|
Ta’minlash tarmogi asboblari Pdf ko'rish
|
bet | 147/216 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 19,16 Mb. | | #252024 |
Bog'liq O\'zbekiston respublikasi Ta’minlash tarmogi asboblari
Yonilg‘i baki.
Yonilg‘i baki yonilg‘ini saqlash uchun mo‘ljallangan bo‘lib,
unda avtomobilning 400…500 km yo‘l bosishiga yetadigan yonilg‘i saqlanadi.
Bakning idishi po‘lat tunukadan shtamplash usuli bilan oval yoki to‘gri burchak
shaklida yasaladi. Bakning mustaxkamligini oshirish va yonilg‘ining kuchli
chayqalishini kamaytirish maqsadida uning ichki bo‘shlig‘iga muvoziy ravishda
to‘siqlar qo‘yilgan. Yonilg‘ini bakdagi datchigi ko‘rsatgich bilan nazorat qilinadi.
Yonilg‘i nasosi.
Karburatorli dvigatellarda diafragma turidagi yonilg‘i
nasosi ishlataladi. Nasos yonilg‘ini bakdan karburatorning qalqovichli
bo‘linmasiga kichik bosim ostida uzatib turadi. Nasos uchta ajraluvchi qismdan:
korpus, kallak va qopqoqdan iborat, ular bir-biri bilan qistirma orqali vint bilan jips
maxkamlanadi.
Yonilqi filtrlari va tindirgichlar.
Yonilg‘ini karburatorga kiritishdan
oldin mexanik aralashmalar va suvdan tozalash zarur. Chunki yonilg‘i yaxshi
tozalanmasligi oqibatida karburatorning kil teshiklari va tuynukchalari ifloslanib,
uning aniq ishlashi yomonlashadi. Shuning uchun ta’minlash tarmog‘idan
o‘tayotgan yonilg‘i bir necha bor tozalanadi.
Simto‘rli filtrlar yonilg‘i bakining quyish quvuriga, yonilg‘i nasosi
korpusning qopqog‘iga va karburatorning qalqovichli bo‘linmasi shtutseriga
o‘rnatiladi. Filtr-tindirgich yonilg‘i nasosiga yoki o‘zi alohida o‘rnatilishi mumkin.
Yuk avtomobillarida karburatorga yuborilayotgan yonilg‘i bak va nasos
oralig‘ida joylashgan filtr-tindirgich hamda nasos bilan karburator o‘rtasida
o‘rnatilgan mayin filtrdan ketma-ket o‘tadi.
Xavo filtri.
Xavo tarkibidagi chang silindrlarga kirishi natijasida dvigatel
detallari tez yeyiladi. Shuning uchun ta’minlash tarmog‘iga xavo filtri o‘rnatiladi.
U dvigatel silindrlariga kiradigan xavoni changdan tozalash uchun xizmat qiladi.
Avtomobil dvigatellarida inersion-moyli xavo filtri keng tarqalgan. Bunday
filtrlarda xavo inersiya kuchi bilan moy vannasiga o‘tadi va unda xavo changlari
tutilib qoladi, hamda qisman tozalangan xavo yana tozalovchi tarkibiy qismlardan
o‘tadi.
|
| |