256
17-mavzu: Avtomobillar uchun ishlatiladigan gaz holatidagi
yonilg‘ilardan foydalanish va ularning afzalliklari
Reja:
1.Gaz balonli dvigatellarning ta’minlash tizimi.
2. Avtomobillar uchun ishlatiladigan gaz holatidagi yonilg‘ilardan
foydalanish.
3.Ishlatib bo‘lgan gazlarni chiqarib tashlash tizimi
Gaz bilan ishlaydigan dvigatelning ish sikli benzinli dvinatelning ish sikli
benzinli dvigatelning ish siklidan deyarli far ilmaydi.
Dvigatelini gazsimon yonilg‘ida ishlashi uchun avtomobilga o‘rnatiladigan
asbob-anjomlar (jihozlar) komplektini gaz ballon(li) qurilmalar deyiladi.
Gaz ballonli qurilmalar asosan ikki xil turga ajratiladi: siqilgan va
suyultirilgan gazlar uchun.
Gaz ballon(li) qurilmani o‘ziga xosligi shundan iboratki,
gaz har qanday
holatda ballonlarda katta bosim ostida oqib chiqadi. Shuning uchun tizimga gaz
bosimini kamaytirish imkoniyatini yaratuvchi reduktor kiritiladi.
20MPa bosimgacha siqilgan gaz ikki guruhga ajratilgan har biri 50l xajmli
yuk platformaning ostiga o‘rnatilgan beshta po‘lat ballonlarda 1 salanadi.
Ballonlar bir-biri bilan o‘zaro ulovchi armatura 2 va naychalar 3 bilan
30-rasm.
Gaz ballon(li) qurilmaning prinsipial (asosiy) sxemasi.
1-ballonlar; 2-(biriktiruvchi)ulovchi armatura (asbob); 3-po‘lat naychalar; 4-
sarflash ventili (jo‘mragi); 5-to‘ldirish ventili (jo‘mragi); 6-isitgich; 7-
ishlatilgan gazlarni chiqarish tizimining trubasi (quvuri); 8-dozalovchi
shayba; 9-magistral ventil (jo‘mrak); 10-filtr; 11-ikkipog‘onali reduktor; 12-
kiritish quvuri bilan ulovchi naycha; 13-kiritish quvuri; 14-drossel
zaslonkasi; 15-taglik; 16-purkagich; 17-karburator-aralashtirgich; 18-
injektor; 19-salt ishlash naychasi; 20-past bosim manometri;
21-yuqori bosim manometri.
257
tutashtirilgan. Avtomobil ramasining differensiyalanishi natijasida naychalar 3
sinib ketmaslilgi uchun ular kompensatorlar bilan ta’minlangan. Gaz ballonlardan
1 sarflash ventili 4 isitgich 6 orqali magistral ventilga 9 undan so‘ng filtrda 10
tozalanib, reduktorga 11 o‘tadi. Reduktorda 11 gazning bosimi atmosfera
bosimigacha kamay- tiriladi.
Gazning bosimi keskin pasayishi (kengayishi) sababli,
agarda uning
tarkibida nam bo‘lsa, muzlab qolib tizimni me’yoriy ishlashini buzilishiga olib
kelishi mumkin. Shuning uchun gaz isitgich 6 orqali uzatiladi. Gazni isitish uchun
ishlatilgan gazlarning issiqligidan 7, 8 foydalaniladi.
Siqilgan gaz bilan ishlaydigan gaz ballon(li) qurilmaning prinsipial (asosiy)
sxemasi 26-rasmda keltirilgan.
Dvigatel ishlamay turganda reduktor gaz magistralini berkitib qo‘yadi.
Ishlayotgan dvigatelda esa hosil bo‘lgan siyraklanish evaziga gaz injektor 18
orqali karburator-aralashtirgichga 17 o‘tadi va havo bilan aralashib, gaz-havo
aralashmasi tayyorlanadi. Salt ishlash rejimida gaz bevosita naycha 19 orqali
drossel ostki qismiga kiritiladi.
31-rasm. Avtomobilning suyuqltirilgan gazli ta’minlash tizimining sxemasi:
1-kiritish kollektori; 2-reduktordan salt ishlash tizimi aralashtirgichi; 3-
reduktordan aralashtirgich orasidagi naycha; 4-reduktordan kiritish quvuri
orasidagi shlang; 5-reduktordan ishga tushirish tizimining elektromagnit klapani
orasidagi naycha; 6-bug‘latkichdan reduktor orasidagi naycha; 7-gaz
aralashtirgichi; 8-gaz reduktori; 9-gaz reduktorining filtri; 10-ishga tushirish
tizimining elektromagnit klapani; 11-ishga tushirish tizimi klapanidan
aralashtirgich orasidagi naycha; 12-elektromagnit klapanidan bug‘latgich
orasidagi yuqori bosim shlangi; 13-bug‘latgich; 14-rezerv tizim karburatori; 15-
elektromagnitli klapani; 16, 17-naychalar; 18-tezlik klapani; 19-ballon uchligi
(troynigi); 20-suyultirilgan gaz balloni.
258
Yuqori bosim manometri 21 yordamida ballonlardagi gaz bosimi va unga
proporsional ravishda miqdori nazorat qilinadi. Past bosim manometri 20
yordamida esa reduktorning ishlashi nazorat qilinadi.
Ikkala manometr ham
avtomobil kabinasidagi asboblar taxtachasiga o‘rnatilgan.
Ballonlar gaz bilan ventil (jo‘mrak) 5 orqali to‘ldiriladi.
Rasmda keltirilgan qurilma universal bo‘lib, rezervdagi benzin yonilg‘i
tizimi tufayli, ehtiyot bo‘lganda benzinda ham me’yoriy ishlashlik imkoniyatini
beradi.
Suyultirilgan gaz bilan ishlaydigan qurilmalarda gazni bug‘simon holatga
o‘tishi maxsus issiqlik almashtirgichda, ya’ni bug‘latgichda sodir bo‘ladi.
Suyultirilgan gaz qurilmasning o‘ziga hosligi, undagi ish bosimi ballondagi gaz
miqdoriga bog‘liq bo‘lmay, balki gaz aralashmasining komponent tarkibi va atrof-
muhit haroratiga bog‘liqligidadir. Suyultirilgan gaz qurilmasida,
siqilgan gaz
qurilmasidan farqli ravishda, ballondagi suyuqltirilgan gaz miqdorini aniqlash
uchun maxsus sath ko‘rsatkich o‘rnatilishi lozim bo‘ladi.
Suyultirilgan gaz bilan ishlaydigan qurilmali avtomobilining ta’minlash
tizimini (31-rasm) ko‘rib chiqiladi.
Suyultirilgan gaz platforma ostida o‘rnatilgan va ramaning chap tomon
lonjeroniga qotirilgan hajmi 225 litrli ballonda 20 saqlanadi. Ballonning old
devoriga sarflash ventillari o‘rnatilgan bo‘lib, ular orqali gaz ballon o‘lchagichidan
(troynigidan) 19 tezlik klapaniga 18 o‘tadi. Gaz yuqorida o‘rnatilgan sarflash
ventilidan esa suyuq fazadan olinadi.
Uchlikdan (troynikdan) 19 gaz naychalar 16,17
orqali elektromag- nit
klapaniga 15 o‘tadi. O‘t oldirish ulanganda gaz yuqori bosimli shlang orqali 12
dvigatelning kiritish kollektoriga 1 o‘rnatilgan bug‘latkichga 13 uzatiladi.
Bug‘latgichdan 13 gaz ikki pog‘onali reduktorga 8 kiradi va bosimini kamaytiradi.
Reduktorning birinchi pog‘onasidan oldin filtr 9 o‘rnatilgan. Reduktorning
ikkinchi pog‘ona bo‘shlig‘idan gaz doza- lovchi-ekonomayzer qurilmasiga o‘tadi
va undan dvigatelning ish rejimiga mos ravishda kerakli miqdordagi gaz
aralashtirgichga 7 yuboriladi.
Dvigatelning ishga tushirish tizimi dozalovchi jiklyorli elektro- magnit
ishga tushirish klapani 10, naychalar va klapanni o‘chirgichlarini o‘z ichiga oladi.
Sovuq dvigatelni o‘t oldirishda ishga tushirish klapani ulangandan so‘ng, gaz
reduktorni birinchi pog‘onasidan bosim ostida naycha 2 orqali aralashtirgichni salt
ishlash tizimiga o‘tadi.
Ta’minlash tizimining ishlashi haydovchi kabinasiga o‘rnatilgan manometr
orqali nazorat qilinadi. Reduktorning birinchi pog‘onasidan so‘ng gaz bosimi
0,12^0,15 MPa bo‘lishi lozim.