277
Batareyali o‘t oldirish tizimi. Ushbu tizim quydagi asosiy asboblardan
iborat: o‘zgarmas tok manbai (akkumulator yoki generator), uzgich taqsimlagich,
kondensator, yondirish g‘altagi va yondirish svechalari. Aytib o‘tilgan asboblar
ikkita elektr zanjirni tashkil qiladi: birlamchi va ikkilamchi.
Birlamchi tok zanjiri quyidagilardan iborat: energiya manbai Q, uzgich,
yondirish g‘altagining birlamchi cho‘lg‘ami L1 va uzgich kontaktlariga paralel
ulangan kondensator C1 dan iborat.
Ikkilamchi tok zanjiri: yondirish g‘altagini ikkilamchi cho‘lg‘ami L2 dan,
yondirish svechalaridan va yuqori kuchlanish tokni o‘tkazuvchi simlardan iborat.
Yondirish kaliti ochilib kontaktlar bir biriga ulanib turganida birlamchi
zanjirdan tok o‘taboshlaydi, buning natijasida yondirish g‘altagini birlamchi
cho‘lg‘am atrofida, o‘zakdan chiqqan magnit maydonini kuch chiziqlari xosil
bo‘ladi. Magnit maydonini kuch chiziqlari birlamchi cho‘lg‘am bilan birga
ikkilamchi cho‘lg‘am L2 ni o‘ramlariga ham kirib o‘tadi. Yondirish g‘altagi
kuchlanishni kuchaytiruvchi transformator vazifasini bajaradi. Agar birlamchi
cho‘lg‘amda kuchlanish 10... 12V ni tashkil qilsa, ikkilamchi cho‘lg‘amda
kuchlanish 300.400V gacha oshadi.
Yondirish svechasini elektrodlari orasidagi havo masofasidan (tirqishdan)
elektr uchquni o‘tishi uchun kamida 16000.20000 V kerak buladi.
Bunday yuqori kuchlanish impulsi birlamchi tok zanjiri uzgich kontakitlari
tomonidan uzilishi bilan xosil bo‘ladi, chunki tok yunalishi bilan magnit
maydonini kuch chiziqlari ham keskin yo‘qola boshlaydi. Magnit kuch chiziklari
katta tezlikda o‘zak tomonga intilish jarayonida ikkilamchi cho‘lg‘am o‘ramlarini
kesib o‘tadi. Buning natijasida ikkilamchi cho‘lg‘amda 16...25kV gacha yuqori