan o‘raladi. Ba’zan misni kamroq ishlatish va startyorni massasini
kamaytirish maqsadida g‘altaklar alyumin simlaridan o‘raladi. Bunda g‘altaklar
bir-biriga sovuq kavsharlash yo‘li bilan ulanadi.Soni uncha ko‘p bo‘lmagan g‘altak
o‘ramlari bir-biridan 0,2-0,4 mm qalinlikdagi elektrkarton bilan ajratiladi.
G‘altaklar tashqi tomonidan lok singdirilgan paxta ip yoki polimer tasmalar bilan
izolatsiya qilinadi. Ketma-ket uyg‘otish tizimli startyorlarda g‘altaklar ketma-ket,
juft-paralel yoki paralel usulda ulanishi mumkin. Aralash uyg‘otish tizimli
startyorlarda paralel ulangan uyg‘otish chulg‘amining g‘altaklari emal izolatsiyali,
yumaloq kesimli mis simdan o‘raladi.
Tok uyg‘otish chulg‘amiga elektrmagnit tortish relesining asosiy
kontaktlari 1 orqali qobiq yoki kollektor tomondagi qopqoqqa o‘rnatilgan
izolatsiya vtulkadan o‘tgan ko‘p tolali sim (yoki mis shina) bo‘ylab keladi.
Startyor yakori 16 po‘lat valning ariqchalari bo‘ylab o‘rnatilgan, qalinligi
1,0-1,2 mm bo‘lgan po‘lat plastina paketlardan iborat o‘zak, paket o‘zaklar
oralig‘iga joylashtirilgan asosiy chulg‘am 20 va starter valiga presslangan
kollektor 18 dan iborat. Yakor o‘zagini yupqa plastina paketlardan tayyorlanishi ,
ularda uyurma toklarga bo‘ladigan isrofni kamaytiradi.
Startyor elektrodvigatelining yakorlarida bir va ikki o‘ramli seksiyadan
iborat oddiy to‘lqinsimon yoki halqasimon chulg‘amlar qo‘llaniladi. Bir qator
afzalliklari borligi tufayli startyor yakorlarida ko‘proq to‘lqinsimon chulg‘amlar
tatbiq topgan. Yakor chulg‘amining bir o‘ramli seksiyasi izolatsiya qilinmagan,
kesim yuzasi to‘rtburchak bo‘lgan PMM markali simdan tayyorlanadi. Ikki o‘ramli
seksiya chulg‘amlari esa yumaloq kesimli, izolatsiya qilingan simdan o‘raladi.
Yakor ariqchalari ochiq, yarim ochiq holda tayyorlanib, ular to‘g‘ri to‘rtburchak
yoki noksimon ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin. To‘g‘ri to‘rtburchak
ko‘rinishdagi ariqchalarga kesim yuzasi to‘rtburchak bo‘lgan simlar yaxshi
joylashadi. Bu holda simlar ikki qatlam ko‘rinishida joylashtiriladi va ular bir-
biridan va yakor o‘zagidan
S
simon shakldagi elektrkarton yoki polimer plenka
yordamida izolatsiya qilinadi. Noksimon ko‘rinishga ega bo‘lgan ariqchalar ,
asosan, chulg‘amlari ikki seksiyali o‘ramlarga ega bo‘lgan, quvvati katta
bo‘lmagan starterlarda qo‘llaniladi. Yakor chulg‘amlarining kollektor tomonidagi
qismiga (peshana qismiga) bir necha o‘ram po‘lat simdan, sintetik lok singdirilgan
paxta ip yoki shisha tolasidan tayyorlangan chilvirdan belbog‘ qo‘yiladi. Yakor
chulg‘ami seksiyalarining uchi kollektor plastinalari orasidagi ariqchaga kiritiladi,
chekiladi va payvandlanadi.
Startyorlar ishonchli ishlashi nuqtai nazaridan elektrodvigatellarning eng
muhim qismi, mis plastinalardan yig‘ilgan kollektor hisoblanadi. Yakorning
aylanishlar chastotasi yuqori, cho‘tkali kontaktlardan o‘tayotgan tok zichligi katta
va vibrasiya mavjud bo‘lganligi tufayli kollektorlarga qiymati ancha katta bo‘lgan
mexanik, issiqlik va elektr yuklamalar ta’sir ko‘rsatadi. Startyorlarda metall
287
vtulkaga joylashtirilgan yig‘ma silindrsimon, plastmassa asosli silindrsimon va
ko‘ndalang kollektor ishlatiladi.
Startyorning kollektor tomonidagi qopqog‘i cho‘yandan, po‘latdan,
alyumindan yoki rux qotishmasidan quyiladi, ba’zan esa, po‘latdan shtamplash
yo‘li bilan tayyorlanadi. Qopqoqqa yoki traversaga parchinlash yo‘li bilan yoki
vintlar yordamida cho‘tkatutqichlar o‘rnatiladi. Cho‘tkatutqichlar qopqoqdan
tekstolit yoki boshqa turdagi izolatsiya materialidan tayyorlangan va qalinligi 1,5-
2,0 mm bo‘lgan qistirma yordamida ajratiladi. Cho‘tkatutqichlar cho‘tkalar to‘g‘ri
joylashishini va ular zarur kuchlanish bilan kollektorning ishchi yuzasiga bosilib
turilishini ta’minlaydi.
Startyorlarda qo‘rg‘oshin va qalay qo‘shilgan mis-grafit cho‘tkalar
ishlatiladi. Cho‘tkalar tarkibidagi qo‘rg‘oshin va kalay kollektor yeyilishini
kamaytiradi va cho‘tka kontaktlaridagi qarshilikni pasaytiradi. Quvvati katta va tok
zichligi yuqori bo‘lgan startyorlarga tarkibida grafit miqdori yuqoriroq bo‘lgan
cho‘tkalar o‘rnatiladi.
Startyorlarning yuritma mexanizm tomonidagi qopqoqlari alyumin
qotishmasidan yoki cho‘yandan quyiladi. Qopqoqning konstruksiyasi, uning
qanday materialdan tayyorlanganligiga, yuritma mexanizm turiga, startyorni
dvigatelga mahkamlash usuliga va tortish relesining tuzilishiga bog‘liq. Odatda
startyor, dvigatel karterining yon tomonida joylashtirilib, yuritma tomonidagi
qopqog‘i maxovik tomonga qaratiladi va uning ilashish mexanizmi karteridagi
tirqishga kiradi. Startyorni dvigatelda mahkamlash usuli, startyor yechilganda va
qayta joyiga qo‘yilganda yuritma shesternyasi va maxovik o‘qlarining markazlari
orasidagi masofani o‘zgarib ketmasligini ta’minlashi zarur. Bu talabga gardishli
(flanetsli) mahkamlash usuli ko‘proq javob beradi. Gardishli mahkamlash usulida
starterning yuritma mexanizmi tomonidagi qopqog‘ida maxsus o‘rnatish gardishi
bo‘lib, unda maxkamlash boltlari uchun mo‘ljallangan ikki yoki uchta teshik va
to‘g‘ri o‘rnatish chiqig‘i mavjud bo‘ladi. Qopqoqda, yuritma shesternyasi
maxovikning tishli gardishi bilan ilashishi uchun imkon beradigan maxsus tirqish
qoldirilgan.
Gardishli mahkamlash usuli bilan burovchi moment uzatilayotganda
vujudga keladigan zuriqish va startyorni og‘irlik kuchi ta’sirida o‘rnatish
gardishiga katta yuklama tushadi. Shuning uchun quvvati 4,4 kVt dan yuqori,
qobiq diametri 130-180 mm bo‘lgan startyorlar, odatda, dvigatellardagi maxsus
botiqliklarga
o‘rnatilib, metall tasmalar yoki quyma tutqichlar bilan
mahkamlanadi. Startyorlar, burovchi moment uzatilayotganda vujudga keladigan
yuklamalar ta’sirida mahkamlangan joyida aylanib ketmasligi uchun shponka yoki
shtiftga o‘rnatiladi. Startyor qopqoqlarida va oraliq tayanchlarda sirpanish
podshipniklari o‘rnatiladi. Oraliq tayanchlarni qobiq diametri 115 mm va undan
ortiq bo‘lgan starterlarga qo‘yish mo‘ljallangan. Cho‘yan, po‘lat yoki alyumin
qotishmasidan tayyorlangan, lappak shaklida bo‘lgan oraliq tayanch startyor
qobig‘i bilan old tomondagi qopqoq orasiga siqiladi yoki old qopqoqni o‘ziga
maxkamlanadi. Podshipniklar, dastlab, startyorni ishlab chiqarish jarayonida va
zarurat bo‘yicha, ishlatish davrida moylanadi. Katta quvvatli startyorlarda
podshipniklar moydon va moylash filsalariga ega bo‘ladi.
288
VAZ-2108 "Jiguli" avtomobillarida kollektor tomonidagi qopqoqda bitta
tayanchga ega bo‘lgan 29.3708 belgili starterlar o‘rnatilgan. Yuritma tomonidagi
ikkinchi tayanch dvigatel maxovigining karterida joylashgan.
O‘zDEUavto qo‘shma korxonasining avtomobillarida(Neksia, Tiko,
Damas) plunjersiz erkin yurish muftali va an'anaviy tuzilishga ega bo‘lgan
startyorlar o‘rnatilgan.
Startyorlarning ichki qismiga chang, loy, suv kirmasligi uchun ular odatda
yopiq yoki germetik zichlangan holda ishlab chiqiladi. Ayniqsa, og‘ir sharoitda,
konlarda, yo‘lsizlikda ishlaydigan, ko‘p yuk ortadigan avtomobillar uchun
mo‘ljallangan katta quvvatli starterlarning germetik zichlashga jiddiy e'tibor
beriladi. Masalan, dizel dvigatellariga o‘rnatiladigan ST-142 belgili startyorda
germetik zichlash, ajraladigan qismlar orasiga maxsus rezina halqalar, yumshoq
plastik materiallardan tayyorlangan qistirmalar qo‘yish yo‘li bilan ta’minlanadi.
Tortish relesining pishang mexanizmi rezinali silfon yordamida zichlanadi.
Hozirgi zamon avtomobillarida o‘rnatilayotgan startyorlarning aksariyatida
shesternya maxovikning tishli gardishi bilan elektromexanik usulda majburiy
ilashtirish prinsipiga asoslangan yuritma mexanizmlar qo‘llaniladi. Bu yuritma
mexanizmlari dvigatel ishga tushayotganda aylantiruvchi momentni startyor
validan dvigatelning maxovigi orqali tirsakli valga uzatilishini va dvigatel ishga
tushgandan keyin, starterni dvigateldan avtomatik ravishda ajratilishini
ta’minlovchi rolikli, friksion va xrapovikli erkin yurish muftalariga ega.
Quvvati 4...5 kVt gacha bo‘lgan startyorlarda rolikli erkin yurish muftasiga
ega bo‘lgan yuritma mexanizmlar eng keng tarqalgan. Bu muftalarning ishlashi,
roliklar tutash sirtlar orasidagi ishqalanish kuchi ta’sirida qisilib qolishiga
asoslangan. Roliklarni ishchi yuzaga zarur darajada bosib turuvchi moslamalarning
tuzilishiga ko‘ra plunjerli va plunjersiz erkin yurish muftalari mavjud.
|