-mavzu: Rul tortqichi lyufti va rul chambaragi lyufti to‘g‘risida




Download 19,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet197/216
Sana24.05.2024
Hajmi19,16 Mb.
#252024
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   216
Bog'liq
O\'zbekiston respublikasi

38-mavzu: Rul tortqichi lyufti va rul chambaragi lyufti to‘g‘risida 
tushuncha 
Reja: 
1.Rul boshqarmasini stabillash 
2. Rul yuritmasi kuchaytirgichlarining vazifasi, turlari, tuzilishi, ishlashi.
3.Rul boshqarmasi holatining harakat xavfsizligiga ta’siri
 
Rul boshqarmasining asosiy nosozliklariga rul mexanizmi karterining 
mahkamlanishini bo‘shab ketishi, mexanizm detallarining yeyilishi, rul 
chambaragi va kalonkasining bo‘shab qolishi, chervyak jufti detallarining yedirib 
ketishi misol bo‘ladi. Gidrokuchaytirgichli rul boshqarmalarida, yuqoridagi 
nuqsonlardan tashqari, nasos idishida moyning me’yoridan kam yoki oshiq 
bo‘lishi, tizimda havo va suvning yig‘ilishi, nasosning ishlamay qolishi, moyning 
sizib chiqishi, filtrning kirlanib qolishi, nasosning himoya va o‘tkazish 
klapanlarining nosoz ishlashi, nasos uzatmasi tasmasining me’yor bilan 
tortilmasligi va boshqalardan iborat. 
Rul boshqarmasini tashxislash ko‘rsatkichlariga rul chambaragini salt 
yurishi va uni burash uchun kerakli kuchni aniqlashdan iborat. Rul chambaragining 
salt yurishi, yengil avtomobillar uchun 7-12 gradus (VAZ va NEXIA 
avtomobillarida 5
0
, MERSEDES BENS avtobuslari uchun 15
0
), avtobuslar uchun 
10-150ni tashkil qiladi. Rul chambaragini burash uchun sarflanadigan kuch 40-60 
N ni tashkil etishi kerak. 
Rul boshqarmasini sozlashda, torqgichlardagi sharnir va rul mexanizmi 
birikmalaridagi 
tirqishlar 
yo‘qotiladi. 
Rul 
mexanizmidagi 
chervyak 
podshipningning o‘q bo‘yicha siljishini prokladkalar yordamida sozlanadi. Rul 
soshkasining o‘q bo‘yicha siljishi, tayanch bolt yordamida sozlanadi. 
Rul boshqarmasidagi mahkamlash ishlari agregat va mexanizmlarni 
qotirilganligini tekshirishdan iborat bo‘lib, buni bajarishdan oldin rul mexanizmi 
karterining avtomobil ramasiga, rul tortqilari richagini burish mushtiga, soshkaga, 
bo‘ylama va ko‘ndalang rul tortqisi barmog‘iga mahkamlanishi tekshirib ko‘riladi. 
Rul mexanizm karteridagi va gidrokuchaytirgich bachogidagi moy sathi 
navbatdagi TXK paytida tekshiriladi va me’yorigacha moy quyiladi. 
Gidrokuchaytirgich bachogi, uning filtrlarni hamda karterni (yilda kamida 1 marta 
yoki mavsumda, bahor va kuzda) benzin bilan yuvib, moyi almashtiriladi. 
Gidrokuchaytirgichga dvigatel salt ishlab turganda moy quyiladi. Rul 
mexanizmiga uzatmalar qutisi uchun mo‘ljallangan Tap-10 va Tap-15L moylari 
yoki transmission moy quyiladi. Gidrokuchaytirgichli rul mexanizmiga yozda 
trubina moyi (makasi 22), qishda AU-veretyon moyi quyiladi. Rul tortqilarining 
sharnirli birikmalari 1200^1800 km yurilgandan so‘ng, navbatdagi TXK paytida 
US-2 yoki US-3, shuningdek USS-1, USS-2 yoki USS solidoli bilan moylanadi. 
Hozirgi vaqtda ishlab chiqarilayotgan NEKSIYA, ESPERO, MERSEDES-
BENS 
va 
boshqa 
turdagi 
avtomobillarning 
rul 
mexaniz- 
mining 
gidrokuchaytirgichiga DEKSRON-II moyi quyiladi. 
Rul boshqarmasi mexanizmlarini joriy ta’mirlash detallarining almashtirish 
hisobiga amalga oshiriladi. Detallarning yeyilgan joylari, masalan, soshka vali 


350
bo‘yinlari xromlash yo‘li bilan tiklanadi, soshka vali oxiridagi rezba yo‘nib 
tashlanib, sirti payvandlanadi va yangi rezba ochiladi. Rul mexanizmi karterdagi 
podshipnik o‘rnatiladigan uyaning yeyilgan joylari yo‘niladi va po‘lat halqa 
presslab o‘rnatiladi. Tarangligi pasaygan va singan prujinalar, sharsimon 
barmoqlarining yeyilgan vkladishlari, bo‘ylama va ko‘ndalang tortqi barmoqlari 
almashtiri-ladi. Egilgan rul tortqilari sovuq yoki 8000S haroratacha qizdirib 
to‘g‘rilanadi 


351

Download 19,16 Mb.
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   216




Download 19,16 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-mavzu: Rul tortqichi lyufti va rul chambaragi lyufti to‘g‘risida

Download 19,16 Mb.
Pdf ko'rish