357
detallari barabanli yoki diskli, ailanmaidigan detallari esa kolodka shaklida bo‘ladi.
Diskli tormoz mehanizmlarining ailanmaidigan detallari faqat kolodka shaklida
bo‘ladi.
Barabanli tormoz simmetrik ravishda joilashgan
ikkita kolodkalardan
tashkil topib, tashqi cilindrik yuzasida frikcion tormoz ustqo‘imasi mahkamlangan.
Gidravlik yuritmali ish tormoz tizimida bitta keruvchi gidravlik cilindrli va
kolodkalari bitta yoki ikkita tayanch barmoqqa o‘rnatilgan tormoz mehanizmi
qo‘llaniladi. Ba’zan ikkita keruvchi gidravlik cilindrli tormoz mehanizmi ham
ishlatiladi.
Pnevmatik yuritmalari asosiy tormoz tizimida esa bitta keruvchi kulachokli
va kolodkalari bitta yoki ikkita tayanch barmoqqa
tayangan tormoz mehanizmi
ko‘proq ishlatiladi.
Gidroyuritmali tormoz kuchaitirgich.
Tormoz yuritmasining kuchaitirgichi tormozlashga sarflanadigan kuchni
orttirib tormozlashni engillashtirish uchun hizmat qiladi. Gidroyuritmali tormoz
tizimiga o‘rnatiladigan kuchaitirgichlar uchun tashqi energiya manbai sifatida
siqilgan havo (pnevmokuchaitirgich) yoki dvigatelning kiritish trubasidagi
siyraklanish (vakuum kuchaitirgich) va airim hollarda
esa yuqori bosimli nasos
yordamida
haidalgan
katta
bosimli
bo‘lgan
suyuklik
energiyasidan
(gidrokuchaitirgich) foidalaniladi.
Vakuum kuchaitirgichli gidravlik yuritma zamonaviy o‘rtacha yuk
ko‘taradigan yuk avtomobillari, avtobuslar va engil avtomobillarda qo‘llaniladi.
«Neksiya» avtomobilining tormoz boshqarmasi
«Neksiya» avtomobilining tormoz boshqarmasining old g‘ildiraklarida
diskli, ketingisida barabanli tormoz mehanizmlari o‘rnatilgan bo‘lib, diagonal
shemali ikki konturli tizimdan iborat.
Tormoz yuritmasida ikki bo‘limli tormoz silindri ishlatilgan, unga
qo‘shimcha tormoz suyuqligining sathini ko‘rsatuvchi datchik va tormoz kuchlari
rostlagichining proporcionallik klapanlari kiritilgan.
Diskli tormoz mehanizmining ichki kolodkasini diskka suyuqlik bosimi
ostidagi porshen', tashqisini esa cilindrda o‘rnatilgan
harakatchan skoba
io‘naltiriluvchi barmoq bo‘ilab harakatlanib siqadi. Bu esa avtomobilning
ekspluataciyasi davrida disk va kolodka orasidagi tirqishning avtomatik ravishda
stabil, o‘zgarmasdan saqlanishini ta’minlaidi.
Ketingi kolodka barabanli tormoz mehanizmi faol va faol emas tormoz
kolodkalaridan iborat bo‘lib, uning shu tipdagi mehanizmlardan farqi io‘q. Orqa
g‘ildiraklardagi tormoz kuchini rostlagich, asosiy cilindrda bosim ma’lum darajaga
o‘sgandan so‘ng, uning yuritmasidagi bosimning usishini cheklaidi va muhosara
bo‘lishdan saqlaidi.
Tormoz boshqarmasining asosiy tormoz cilindri tormoz suyuqligining sathi
me'yoridan kamaiganda BRAKE signali yonadi. Agar qo‘shimcha suyuqlik quiylsa
signal uchadi.
Tayanch iboralar: avtomobil' harakati, to‘htash, tormoz turlari, ish tormozi,
zahira tormozi, to‘htatib turish,
yordamchi tormoz, tormoz mehanizmi, tormoz
358
yuritmasi, tormoz kuchaitirgichi, frikcion tormoz, barabanli tormoz, diskli tormoz,
yuritma konturlari, asosiy
tormoz cilindri, g‘ildirak tormoz cilindri, gidrovakuum
kuchaitirgichi, pnevmatik yuritma, avtopoezd tormoz yuritmasi, kompressor,
tormoz krani.