293
kuchlanishni simmetrik uzatilishi, ixchamligi va foydali ish koeffitsiyenti (FIK)
yuqoriligi bilan ajralib turadi.
Reduktorli startyorlar
bir qator afzalliklarga ega, xususan, ularning
o‘lchamlari va massasi kichik, elektrodvigatellaridagi aylantiruvchi momenti
pasayishi hisobiga dvigatelni ishga tushirish jarayonida
akkumulator batareyasiga
tushadigan yuklama qiymati ancha kamayadi, past temperaturalarda dvigatellarni
ishonchli ishga tushirish imkoniyati ortadi. Shu bilan birga reduktorli startyorlar
kamchiliklardan ham holi emas va ularning eng asosiylari quyidagilar: erkin yurish
muftalariga tushadigan yuklama ortadi va ularning
ishonchli ishlash darajasi
pasayadi; reduktor tufayli va elektrodvigatel yakorining aylanish chastotasi
yuqoriligi sababli startyor ortiqcha shovqin bilan ishlaydi; yakor aylanish
chastotasining yuqoriligi cho‘tka va kollektorlarning
ishlash sharoitini
og‘irlashtiradi va ularni yeyilishini tezlashtiradi.
Reduktorli startyorlarning qo‘llanishi, ularni ishlab chiqarish texnologiyasi
sezilarli darajada o‘zgarishiga olib keldi. Xususan, tez aylanuvchi qismlarning
mexanik mustahkamligi oshirildi, yakor chulg‘amlarini izolatsiya qilish uchun
pishiqligi yuqoriroq bo‘lgan materiallar qo‘llaniladigan, elektrodvigatelning asosiy
zanjirlari-dagi qalaylash yo‘li bilan ulanadigan
birikmalar payvandlanadigan,
aylanuvchi qismlarni aniq muvozanatlashtirish amalga oshiriladigan bo‘ldi.