-mavzu: Gidromexanik uzatmalar qutisini tuzilishi




Download 19,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/216
Sana24.05.2024
Hajmi19,16 Mb.
#252024
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   216
Bog'liq
O\'zbekiston respublikasi

27-mavzu: Gidromexanik uzatmalar qutisini tuzilishi 
Reja: 
1.Uzatmalar qutisini boshqarish mexanizmining tuzilishi, ishlashi tuzilishi. 
2. Gidromexanik uzatmalar qutisini tuzilishi. 
3.Uzatmalarni ajratib-qo‘shishni boshqarishning elektron tizimi 
Uzatmalar qutisi. Uzatmalar qutisi avtomobilning etakchi g‘ildiraklaridagi 
burovchi momentni va tezligini o‘zgartirib turish uchun, kerakli paitda ularning 
io‘nalishini ham o‘zgartirib berish va avtomobil' to‘htab turganda yoki inerciya 
bilan yurib ketayotganda salt ishlab turgan dvigatelning tirsakli valini kuch 
uzatmadan uzoq muddatga ajratib qo‘iysh vazifasini bajaradi.
Pogonali mehanik uzatmalar kutisining tuzilishi va ishlash uslubi 
Avtomobillarda asosan tishli mehanizmga ega bo‘lgan pog‘onali uzatmalar 
qutisi ishlatiladi. Bundai uzatmalar qutisida avtomobilning har hil yo‘l sharoitida 
turlicha tezlik va tezlanishini ta’minlash uchun uzatish soni har hil qiymatga ega 
bo‘lgan bir nechta juft tishli shesternyalardan foydalaniladi. Engil avtomobillarda 
qo‘llanilgan uzatmalar qutisi uch, to‘rt, yoki beshta pog‘onali, yuk avtomobillarida 
esa to‘rt, besh, ba’zan sakkiz va undan ham ko‘prok bo‘lishi mumkin. Uzatmalar 
qutisi qancha ko‘p pog‘onali bo‘lsa, avtomobil' turli io‘l sharoitiga bemalol 
moslashib ishlaidi, bu esa dvigatelning quvvatidan unumli foidalanishni 
yahshilaidi hamda yonilg‘i sarfini kamaitiradi. 
Pog‘onasiz uzatmalar qutisining tuzilishi va ishlash uslubi 
Bundai uzatmalar qutisining qo‘llanilishi chegaralangan oraliqda io‘l 
sharoitiga qarab ihtiyoriy uzatmalar sonini o‘z-o‘zidan ta’minlab avtomobilning 
etakchi g‘ildiraklaridagi burovchi momentni o‘zgartirib beradi. Pog‘onasiz 
uzatmalar qutisi ishlash uslubiga qarab mehanik (impul'sli, ilashtiruvchi 
ishqalagichli – frikcion va boshqa), gidravlik (gidrodinamikali, gidrohajmli), 
elektrik va aralashgan turlariga bo‘linadi. Shu vaqtgacha aralashgan, ya’ni 
gidromehanik uzatmalar qutisi keng tarqalgan bo‘lib, u ikki qismdan, ya’ni 
pog‘onasiz gidrodinamik uzatma (gidrotransformator) va unga ketma-ket ulangan 
pog‘ona mehanik uzatmalar qutisidan iborat. 
Gidrotransformator suyuqlik ta’sirida harakatni o‘zgartirib beradigan gidravlik 
mehanizm bo‘lib, u dvigatel' bilan pog‘onali mehanik uzatmalar qutisi oralig‘ida 
joilashgan. Gidrotransformator o‘zining tuzilishi va ishlash uslubi bo‘iycha 
gidromuftaga o‘hshash va charhpalakli g‘ildirakchalardan tashkil topgan. 
Gidrotransformatorning gidromuftadan farqi shundaki, u etakchi nasos va 
etaklanuvchi (turbina) g‘ildiraklardan tashqari yana uchinchi qo‘zg‘almas 
charhpalakli gildirak (reaktiv momentni qabul qiluvchi) – reaktorga ega. Reaktor 
o‘z navbatida erkin yurish muftasi orqali qo‘zg‘almas vtulkaga o‘rnatilgan. Erkin 
yurish muftasi reaktorni faqat bir tomonga (nasos g‘ildiragining ailanish tomoniga) 
ailantiradi. Teskari ailanishiga esa muftaning ponalanib tiralib qolishi io‘l 
qo‘imaidi. Shundai qilib, etakchi val va dvigatel' bilan bog‘langan g‘ildirak-nasos, 
etaklanuvchi val bilan tutashgan g‘ildirak-turbina, suv oqimini tarqatuvchi 
kurakchalari bor qo‘zg‘almas g‘ildirak reaktor deb ataladi. Uzatmalar qutisining 
konstrukciyasi 


308
To‘rt pog‘onali uzatmalar qutisi. Zamonaviy engil avtomobillarning 
ko‘pchiligida to‘rt va besh pog‘onali, uch valli uzatmalar qutisi o‘rnatilgan. 
Masalan, GAZ-24 “Volga” avtomobilida oldinga yurish uchun to‘rtta va orqaga 
harakatlanishga bitta uzatma mo‘ljallangan. Bundai uzatmalar qutisining uch io‘lli 
deb ataladi, chunki ikkita sinhronizator va bitta qo‘zg‘aluvchi orqaga yurgizish 
shesternya orqali uzatmalarga tushiriladi. Uzatmalar qutisining karterida uchta val 
etaklovchi (birlamchi), etaklanuvchi (ikkilamchi) va oraliq vallari hamda orqaga 
yurgazish shesternyasining o‘qi joilashgan. Etaklovchi valning ikki uchi ikkita 
sharikli podshipniklarga tayangan bo‘lib, oldingi uchi tirsakli valning flanecidagi 
o‘iyqchada joilashgan podshipnikda, ketingi uchi esa uzatmalar qutisi karterining 
oldingi devorchasida joilashgan podshipnikda yotadi. Birlamchi val qiya tishli 
shesternya bilan yahlit ishlangan bo‘lib, oraliq valdagi shesternyalar blokining 
etakchi shesternyasi bilan doimo tishlashib turadi. To‘g‘ri uzatmani ulash uchun 
birlamchi val shesternyasining orqa qismida tishli gardish ishlangan. Birlamchi 
valning sharikli podshipnigi yon qopqoq bilan boltlar yordamida berkitilgan. 
Oraliq val to‘rtta qiya tishli shesternyalar va bitta to‘g‘ri tishli shesternyadan iborat 
shesternyalar blokini tashkil etadi va o‘z o‘qida uchta ninasimon (birinchisi 
o‘qning old qismida, ikkinchi va uchinchilari esa uning ketingi qismida ketma-ket 
joilashgan) podshipniklarda o‘rnatilgan. O‘qning orqa uchidagi diskli qaidlagichi 
uning o‘z o‘qida buralib ketishidan saqlaidi. Etaklanuvchi val ham uzunasiga 
ikkita tayanchga tayangan bo‘lib, oldingi uchi birlamchi valning orqa tomonidan 
chuqurchasiga kiritilgan rolikli podshipnik ketingi uchi esa uzatmalar qutisi 
karterining devorchasiga joilashtirilgan sharikli podshipnikda o‘rnatilgan. 
Etaklanuvchi valning shlicli qismlariga birinchi, ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi 
uzatmalarni ulash uchun qo‘llaniladigan sinhronizatorli muftalar o‘rnatilgan. 
Valning jilvirlangan bo‘iynchalariga esa oraliq val shesternyalari bilan doimo 
tishlashgan, qiya tishli shesternyalar vtulkada erkin o‘z o‘qi atrofida ailana 
oladigan qilib joilashtirilgan. Avtomobilni oldinga harakatlantirish uchun 
mo‘ljallangan hamma uzatmalar, ya’ni I, IY, IYI va IV uzatmalar sinhronizatorlar 
yordamida, orqaga yurish uzatmasi esa shesternyani surish iuli bilan bajariladi. 


309

Download 19,16 Mb.
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   216




Download 19,16 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-mavzu: Gidromexanik uzatmalar qutisini tuzilishi

Download 19,16 Mb.
Pdf ko'rish