• Kontaktli va kontaksiz o‘t oldirish tizimi asboblarining tuzilishi va ishlashi.
  • Pedagogik innovatsiyalar, professional




    Download 19,16 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet164/216
    Sana24.05.2024
    Hajmi19,16 Mb.
    #252024
    1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   216
    Bog'liq
    O\'zbekiston respublikasi

    33-rasm.
    Neksiya avtomobilining o‘t oldirish tizimi umumiy sxemasi. 


    278
    kuchlanishli elektr yurituvchi kuch (EYUK) xosil bo‘ladi va shu tufayli yondirish 
    svechasi elektrodlari orasidan elektr uchqun o‘tadi. 
    Birlamchi tok zanjiri uzilganda yondirish g‘altagini birlamchi cho‘lg‘amida 
    ham 200...400V o‘z-o‘zini induksiyalash EYUK toki xosil bo‘lib, uning yo‘nalishi 
    ikkilamchi cho‘lg‘amdan chiqgan tokga qarama- qarshi bo‘ladi. Shuning uchun bu 
    tok ochilib turgan uzgich kontaktlari orasidan uchqunlanib o‘tishiga olib ketadi, 
    natijada ular tez-tez kuyib, kichik kuchlanishli tokni o‘tkazishi mumkin. 
    Kontaktlarga paralel ulab qo‘yilgan kondensator S1 o‘z-o‘zini induksiyalash 
    EYUKni o‘ziga qabul qilib kontaklarni kuyishdan saqlaydi. Undan keyin 
    kondensa- tordagi tok birlamchi cho‘lg‘am orqali zryadsizlanishi natijasida 
    ikkilamchi cho‘lg‘amda tok xosil bulishiga olib keladi. Bu zaradsizlanish indukitiv 
    fazasini uzoqroq davom etishiga olib keladi, bu xol o‘z navbatida aralashmani 
    yaxshiroq yonishini ta’minlaydi. 
    Kontaktli va kontaksiz o‘t oldirish tizimi asboblarining tuzilishi va 
    ishlashi.
    Dvigatellarni takomillashtirish yo‘nalishi, ularni tejamliligini oshirish va 
    1kVt quvvatga to‘g‘ri keladigan massasini kamaytirish bilan bir qatorda, 
    aylanishlar chastotasi va silindrlarda yonilg‘i-havo aralashmasini siqish darajasini 
    tobora ortib borishi bilan ham tavsiflanadi. Zamonaviy dvigatellarda aylanishlar 
    chastotasi 5000-8000 min
    -1
    ga yetgan, yonilg‘i aralashmasini siqish darajasi 
    hozirgi kunda 7,08,5 ni tashkil qilayotgan bo‘lsa, kelajakda bu ko‘rsatkichni 9,0-
    10,0 va undan yuqoriroq qiymatlarga ko‘tarish mo‘ljallanmoqda. Aylanishlar 
    chastotasi va siqish darajasining bu tarzda oshishi, yonilg‘i me’yorida o‘t olishini 
    ta’minlash uchun, o‘t oldirish sistemasining ikkilamchi kuchlanishini sezilarli 
    darajada oshirilishini talab qiladi. Bundan tashqari, dvigatellar tejamliligini 
    oshirishga intilish ularda, aksariyat holda, suyuqlashtirilgan yonilg‘i aralashmasini 
    ishlatishga majbur qiladi. Suyuqlashtirilgan yonilg‘i aralashmasini ishonchli 
    ravishda o‘t oldirish uchun o‘t oldirish shamining elektrodlari orasidagi tirqishni 
    kattalash- tirish, ya’ni uchqun uzunligini va quvvatini oshirish kerak bo‘ladi. 
    Hozirgi zamon dvigatellarida o‘t oldirish shamining elektrodlari orasidagi tirqish 
    0,8-1,2mm ni tashkil qiladi. Demak, dvigatelning tejamli ishlashini ta’minlash 
    uchun ham ikkilamchi kuchlanish qiymatini oshirish zarur. 
    Shunday qilib, aylanish chastotasi va tirqish darajasi katta bo‘lgan, tejamli 
    ishlaydigan hozirgi zamon dvigatellariga o‘rnatiladigan o‘t oldirish sitemasiga 
    ancha yuqori talablar qo‘yiladi. Xususan: 
    -
    ikkilamchi kuchlanish qiymatini oshirish bilan birga ishonchlilik 
    darajasini va xizmat muddatini ko‘tarish; 
    -
    uchqunli razrad energiyasining qiymati, dvigatelning hamma 
    rejimlarida yonilg‘i aralashmasini ishonchli o‘t oldirish uchun yetarli bo‘lishi 
    kerak (15...50mDj va undan ortiq); 


    279
    -
    turli xil ekspluatasiya sharoitlarida (o‘t oldirish shamlarining 
    ifloslanishi, atrof muhit haroratining o‘zgarishi, tok manbai kuchlanishining 
    kamayib-ortishi va hokazo) barqaror uchqun hosil bo‘lishini ta’minlash; 
    -
    hamma elementlar katta mexanik yuklamalar ta’sirida barqaror 
    ishlashini ta’minlash. 
    Kontaktli (klassik) o‘t oldirish sistemasi yuqoridagi talablarga ko‘p 
    jihatidan javob bera olmaydi. Chunki, unda ikkilamchi kuchlanishni oshirishning 
    amalda yagona yo‘li uzilish toki 
    Iu
    qiymatini oshirishdir. Ammo uzilish tokining 
    4,0-4,5 A dan ortishi, uzgich kontaktlari kuyishiga va tezda ishdan chiqishiga olib 
    keladi. Zamonaviy dvigatellarda o‘t oldirish jarayonining ishonchliligini oshirish 
    talabi yangi turdagi o‘t oldirish tizimlarini yaratilishiga olib keldi. 
    Kontakt-tranzistorli o‘t oldirish tizimi. O‘t oldirish sistemasi avj 
    oldiradigan ikkilamchi kuchlanishni oshirish yo‘llaridan biri, birlamchi tok zanjirni 
    uzish uchun boshqaruvchi kalit vazifasini bajaruvchi yarim o‘tkazgich asboblarini 
    ishlatishdir. Kontakt-tranzistorli o‘t oldirish tizimi, yarim o‘tkazgichlar ishlatilgan 
    birinchi sistemalar qatoriga kiradi. Uning umumiy sxemasi 34-rasmda keltirilgan. 
    Uzgich kontaktlari K tranzistor VT ning baza zanjiriga, o‘t oldirish g‘altagining 
    (O‘OG‘) birlamchi chulg‘ami esa tranzistorning emmiter-kollektor zanjiriga 
    ulangan. Tranzis-torni yuqori kuchlanish ta’siridan saqlash uchun kontakt-
    tranzistorli o‘t oldirish sistemalarida o‘t oldirish g‘altagi transformator sxemasi 
    bo‘yicha, ya’ni chulg‘amlari bir-biridan to‘la ajralgan holda o‘raladi. Kontaktli o‘t 
    oldirish sistemasiga tranzistor ulanishi, kontaktlarning ishlash sharoitini 
    yengillashtiradi, chunki bu holda kontaktlardan qiymati katta bo‘lmagan (-1,0 A 
    gacha) tranzistorni boshqarish toki 
    Ib
    o‘tib, birlamchi zanjir toki esa tranzistorning 
    emitter- kollektor o‘tish joyidan o‘tadi. 
    34-rasm. Kontakt-tranzistorli o‘t oldirish tizimining umumiy sxemasi. 
    Birlamchi tok zanjiriga akkumulator batareyasi AB, o‘t oldirish kaliti 
    O‘OK va qo‘shimcha qarshilik Rq ulangan. O‘t oldirish kaliti ulanib va uzgich 


    280
    kontaktlari tutashganda, tranzistor VT ning bazasi emitterga nisbatan manfiy 
    potensialga ega bo‘ladi. Bu holda, tranzistorning emitter-kollektor o‘tish joyining 
    qarshiligi eng kichik qiymatga ega bo‘ladi (~ 0,15 Om). Uzgich kontaktlari 
    uzilganda, tranzistor baza tokining zanjiri ham uziladi, natijada, baza va emitter 
    potensiallar ayirmasi nolga teng bo‘lib qoladi, emitter-kollektor o‘tish joyining 
    qarshiligi keskin ortadi va tranzistor yopiladi. Tranzistorning yopilishi o‘t oldirish 
    g‘altagining birlamchi chulg‘amidan o‘tayotgan tok 
    Ii
    zanjirining uzilishiga olib 
    keladi va bu, ikkilamchi chulg‘amda yuqori kuchlanish induksiyalanishini 
    ta’minlaydi. 
    Birlamchi zanjir toki 

    Download 19,16 Mb.
    1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   216




    Download 19,16 Mb.
    Pdf ko'rish