|
Injektorli dvigatellarni gazsimon yonilg ‘iga o ‘tkazish ikki usulda Pdf ko'rish
|
bet | 146/216 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 19,16 Mb. | | #252024 |
Bog'liq O\'zbekiston respublikasiInjektorli dvigatellarni gazsimon yonilg ‘iga o ‘tkazish ikki usulda
amalga oshiriladi.
Birinchi usulda standart injektor dvigatelini gazballon
qurilmalar bilan jihozlab, uning gaz modifikatsiyasini yaratish. Bu holda dvigatelni
ham benzinda, ham gazda ishlash imkoniyati saqlanib qoladi. Shu bilan birga
benzinda dvigatel to‘la quvvatga erishsa, gazda esa quvvat biroz pasayadi. Ikkinchi
usulda injektor dvigateldan gazsimon yonilg‘ida to‘la quvvatga erishuvchi maxsus
gaz dvigateli yaratiladi. Bunday dvigatellar siqish darajasini yuqorilatganligi va
gaz aralashtirgich o‘rnatilishi tufayli samaradorlik ko‘rsatkichlari ancha
yaxshilanadi
253
16-mavzu: Yonuvchi aralashma hosil qiluvchi va ishlatilgan gazlarni
chiqaruvchi qurilmalarning tuzilishi, ishlashi.
Reja:
1.Yonuvchi aralashma hosil qiluvchi va ishlatilgan gazlarni chiqaruvchi
qurilmalarning tuzilishi.
2. Karbyuratorli dvigatellarda aralashma hosil qilish.
3. Yonuvchi aralashmaga qo‘yiladigan talablar
Ta’minlash tarmog‘i yonilg‘i bilan xavoni tozalash va ulardan kerakli
tarkibda yonilg‘i aralashmasi tayyorlab, silindirlarga kiritish hamda ishlatilgan
gazlarni tashqariga chiqarib yuborish uchun xizmat qiladi. Ta’minlash tarmog‘iga
kiruvchi asbob-uskunalarni to‘rt guruhga bo‘lish mumkin: 1) yonilg‘ini saqlash,
tozalash va undan yonilg‘i aralashmasi xosil qiluvchi asbobga yuborish qismlari –
yonilg‘i baki, yonilg‘i satxini ko‘rsatuvchi datchik, yonilg‘i filtri, yonilg‘i nasosi
va yonilg‘i o‘tkazuvchi naychalar; 2) xavoni tozalash va uni uzatish qurilmasi –
xavo filtri va xavo o‘tkazgich; 3) yonilg‘i va xavodan aralashma xosil qiluvchi
asbob– karburator; 4) yonilg‘i aralashmasini silindirlarga kirituvchi va ishlatilgan
gazlarni chiqarib, ularning tovushini pasaytiruvchi qismlar – kiritish va chiqarish
quvurlari hamda so‘ndirgich (glushitel).
Quyida karburatorli dvigatelning ta’minlash tarmog‘i asboblari joylashish
tizimining chizmasi ko‘rsatilgan.
Yonilg‘i benzobaki 12 dan naycha 9 orqali filtr 7 ga o‘tib, undan
benzonasos 6 yordamida bosim ostida naycha 5 ga va undan karburatorga
yuboriladi. Xavo tashqi muxitdan xavo filtri 1 orqali karburator 2 ga so‘riladi.
Karburatorda tuzitilgan va qisman bug‘langan benzin xavo bilan ko‘shilib, yonilg‘i
aralashmasini xosil qiladi. So‘ng yonilg‘i aralashmasi kiritish quvuri 3 orqali
silindrga so‘riladi, ishlatilgan gazlar esa chiqarish quvuri 4 va oraliq quvur 8 orqali
so‘ndirgich 10 ga kirib, quvur 11 dan tashqi muxitga chiqariladi. Benzobak 12 dagi
yonilg‘i satxi qalqovich 15 yordamida kabinaga o‘rnatilgan ko‘rsatkich 16 bilan
aniqlanadi. Benzobakning yonilg‘i quyish bo‘g‘izi 13 qopkog‘ 14 bilan jips qilib
berkitilgan. Keltirilgan sxemada yonilg‘i aralashmasi (benzin va xavo) silindr
tashqarisida
tayyorlanadi.
Yonilg‘i
aralashmasi
tayyorlash
jarayoni
karbyuratsiyalanish, uni asbobi karburator deyiladi.
|
| |