-mavzu: Startyor va uning yuritmasi tuzilishi, ishlashi




Download 19,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/216
Sana24.05.2024
Hajmi19,16 Mb.
#252024
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   216
Bog'liq
O\'zbekiston respublikasi

22-mavzu: Startyor va uning yuritmasi tuzilishi, ishlashi. 
Reja: 
1.
 
Startyor va uning yuritmasi tuzilishi 
2.Statyorni elektr toki bilan boshqarish. 
3

Startyorning ishlashi.
 
Starterlarning tuzilishi va ishlash prinsipi. 
Avtomobil elektrostartyorla-
rini uyg‘otish va boshqarish usuli, yuritma mexanizmining turi va atrof muhit 
ta’siridan himoya qilinganlik darajasi bo‘yicha tasniflash mumkin. 
Startyorlarda uyg‘otish uslubiga qarab ketma-ket va aralash uyg‘otish 
tizimli elektrodvigatellar qo‘llaniladi. Dvigatelni ishga tushirishda muhim 
ahamiyatga ega bo‘lgan tortish xususiyatlari ustunligi tufayli ketma-ket uyg‘otish 
tizimli elektrodvigatellar ancha keng tatbiq topgan. Startyor salt ishlaganda, uning 
yakori aylanish chastotasini cheklash maqsadida, ba’zan aralash uyg‘otish tizimli 
elektrodvigatellar ham ishlatiladi (masalan st.221, 26.3708 belgili startyorlarda). 
Oxirgi vaqtda ba’zi starterlarda doimiy magnit yordamida uyg‘otiladigan 
elektrodvigatellar ham ishlatilmokda. Bu elektrodvigatellarning tuzilishi sodda, 
uyg‘otish chulg‘ami bo‘lmaganligi tufayli elektrenergiyani nisbatan kam iste'mol 
qiladi. Ammo, bu elektrodvigatellar va ichki yonuv dvigatellarning mexanik 
tavsifnomalari bir-biriga yaxshi mos tushmaydi. Shu sababli, doimiy magnitli 
elektrodvigatellar kam quvvatli startyorlarda qo‘llaniladi. 
Barcha turdagi startyorlarning elektrodvigatellari deyarli bir xil tuzilgan 
bo‘lsa, ulardagi yuritma mexanizmlari tuzilish va ishlash bo‘yicha bir-biridan ko‘p 
jihatdan farq qilishi mumkin. 
Yuritma mexanizmlarni turi va ishlash prinsipi bo‘yicha quyidagi 
guruxlarga ajratish mumkin: 
- yuritma shesternyasini mexanik yoki elektromexanik usulda majburiy 
ravishda harakatlantirish; 
- shesternyani elektromexanik usulda majburiy ravishda maxovikning 
tishli gardishiga ilashtirish va dvigatel ishga tushgandan keyin shesternyani 
avtomatik ravishda ilashuvdan chiqarish; 
- shesternyani inersiya kuchi ta’sirida harakatlantirish; 
- shesternyani elektromagnit kuchlar ta’sirida, ya’ni elektrodvigatel 
yakorini harakatlanishi hisobiga ilashuvga kiritish. 
hamdo‘stlik mamlakatlarida ishlab chiqarilayotgan avtomobillarda, asosan, 
yuritma shesternyasini elektromexanik usulda majburiy harakatlantirish hisobiga 
ilashuvga kiritish prinsipida ishlaydi-gan starterlar qo‘llangan (27-rasm). Bu 
turdagi startyorlarda dvigatel ishga tushgandan keyin teskari burovchi moment 
ta’sirida yakor o‘zaklari va chulg‘amlari sochilib ketmasligi uchun erkin yurish 
muftasi o‘rnatiladi. Erkin yurish muftasi burovchi momentni bir tomonlama, ya’ni 
startyor yakoridan shesternya va u orqali dvigatel maxovigiga uzatadi. Dvigatel 
ishga tushib, shesternya maxovik tomonidan aylantirilganda, erkin yurish muftasi 
sirg‘aladi va teskari tomonga, ya’ni shesternyadan yakor valiga harakatni 
uzatmaydi. 


284
Startyorlarning quvvati ortishi bilan erkin yurish muftalarining ishonchlilik 
darajasi kamayadi. Shuning uchun, quvvati katta bo‘lgan va asosan dizel 
dvigatellariga o‘rnatiladigan startyorlarda shesternyani ilashtirish majburiy, 
dvigatel ishga tushgandan keyin ilashishdan chiqarish avtomatik ravishda amalga 
oshriladigan yuritma mexanizmlari qo‘llanadi. 
Shesternyasi inersiya kuchlari ta’sirida ilashuvga kiradigan va undan 
chiqadigan yuritma mexanizmlar tuzilishi soddaligi, ulchamlari kichik va tannarxi 
pastligi bilan tavsiflanadi. Ammo, bu turdagi yuritma mexanizmlarida ilashuv 
jarayoni shesternyani maxovikning tishli gardishiga kuchli urilish hollari bilan 
bog‘liq. Shuning uchun, bu turdagi yuritma mexanizmlarni qo‘llash doirasi quvvati 
1 kVt gacha bo‘lgan starterlar bilan cheklangan. 
Elektrodvigatel qutblarining magnityuritish kuchlari ta’sirida yakorni 
harakatga keltirib, shesternyani ilashtirish prinsipiga asoslangan startyorlar, asosan, 
xorijiy mamlakat avtomobillarida tatbiq topgan. Bu yuritma mexanizmi quvvati 3-
5 kVt bo‘lgan startyorlarga o‘rnatiladi. Bunday yuritma mexanizmi o‘rnatilgan 
startyorlarning tuzilishi ixcham, dvigatelga mahkamlash qulay bo‘ladi, ammo 
ularda qimmatbaho mis nisbatan ko‘p ishlatilishi va avtomobillar qiyalikda 
turganda yuritma mexanizmining ishonchlilik darajasini pasayishi (yakorning 
og‘irlik kuchining ta’sirida) ularning asosiy kamchiliklari hisoblanadi. 
Startyorlar tuzilishini avtomobillarda ancha keng tatbiq topgan ST130-AZ 
belgili startyor misolida ko‘rish mumkin. Startyor (27-rasm) quyidagi detallardan 
tashkil topgan: qutb boshmoqlari 22 va uyg‘otish chulg‘amining g‘altaklari 21 
o‘rnatilgan qobiq 15; asosiy chulg‘am 20 va kollektor 18 joylashtirilgan yakor 16; 
erkin yurish muftasi 12, shesternya 11 va bufer prujinasi 13 ni o‘z ichiga olgan 
yuritma mexanizmi; elektromagnit tortish relesi; yuritma va kollektor tomonidagi 
qopqoqlar 9, 19; cho‘tkalar o‘rnatilgan cho‘tkatutqichlar. 


285

Download 19,16 Mb.
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   216




Download 19,16 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-mavzu: Startyor va uning yuritmasi tuzilishi, ishlashi

Download 19,16 Mb.
Pdf ko'rish