365
Birinchi
navbatda dehqonning yumushuni yengillashtiradigan “Jip” yengil
avtomobili va to‘rtta g‘ildiragi yetakchi bo‘lgan, yuk ko‘tarish qobiliyati 2
tonnagacha bo‘lgan, har xil yuklarni tashishga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak. Shu
bilan birga dehqonga yuk avtomobili ham juda zarur. Bunday avtomobil yerni
ham haydab, ham tekislab berish xususyyatiga ega bo‘lmog‘i lozim.
Ikkinchidan-
avtobus ishlab chiqaradigan zavodni kengaytirish lozim. Chunki
sobiq ittifoqda yaratilgan avtobuslar xalqaro standartni 20 tasidan 5 tasiga ham
javob bermaydi va ularning vazifasiga ko‘ra ixtisoslik darajasi kam va
ko‘pchiligi benzin yoqilg‘isida ishlaydi. O‘zbekistonda
hozirgi kunda mana shu
kamchiliklardan xoli bo‘lgan avtobuslar ishlab chiqarilyapti.
Texnikalarni xalq xo‘jaligidagi ahamiyati
Uchinchidan-
kichik litrajli o‘ta kichik va “mitti” nusxali yengil avtomobillar
zarur. Shu kunda “mitti” yengil avtomobillarni Fransiyani to‘qqizta
firmasi
ishlab chiqarmoqda. Bunday avtomobillarning dvigatel litraji 0,3-0,5 atrofida
bo‘lib, quvvati 5,5 dan 15 ot kuchigacha, yonilg‘i sarfi esa 2-3 litrgacha bo‘lishi
mumkin, tezligi 45 km atrofida.
To‘rtinchidan-
Hozirgi kunda shahar va qishloqlarda O‘zbekistonda ishlab
chiqarilgan shaxsiy yengil avtomobillar shahar va
qishloqlarimizda anchagina
ko‘paygan. Shu bilan birgalikda jumhuriyatimiz tezkorlik bilan ekologik
jihatdan toza bo‘lgan ham ixcham, ham qulay, ham
bir necha ishni bajara
oladigan avtomobillarni va qishloq xo‘jalik mashinalarni ishlab chiqarmog‘i
lozim