Pedagogik innovatsiyalar, professional




Download 19,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet196/216
Sana24.05.2024
Hajmi19,16 Mb.
#252024
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   216
Bog'liq
O\'zbekiston respublikasi

richagi; 6-buriluvchi g‘ildirak. 


344
buradi. 
Reyka-shesternyali rul mexanizmi rul vali bilan tayyorlangan qattiq tishli 
shesternya va qattiq tishli reykadan tashkil topgan. Val karter ichida joylashgan 
sharikli podshipniklar aylanadi. Ular halqa va yuqori qopqoq yordamida tortiladi 
Tayanch, prujina orqali reykaga siqib qo‘yilgan bo‘lib, unga ta’sir 
qilayotgan radial kuchni qabul qiladi va yon tomondagi qopqoqga uzatadi, shuning 
hisobiga juft ilashuvining aniqligi amalga oshiriladi. 
Vint reykali rul mexanizmi. Vint reykali rul mexanizmi boshqariluvchi 
o‘qga 25kN dan ortiq og‘irlik tushadigan avtomobillarda kuchaytirgichsiz va 40kN 
og‘irlik tushadigan avtomobillarda kuchay- tirgich bilan qo‘llash tavsiya etiladi. 
Bunday rul mexanizmlari, hozirgi zamonaviy dvigatel oldinda joylashgan, 
old o‘q yetaklovchi va boshqariluvchi bo‘lgan yengil avtomobillar Tiko, Matiz va 
Neksiyalarda qo‘llaniladi. 
Vintli rul mexanizmida, vintning aylanma harakati, gaykani ilgarilama 
harakatiga aylantiradi, unda reyka qilingan bo‘lib, u sektor bilan ilashib turadi. 
Sektor soshka bilan bitta umumiy valga mahkamlangan. Rul mexanizmida 
ishqalanishni kamaytirish va vint bilan gayka orasidagi birikmaning yedirilishiga 
chidamliligini oshirish uchun sharchalar orqali biriktiriladi. 
Vint-gayka sektor tipidagi rul mexanizmida uzatishlar soni sektor tishlari 
boshlang‘ich aylana radiusining vint qadamlari nisbatidan aniqlanadi. Shesternyali 
rul mexanizmlari qatoriga silindrik yoki konus shesternyali, shuningdek, reykali 
rul mexanizmlari kiradi. Reykali rul mexanizmida uzatma jufti shesternya va tishli 
reykadan tashkil topgan. 
Bunday rul mexanizmi hozirgi zamon yengil avtomobillarida keng 
qo‘llanilmoqda. 
Rul yuritmasi, rul mexanizmida oshirilgan kuchni soshka orqali qabul qilib, 
boshqariluvchi g‘ildiraklarning sapfalariga uzatadi va boshqariluvchi g‘ildiraklarni 
buradi (66-rasm). 
Rul yuritmasi, berilgan eng kichik burilish radiusi bo‘yicha burilishini, ichki 
va tashqi boshqariluvchi g‘ildiraklarni har xil burchakka burilishini va soshka vali 
bilan burish sapfalari orasida kerakli uzatish sonini bo‘lishini ta’minlashi lozim. 
Rul yuritmasi tortqi va richaglardan tashkil topgan bo‘lib, rul trapetsiya 
shaklini hosil qiladi. Rul yuritmasi detallari, bir-biri bilan shunday bog‘langanki, 
65 -rasm.
Reyka-shesternyali rul boshqarmasini qirqimi. 


345
boshqariluvchi g‘ildiraklarni burganda richag va tortqilar bir-biriga nisbatan 
birikmalarda turli tomonga yengil burila olishi, shuningdek, o‘z birikmalaridan 
zarur miqdordagi kuchni uzata olishi lozim. Shuning uchun rul yuritmasining 
tortqilari bir-biri bilan sharnirlar orqali bog‘langan bo‘lishi kerak. 
Hozirgi paytda o‘rtacha vaznli o‘tag‘on hamda o‘rta va og‘ir vaznli yuk 
avtomobillari, shuningdek, avtobuslarning rul yuritmalarida kuchaytirgich 
ishlatiladi. 
Kuchaytirgich - g‘ildiraklarni burishga sarflanadigan kuchni kamaytiradi, 
natijada avtomobilning boshqarilishini osonlash -tirib, yengil va qulay burilishni 
ta’minlaydi. Kuchaytirgich avtomobil notekis yo‘ldan yurganda, rul chambaragiga 
ta’sir etadigan turtkini yumshatadi va avtomobilni katta tezlikda uning 
harakatlanish xavfsizligini oshiradi. Masalan, boshqariluvchi g‘ildiraklardan biri 
shikastlansa, avtomobilni to‘g‘ri chiziqli harakatini va turg‘un holatini saqlab 
qolishga imkon yaratadi. 
Shuning uchun hozirgi paytda tezyurar yengil avtomobillarning (Neksiya) 
rul boshqarmasi ham kuchaytirgich bilan jihozlangan. 
Kuchaytirgichlar boshqarish jarayonida to‘la kuzatish qobiliyatiga ega 
bo‘lishi (ya’ni, yo‘naltiruvchi g‘ildirakning burilishi, haydovchi tomonidan rul 
chambaragining burilishiga to‘la mos kelishi), avtomobilni to‘g‘ri chiziqli harakati 
paytida g‘ildirakning to‘siqqa uchrab majburan burilishida o‘z-o‘zidan ishga 
tushmasligi, biror sabablar bilan shikastlanib ishdan chiqmasligi, avtomobilning 
boshqarilishiga xalaqit bermasligi, yuqori sezgirlikka ega bo‘lib, juda ham qisqa 
vaqt ichida tizimning ishga solinishini ta’minlashi kerak (67-rasm). 
Kuchaytirgich qo‘yidagi asosiy qismlardan tashkil topgan: 
a)
ta’minlash manbai-gidronasos yoki kompressor; 
b)
taqsimlagich; 
v)gidrotsilindr. 
66-rasm.
Rul yuritmasi. 


346
Kuchaytirgichlarni harakatga keltiradigan yuritma gidravlik va pnevmatik 
bo‘lishi mumkin. 
Kuchaytirgich qismlarining bir-biriga nisbatan joylashuvi to‘rt xil bo‘lishi 
mumkin: 
>
kuchaytirgichning hamma qismlari bir joyda joylashgan (ta’minlash 
manbaidan tashqari); 
>
rul mexinizmi alohida. Taqsimlagich va gidrotsilindr bir agregatda 
joylashgan; 
>
rul mexanizmi va taqsimlagich bir agregatda gidrotsilindr ayrim 
joylashgan; 
>
hamma qismlari (rul mexanizmi, taqsimlagich, gidrotsilindr) ayrim 
joylashgan. 
67-rasm.
Rul gidrokuchaytirgichi. 
1-nasos; 2-tarqislagich korpusi; 3-rul mexanizmi; 4-rul 
soshka; 5-bog‘lovchi trubka; 6-bachok. 


347
68-rasm.
Rul gidrokuchaytirgichini ishlash prinsipi sxemasi: 
a-rulning ishsiz holatida; b-rul burilish holatida. 1.rul mexanizmi; 2-zolotnik; 3-
taqsimlagich korpusi; 4-gidrotsilindr; 5.gidrotsilindr porsheni; 6-reaktiv shayba; 7-
markazlashgan prujina; 8-yuqori bosimli magistral; 9-klapan; 10-nasos; 11-past 
bosimli magistral; 12-bachok; 13-filtr. 
Yuqorida qayd 
etilgan 
kuchaytirgichning 
joylashuv 
tartibida va 
konstruksiyasida o‘ziga xos afzalliklar va kamchiliklar mavjud. Bular puxtaligi, 
ishonchli ishlashi, ixchamligi va narxi bilan baholanadi. 
Gidrokuchaytirgich ishlash prinsipi sxemasi 68-rasmda keltirilgan. Nasos 


348
avtomobil dvigatelidan harakatni oladi. 
Nasosning tepa qismida moy solish uchun maxsus asbob o‘rnatilgan. Moy 
nasosdan, o‘tkazgichlar orqali taqsimlagichga uzatiladi. 
Taqsimlagich korpus va zolotnikdan iborat. Zolotnik shtanga orqali 
avtomobilning rul mexanizmiga ulangan, korpus esa boshqariluvchi g‘ildirakning 
burish sapfasi richagi bilan shtanga orqali birlashtirilgan. Taqsimlagich va moy 
o‘tkazgichlar bilan gidrotsilindrning ikki kamera- siga ulangan. Silindr avtomobil 
ramasiga sharnir ravishda mahkam- langan. Uning porsheni shtok orqali, 
boshqariluvchi g‘ildirakning buri- lish sapfasiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Moy 
o‘tkazgich taqsimlagichni moy baki bilan ulaydi. 


349

Download 19,16 Mb.
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   216




Download 19,16 Mb.
Pdf ko'rish