262
KKD EBB teskari aloqa zanjiriga ulangani tufayli yonilg‘i aralashmasi tarkibini
boshqarish konturi yopiq bo‘ladi .
Yonilg‘i aralashmasi tarkibini boshqarish yopiq konturi.
1-EBB, 2-yonilg‘i forsunkalari, 3-KKD , 4- katalitik neytralizator Yonilg‘i
purkash tizimi
1-yonilg‘i nasosi
2-yonilg‘i baki
3-yonilg‘i filtri
4-bosim regulatori
5-yonilg‘i taqsimlash quvuri
6-dvigatel
7-EBB
8-datchiklar
YOPT quyidagi asosiy elementlardan iborat:
-yonilg‘i baki ,nasos , yonilg‘i quvurlari;
-yonilg‘i nasosini boshqarish elektr zanjiri;
-yonilg‘i bosimini regulatori , yonilg‘i taqsimlash quvuri va forsunkalar;
-drossel zaslonkasini korpusi , salt ishlash klapani va zaslonka xolatini
datchigi (ZXD) .
Yonilg‘i nasosi
elektron yuritmali bo‘lib yonilg‘i satxi datchigi bilan
yonilg‘i bakiga joylashtirilgan . Nasos sovuq benzinni ta’minlash va to‘qish
quvurlari orqali muntazam aylanishini ushlab turadi .
Bu esa yonilg‘i tizimidan isigan benzin bilan yonilg‘i bug‘larini chiqarish
hamda bug‘ tikini hosil bo‘lishni istisno qiladi .
Yonilg‘i nasosi tizimda forsunkani ish bosimidan va bosim regulatorini
chiqish bosimidan yuqori bo‘lgan ortiqcha bosim hosil qiladi. Bosim regulatori
yonilg‘i taqsimlash quvurida o‘rnatilgan bo‘lib yonilg‘i bosimini berilgan darajada
ushlab turadi . Ortiqcha yonilg‘i bakka aloxida truboprovod orqali yuboriladi.