-mavzu: Tormoz tizimining vazifasi




Download 19,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/216
Sana24.05.2024
Hajmi19,16 Mb.
#252024
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   216
Bog'liq
O\'zbekiston respublikasi

39-mavzu: Tormoz tizimining vazifasi.
 
Reja : 
1.Tormoz tizimlarining turlari va ularning vazifasi. 
2.Tormoz mexanizmlari . 
3.Tormoz mexanizmining konstruksiyalari, tormoz mexanizmlarini sozlash 
Avtomobilning o‘z harakati davomida, vaziyatga qarab, sekinlatish yoki 
to‘xtatish zaruriyati tug‘iladi. Agar dvigatelni yetakchi sildirak- lardan ajratib 
qo‘yilsa, avtomobil o‘zining inersiyasi o‘z hisobiga harakatini davom ettiradi. 
Avtomobilning harakatlanishiga qarshilik kuchlarining hisobiga (yo‘lning, 
havoning qarshilik kuchlari, transmissiyadagi ishqalanish kuchi va x.z.) 
avtomobilning tezligi pasayib boradi va nihoyat avtomobil to‘xtaydi. Bu holda 
to‘xtash yo‘li katta bo‘ladi. To‘xtash yo‘lini qisartirish uchun qo‘shimcha tormoz 
kuchidan foydalaniladi. Tormoz kuchi g‘ildirak bilan yo‘l orasida hosil bo‘ladi. 
Tormoz tizimi harakatlanayotgan avtomobil tezligini kamaytirish, 
to‘xtatish va to‘xtab turgan avtomobilni o‘z joyida ushlab turish uchun xizmat 
qiladi. 
Zamonaviy yengil avtomobillarga quyidagi tormoz tizimlari qo‘llaniladi: 
>
ishchi tormoz; 
>
to‘xtab turish tormoz tizimi. 
Ish tormoz tizimi avtomobil har xil sharoitda harakatlanganda uning 
tezligini kamaytirish yoki darhol to‘xtatish vazifasini o‘taydi. 
To‘xtatib turish tormoz tizimi to‘xtab turgan avtomobilni o‘z joyida 
qo‘zg‘almasdan turishini ta’minlaydi. Avtomobillarda qo‘llanila- digan tormoz 
tizimlari qanday vazifani bajarishidan qat’iynazar, ular energiya manbai va bitta 
yoki bir nechta tormoz mexanizmlaridan iborat bo‘ladi. 
Ishchi tormoz tizim quyidagi qismlardan tashkil topgan: 
>
tormoz yuritmasi; 
>
tormoz mexanizmi. 
Tormoz yuritmasi. Tormoz tizimining ishlashi uchun kerakli bo‘lgan 
energiya bilan ta’minlovchi tuzilmalar yig‘indisi 
energiya manbai
deb ataladi. 
Energiya manbaidan tormoz mexanizmlariga energiya uzatuvchi tuzilmalar 
yig‘indisi 
tormoz yuritmasi
deb ataladi. 
Tormoz yuritmalari mexanik, gidravlik (suyuqlik yordamida), pnevmatik 
(havo yordamida), elektrik yoki kombinatsiyalashgan (pnevmogidravlik, 
pnevmoelektrik va h.k.) turlarga bo‘linadi. 
Tormoz yuritmasi quyidagi elementlardan tashkil topgan: 
>
boshqarish 
organi 
vositasida 
energiya 
manbaidan 
tormoz 
mexanizmlariga uzatilayotgan energiya miqdor jihatdan rostlab turiladi. Bularga 
tormoz krani, asosiy tormoz silindri, to‘xtatib turish va yordamchi tormoz 
tizimiining qo‘l yuritmasi kiradi; 
>
ijro etuvchi organ — tormoz yuritmasidan tormoz mexaniz- miga 
energiyani uzatuvchi tuzilma. 
Pnevmatik yuritmali tizimida ijro etuvchi organ sifatida tormoz kameralari 
yoki silindrlari, gidravlik yuritmali tizimida esa g‘ildirak tormoz silindrlari 


352
ishlatiladi. 
Avtomobilning harakatlanishiga majburiy qarshilik ko‘rsatish va qarshilik 
kuchini o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan tuzilma 
tormoz mexanizmi
deb ataladi. 
Zamonaviy avtomobillarning ishchi, yordamchi va to‘xtatib turish tormoz 
tizimlarida tormoz mexanizmi sifatida friksion tuzilmalar ishlatiladi. Bularda 
majburiy qarshilik aylanuvchi (rotorli) va aylanmaydigan (statorli) qismlar 
vositasida ishqalanish kuchini o‘zgartirib hosil qilinadi. Demak, avtomobil 
tezligini kamaytirish uchun uning kinetik energiyasining bir qismini, batamom 
to‘xtatish uchun esa bu energiyaning xammasini ishqalanish hisobiga yo‘qotish 
kerak. 
Hozirgi zamonaviy avtomobillarda, xususan DEU avtomobillarida SAE I 
1703 DOT3 (CROWN B - 121) rusumidagi tormoz suyuqliklari qo‘llaniladi. 
Mexanik tormoz yuritmasi richag, torti, valik va trosslardan iborat bo‘lib, 
shu detallar orqali tormoz pedalidagi kuch tormoz mexanizm- lariga uzatiladi. 
Mexanik tormoz yuritmasi tormoz mexanizmlarini bir vaqtda ishga tushishini va 
tormoz mexanizmlariga uzatilayotgan kuchlarni mutanosib taqsimlanishini 
ta’minlab bera olmaydi. Sharnirli birikmalarning va tayanchlarning ko‘pligi 
ishqalanishga sarflanadigan energiyani ko‘paytiradi. Shuning uchun bu 
yuritmalarda FIK ancha past. Yuqorida sanab o‘tilgan kamchiliklari hisobiga 
mexanik tormoz yuritmasi ishchi tormoz tizimlarida ishlatilmaydi. Lekin 
avtomobillarni o‘z joyida chegaralanmagan vaqt mobaynida ushlab turish uchun 
mexanik tormoz yuritmasi to‘xtatib turish tormoz tizimidan keng qo‘llaniladi. 
Amaliyotdagi tajribadan kelib chiqgan holda shuni aytish joizki, gidravlik 
kuchaytirgich bilan jihozlangan transport vositalarini to‘xtatish bir muncha 
yengilroqdir. Kun davomida oddiy tormoz tizimiga ega bo‘lgan avtomobilni 
boshqarib borayotgan haydovchining oyoqlari kechga borib toliqadi. Gidravlik 
kuchaytirgichga ega bo‘lgan tormoz tizimi bilan jihozlangan avtomobil 
haydovchisi esa unga nisbatan o‘zini ancha tetik hisoblaydi, chunki gidravlik 
kuchaytirgich haydovchi tormoz tepkisiga ta’sir etiyotgan kuchni bir necha bor 
kuchaytirib beradi. Shuning uchun barcha katta o‘lchamli, og‘ir yuk tashuvchi 
avtomobillar bunday tormoz tizimi bilan jihozlangan. 
Gidravlik tormoz yuritmasi gidrostatik hisoblanadi, ya’ni tormoz- lanish 
vaqtida gidravlik tormoz yuritmasining hamma qismida suyuqlik bosimi bir xil 
oshadi va shu bosim hisobiga pedaldagi kuch tormoz mexanizmlariga uzatiladi. 
Gidravlik yuritmali ishchi tormoz tizimining prinsipial sxemasi 69- rasmda 
ko‘rsatilgan. Yuritma tormoz pedalidan, vakuum kuchaytir- gichdan, asosiy 
tormoz silindridan, oldingi va orqa g‘ildirak tormoz mexanizmlarining 
silindrlaridan, tormoz kuchi rostlagichidan va hamma silindrlarni birlashtiruvchi 
trubkalarlardan tuzilgan. Asosiy tormoz silindri va g‘ildirak silindrlari, shuningdek 
barcha trubkalar suyuqlik bilan to‘ldirilgan. Tormoz pedali bosilganda asosiy 
tormoz silindrining porsheni suyuqlikni trubkalar orsali g‘ildirak silindrlariga siqib 
chiqaradi. Suyuqlik g‘ildirak silindrlarining porshenlarini siljitadi va shuning 
natijasida tormoz kolodkalari barabanga siqiladi. Kolodka va baraban orasidagi 
tirqish yuqolgandan keyin asosiy silindrdagi suyuqlikning g‘ildirak silindrlariga 
uzatilishi to‘xtaydi. Agar tormoz pedaliga qo‘yilgan kuch yana davom ettirilsa, 


353
yuritmadagi suyuqlik bosimi osha boshlaydi va bir vaqtda hamma g‘ildiraklarda 
tormozlanish hosil bo‘ladi. 
G‘ildiraklardagi tormozlanishning baravar boshlanishi va tormoz 
pedalidagi kuch bilan tormoz mexanizmlarini ishga tushiruvchi kuchlarning o‘zaro 
mosliligini gidravlik yuritmaning ishlash prinsipi ta’minlab beradi. 

Download 19,16 Mb.
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   216




Download 19,16 Mb.
Pdf ko'rish