274
qatnovining nihoyatda tig‘izlashganligi natijasida avtomobil dvigatellarining salt
ishlash vaqti ortishi, generatorlarning quvvatini
va maksimal aylanishlar
chastotasini oshirish ehtiyojini tug‘dirdi. O‘zgarmas tok generatorining jiddiy
kamchiliklari va tuzilishining o‘ziga xos tomonlari bu masalani hal qilish imkonini
bermaydi. Xususan:
- o‘zgarmas tok generatorida bir fazali o‘zgaruvchan tok yakor
chulg‘amlarida, ya’ni generatorning aylanuvchi qismida induksiyalanadi, uni
iste'molchilarga uzatish katta qiyinchiliklar tug‘diradi;
- o‘zgarmas tok generatorlarida to‘g‘rilagich vazifasini bajaruvchi
kollektor generatorning aylanishlar chastotasini va quvvatini oshirish imkoniyatini
bermaydi, chunki yakorning aylanishlar chastotasi va undagi tok qiymati
oshganda, cho‘tka bilan kollektor orasida me'yoridan ortiq uchqun hosil bo‘ladi va
ular
tez yeyilib ishdan chiqadi;
- o‘zgarmas tok generatorining yuklama toki belgilangan maksimal
qiymatidan oshib ketishi tufayli, hamda akkumulator batareyasini (generator
ishlamay turgan holda) generator chulg‘amlari orqali zaradsizlanish havfidan
saqlash maqsadida kuchlanish rostlagichiga qo‘shimcha ravishda tok cheklagich va
teskari
tok
relelari
o‘rnatiladi.Bu
rele-rostlagichlarning
konstruksiyasi
murakkablashadi va ularning ishonchliligi pasayadi.
Elektron sanoatning rivojlanishi va tannarxi arzon, o‘lchamlari kichik,
yuqori haroratlarga chidamli va ishonchliligi yuqori bo‘lgan kremniy
yarimo‘tkazgichli
to‘g‘rilagichlarining
paydo
bo‘lishi,
hozirgi
zamon
avtomobillarida, o‘zgarmas tok generatorlariga xos bo‘lgan
kamchiliklardan holi
va bir qator afzalliklarga ega bo‘lgan o‘zgaruvchan tok generatorlarini keng
ko‘lamda ishlatish imkonini berdi.
O‘zgaruvchan tok generatorlari o‘zgarmas tok generatorlariga nisbatan
sodda, quvvati bir xil bo‘lgan holda, gabarit o‘lchamlari va massasi 2-3 marta
kichik, chidamliligi va ishonchliligi yuqori. Ularda qimmatbaho rangli metall
bo‘lgan mis, o‘zgarmas tok generatoriga nisbatan 2-2,5 baravar kam ishlatiladi.
O‘zgaruvchan tok generatorlarida kollektor yo‘q, murakkab yakor chulg‘ami
o‘rniga o‘ralishi oson bo‘lgan stator chulg‘amlari ishlatiladi. Uyg‘otish chulg‘ami
ham yaxlit bitta g‘altakdan iborat. O‘zgarmas tok generatorlarining solishtirma
quvvati (ya’ni 1 kg massasiga tug‘ri keladigan quvvat) 45 Vt/kg
dan oshmagan
holda, o‘zgaruvchan tok generatorlaridagi bu ko‘rsatkich 15O Vt/kg dan ortib
ketdi.
O‘zgaruvchan tok generatorlarida kollektorning yo‘qligi hisobiga uning
maksimal aylanishlar chastotasini 10000-12000 min
-1
ga yetkazish, dvigatel bilan
generator orasidagi qiyiq tasmali uzatmaning uzatish sonini 2,0-2,5 gacha oshirish
mumkin, natijada dvigatel salt ishlagan holda ham generatorning 50 % gacha
quvvatini iste'molchilarga berish va akkumulatorni zaradlash imkoni yaratildi.
O‘zgaruvchan tok generatorlari yuklama tok qiymatini cheklash
xususiyatiga ega bo‘lganligi va to‘g‘rilagich sifatida yarim o‘tkazgichli diodlar
qo‘llanilganligi uchun tok cheklagich va teskari tok relelariga zarurat yo‘qoladi, bu
esa rele-rostla-gichlarning tuzilishini ancha soddalashtirdi va ularni ishonchliligini
oshirdi.
275
O‘zgaruvchan tok generatori (2 rasm ) asosan quyidagi qismlardan tashkil
topgan: qo‘zg‘almas stator 1, aylanuvchi rotor 9, kontakt halqalari 13, cho‘tkalar
12, cho‘tkatutqich 14, to‘g‘rilagich bloki 7, parrakli shkiv 4 va qopqoqlar 3, 10.
Stator elektrotexnik po‘lat tasmalardan yig‘ilgan bo‘lib
uning ichki yuzasiga,
oralig‘ini bir hil qilib, alohida elektrotexnik metal plastinalardan yig‘ilgan
tishchalar o‘rnatilgan. Tishchalarni soni odatda 18 ta, ba’zi generatorlarda 36 yoki
72 bo‘lishi mumkin. Bu tishchalarga 18 (yoki 36, 72) stator g‘altaklari
joylashtirilib, ular uch fazaga bo‘linadi. har bir fazaga oltita ketma-ket ulangan
g‘altak kiradi. Fazalar o‘z aro "yulduz" sxemasi (ba’zi generatorlarda
"uchburchak" sxemasi ishlatiladi) bo‘yicha ulanib, uchta fazaning ikkinchi uchlari
tug‘rilagich blokining qisqichlariga ulangan. Rotor qarama-qarshi qutbli, oltiuchli
tumshuqsimon po‘lat o‘zak 9 va ular orasidaga po‘lat vtulka 15 ga o‘ralgan
uyg‘otish chulg‘ami 8 dan iborat. Uyg‘otish chulg‘amining uchlari valdan va bir-
biridan izolatsiya qilingan mis halqalar 13 ga ulangan. Rotor vali aluminiy qotish-
malaridan tayyorlangan qopqoqlarga o‘rnatilgan zo‘ldirli podshipniklarda aylanadi.
Kontakt halqalar tomonidagi qopqoq 10 ga plastmassadan tayyorlangan,
ikkita
mis-grafit cho‘tkalar 12, cho‘tkatutqich 14 va to‘g‘rilagich bloki 7 o‘rnatilgan.
Valga shponka yordamida parrakli shkiv 4 mahkamlangan. Generator rotori
harakatni shkiv va tasmali uzatma orqali dvigatelning tirsakli validan oladi.