bo‘lgan datchik kuchlanishi




Download 19,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/216
Sana24.05.2024
Hajmi19,16 Mb.
#252024
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   216
Bog'liq
O\'zbekiston respublikasi

 
bo‘lgan datchik kuchlanishi.
 
Kontaktsiz-tranzistorli o‘t oldirish tizimi. Oxirgi vaqtda avtomo- billarda 
tobora keng tatbiq topayotgan kontaktsiz-tranzistorli o‘t oldirish sistemalari 
yuqorida keltirilgan kamchiliklardan holidir. Bu o‘t oldirish sistemalaridagi asosiy 
yangilik uzgich kontaktlarining yo‘qligidir. 
Uning vazifasini kontaktsiz datchiklar bajaradi. Kontaktsiz-tranzis- torli o‘t 
oldirish tizimlari bir-biridan asosan datchiklarning turi va tuzilishi bilan farqlanadi. 
Magnitoelektr datchik (35-rasm) uzgich-taqsimlagich valiga o‘rnatil- gan 
doqimiy magnit 1 va o‘zakga o‘ralgan stator chulg‘ami 2 dan iborat. Doimiy 
magnit aylanganda uning magnit maydoni ta’sirida stator chulg‘amida 
o‘zgaruvchan EYUK induksiyalanadi. 
Datchik kuchlanishi 
U
musbat bo‘lganda va qiymati 
UB
-E
ga yetganda 
tranzistorni boshqarish toki hosil bo‘ladi va u quyidagi zanjir bo‘yicha o‘tadi: 
O‘OG‘ ning birlamchi chulg‘ami ^ tranzistorning baza-emitter o‘tish joyi ^datchik 
chulg‘ami. Tranzistor VT ochiladi va akkumulator batareyasidan o‘t oldirish 
g‘altagining (O‘OG‘) birlamchi chulg‘ami hamda tranzistorning kollektor-emitter 
o‘tish joyi orqali birlamchi tok 
I
1
 
o‘ta boshlaydi. Datchik kuchlanishi manfiy 
bo‘lganda tranzistor yopiladi, o‘t oldirish g‘altagining birlamchi chulg‘amidan 
o‘tayotgan tok zanjiri uziladi va ikkilamchi chulg‘amda yuqori kuchlanish 
induksiyalanadi. Shunday qilib, datchik magniti bir aylanganda chulg‘am 2 da 
EYUK ning bitta musbat va bitta manfiy impulsi mavjud bo‘ladi va natijada 
tranzistor bir marta ochilib, bir marta yopiladi, ya’ni o‘t oldirish g‘altagida yuqori 
kuchlanishning bir impulsi hosil bo‘ladi. Ko‘p silindrli dvigatellar uchun 
datchikning juf magnit qutblar soni, silindrlar soniga teng bo‘lishi kerak. 36-
rasmda silindrli dvigatellar uchun mo‘ljallangan magnitoelektr datchikning 


282
sxemasi keltirilgan. Magnitoelektr datchik ishlashining o‘ziga xos tomonlaridan 
biri, stator chulg‘amida hosil bo‘ladigan EYUK amplitudasi doqimiy magnitni, 
ya’ni tirsakli valning ayla-nishlar chastotasiga bog‘liqligidir. Aylanishlar 
chastotasi ortishi bilan EYUK amplitudasi ham ortadi (35-rasm, b). Bu esa 
tranzistor ochilishi va yopilishi ( a
1
va a
2
burchaklar) va demak o‘t oldirish 
daqiqasi o‘zgarishiga olib keladi. 
Aylanish chastotasi va yuklamaning o‘t oldirishni ilgarilatish burchagiga 
ta’siri kontaktsiz-tranzistorli o‘t oldirish tizimlarida ham markazdan qochma va 
vakuum rostlagichlar yordamida hisobga olinadi. 
Magnitoelektr datchiklar avj oldiradigan EYUK qiymati juda kichik va u 
tranzistorni ochish uchun yetarli bo‘lmaganligi tufayli kontaktsiz o‘t oldirish 
sistemalarining amaliy sxemalarida maxsus, bir necha bosqichli ko‘chaytirgichlar 
qo‘llaniladi. 
Kontaktsiz o‘t oldirish sistemalarida magnitoelektr datchiklardan tashqari 
yuqori chastotali generator, foto-elektr, yarimo‘tkazgichli va boshqa turdagi 
datchiklar qo‘llanishi mumkin. 
Yuqori chastotali generator-datchiklarda (37-rasm) boshqaruvchi signal 
yuqori chastotali kuchlanishni o‘zgartirish yo‘li bilan hosil qilinadi. Generator 1 
ishlab chiqqan kuchlanish transformatorning birlamchi chulg‘ami 2 ga uzatiladi. 
Transformatorning ikkilamchi chulg‘ami 3 da hosil bo‘ladigan kuchlanish 
birlamchi va ikkilamchi chulg‘am o‘zaklari orasidagi havo tirqi shining magnit 
qarshiligiga bog‘liq. Bu magnit qarshilik dvigatel silindrlar soniga teng teshiklarga 
ega bo‘lgan po‘lat rotor yordamida davriy ravishda o‘zgartirilib turadi. 
Transformator o‘zaklari orasiga rotor teshiklari to‘g‘ri kelganda, havo 
tirqishining magnit qarshiligi eng katta va aksincha o‘zaklar orasi rotor tanasi bilan 
berkitilganda eng kichik qiymatga ega bo‘ladi. Transformatorning ikkilamchi 
chulg‘amida hosil bo‘ladigan kuchlanish ham shunga mos ravishda o‘zgaradi. 
36-rasm. Magnitoelektr 
datchik sxemasi. 1 - magnit, 2 - 
stator, 3 - chulg‘am 


283

Download 19,16 Mb.
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   216




Download 19,16 Mb.
Pdf ko'rish