-mavzu: Sovitish suyuqligi




Download 19,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/216
Sana24.05.2024
Hajmi19,16 Mb.
#252024
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   216
Bog'liq
O\'zbekiston respublikasi

12-mavzu: Sovitish suyuqligi. 
Reja: 
1.Suyuqlik bilan sovutish tizimining umumiy tuzilishi,ishlashi tuzilishi. 
2.Antifriz tarkibi va turlari. 
3. Suyuqlik va havo bilan sovutish tizimining afzallik va kamchiliklari. 
Sovitish suyuqligi. Sovitish suyuqligi sifatida asosan suv ishlatiladi, chunki 
u issiqlikni o‘ziga tez oladi va o‘zidan tez tarqatadi, arzon va etarli miqdorda. 
Lekin sovitish tizimida qaynagan suvning quyqasi (nakip) cho‘kib, suv g‘ilofi 
devorlarida tuz qatlami hosil qiladi. Buning natijasida silindrlar blokining issiqlik 
o‘tkazish qobiliyati sustlashadi, suv g‘iloflarining devorlari zanglaydi. Qish faslida 
tizimdan to‘kilmagan suv muzlab, silindrlar blokini yorib yuborishi mumkin. 
Shuning uchun sovituvchi suyuqlik sifatida, yuqorida aytib o‘tilgan 
kamchiliklardan holi bo‘lish uchun antifriz suyuqligidan keng foydalanilmoqda. 
Antifrizning ikki xili ishlab chiqariladi: tarkibi 47% suv va 53% etilen glikol 
bo‘lgan antifriz M-40 (muzlash harorati - 400S). 34% suv va 66% etilen glikoldan 
tashkil topgan; antifriz M-65; (muzlash harorati 650S). Antifriz inson organizmi 
uchun zaharli hisoblanadi. Uning issiqlik sig‘imi suvnikiga nisbatan kam. Shuning 
uchun sovituvchi suyuqlik sifatida antifriz qo‘llanilganda tizimning issiqlik 
tarqatish qobiliyati suv bilan sovitilgandagiga nisbatan past bo‘ladi, natijada 
silindrlar devorining harorati 15...200S ga ortiqroq qiziydi. Antifriz qiziganda 
suvga nisbatan birmuncha ko‘proq kengayadi. Tizimda suyuqlik sifatida suv 
ishlatilganda yomg‘ir yoki oqar suvlaridan foydalanish tavsiya etiladi, chunki bu 
suvlar yumshoq xususiyatiga ega. Sovituvchi suyuqlik sifatida quduq, buloq yoki 
dengiz suvlaridan foydalanish tavsiya etilmaydi. Bunday suvlarni yumshatish 
uchun 30.40 daqiqa qaynatiladi va tizimga quyishdan avval besh-olti qavat 
dokadan o‘tkazib filtrlanadi. 


237 
Radiator blokda qizigan suyuqlikning issiqligini tashqi muhitga tarqatish 
uchun xizmat qiladi
U yuqorigi 6 va pastki
bakchalar, radiator o‘zagi 10 va 
radiator qopqoqidan 7 iborat. Suyuqlik radiatorga yuqorigi bakchaning bo‘g‘izidan 
8 quyiladi. Bo‘g‘iz qopqoq 7 bilan zich berkitilgan. Radiator o‘zaklarining turlari 
naycha-plastinkali yoki naycha-lentali bo‘lishi mumkin. Naycha-plastinkali 
bo‘lganda, naychalari gorizontal joylashtirilgan qator yupqa plastinkalar orasidan 
o‘tkazilib, uchlari yuqoriga 6 va pastki 3 bakchalarga kavsharlanadi. Naycha-
lentali bo‘lganda naychalari oralig‘iga, sovitish yuzasini oshirish maqsadida 
to‘lqinsimon shaklda ishlangan lentalar joylashtiriladi. Radiator o‘zagining ikkala 
turida ham qo‘llaniladigan naychalar asosan yassi oval kesimli bo‘ladi. Naychalar, 
radiator o‘zagida vertikal yoki gorizontal o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin. Ko‘pchilik 
avtomobillarda vertikal o‘rnatilgan bo‘lsa ayrim yengil avtomobillarda (Matiz va 
Neksiya avtomobillari) naychalari gorizontal joylashtirilgan (25-rasm). 
Suyuqlik nasosi. Sovitish tizimida suyuqlikning majburiy harakat- lanishi 
nasos yordamida amalga oshiriladi. Odatda past bosimli (40.100 kPa) markazdan 
qochma suyuqlik nasosi ishlatiladi. Suyuqlik nososining vali korpusga ikkita 
sharsimon podshipnik va yordamida o‘rnatilib, ular oralig‘ida vtulka 
joylashtiriladi. Podshipniklarga moy, moydon orali yuboriladi. Valning oldingi 
uchiga shponka yordamida gubchak o‘rnatiladi va unga ariqchali shkiv 
25-rasm.
Radiator va jalyuz: 
1 va 9 birlashtiruvchi shlanglar; 2-jo‘mrak; 3 va 6 - pastki va yuqorigi 
bakchalar; 7-radiator qopqoqi; 8-radiator bo‘izi; 10-radiator o‘zagi; 
11-yo‘naltiruvchi kojux. 


238 
biriktiriladi. Valning keyingi uchiga gubchagi metaldan ishlangan plastmassali 
parrak o‘tkazilib bolt yordamida qotiriladi. Parrakning valga o‘tkazilgan joyida 
siquvchi solnik o‘rnatilgan bo‘lib, uning aylanadigan tekstolit shaybasi prujina 
yordamida korpusning silliqlangan ishchi yuzasiga tiralib turadi. Siquvchi solnik, 
parrak joylashgan bo‘shliqdan podshipnik o‘rnatilgan korpus bo‘shlig‘iga 
suyuqlikni sizib o‘tishiga yo‘l qo‘ymaydi. Suv nasosi silindrlar blokining oldingi 
devoriga makamlangan bo‘lib, ponasimon tasma orqali tirsakli val shkividan 
harakatga keltiriladi.
Nasos vali aylanganda suyuqlik, siyraklanish ta’sirida, parrak markaziga 
suriladi. Shunda, parrak kurakchalari suyuqlikni markazdan qochma kuchlar 
ta’sirida korpusning chetki aylana bo‘shlig‘iga yo‘naltiradi. U yerda yig‘ilib 
qisilgan suyuqlik past bosim bilan xaydash patrubogi orqali silindrlar blokida 
(yoki kallagida) joylashgan suv taqsimlagichga yo‘naltiriladi. Dvigatel tirsakli 
valining aylanishlar chastotasi 3000 min
-
1ga
yetganda nasosning suyuqlikni 
haydashi 240l/min.ni tashkil etadi. Dvigatelning effektli sovitilishi uchun nasos 
yuritmasi tasmasining tarangligi me’yorida rostlangan bo‘lishi kerak. Buning 
uchun tasmaning tarangligini rostlovchi tuzilma nazarda tutiladi. Yengil avtomobil 
dvigatellarida parraklar ko‘pincha plastmassadan tayyorlanadi. 
Zamonaviy 
yengil 
avtomobillar 
dvigatellarida 
ko‘pincha 
elektr 
ventilatorlar qo‘llanilmokda. Bunday ventilatorlar, gidromuftali ventilatorlar kabi 
dvigatelning sovitish tizimida eng maqbul harorat rejimini avtomatik saqlaydi. 
Ventilatorning avtomatik ravishda harakatga kelishi yoki harakatdan to‘xtatishi, 
sovituvchi suyuqlikning haroratiga bog‘liq bo‘lib, radiator bakchasiga o‘rnatilgan 
datchikning signali bilan boshqariladi. Neksiya avtomobili dvigatelida elektr 
ventilator sovituvchi suyuqlikning haroratiga qarab ikki rejimda ishlashi nazarda 
tutilgan. Sovituvchi suyuqlikning harorati 900S dan ortganda radiator bakchasiga 
o‘rnatilgan yelektr datchigining signali bo‘yicha kichik aylanishlar chastotasida 
avtomatik ishga tushadi. Ventilatorning katta aylanishlar chastotasiga o‘tishi 
sovituvchi suyuqlikning harorati 1050S dan ortganda, dvigatelning elektron bloki 
boshqaruvida (YEBB) o‘rnatilgan rele yordamida avtomatik ravishda bo‘ladi. 
Termostat
- avtomatik klapan bo‘lib, sovuq dvigatelning yurgazil- ganda 
uning tez qizishiga imkon yaratish bilan radiatordan o‘tayotgan suyuqlik miqdorini 
rostlab sovitish tizimida optimal haroratni saqlashda xizmat qiladi. Avtomobil 
dvigatellarida 
suyuqlikli
va qattiq_to‘ldirgichli termostatlar qo‘llaniladi. Sovitish 
tizimidagi suyuqlikning harorati ma’lum darajaga (70...80°S) ko‘tarilganda 
ballondagi aralashmaning bug‘lanishi natijasida undagi bosim ortib qobirg‘ali 
silindr bo‘yiga uzayadi va termostat klapani qisman ko‘tarilib, suyuqlikning 


239 
ma’lum miqdori radiatorga, ma’lum miqdori esa suyuqlik nasosiga o‘ta boshlaydi. 
Keyinchalik suyuqlikning harorati 90...950S ga yetishi bilan klapan to‘la ochiladi, 
suyuqlik asosan radiatorga yuboriladi. Bunday termostatlardan sovitish 
suyuqligining orticha bosimi katta bo‘lgan yopiq tizimli dvigatellarda 
foydalanilmaydi. Bunday termostatlarning balloni yupqa devorli bo‘lgani uchun 
sovitish tizimidagi ortiqcha bosimga sezgirligi yuqori bo‘ladi. Bunday xol 
termostatning aniqlik bilan ishlashiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Qattiq to‘ldirgichli termostatlar
suyuqlikli termostatlarga nisbatan yetarli 
mexanik mustakamlikka ega bo‘lgani uchun ular tizimdagi suyuqlik bosimining 
o‘zgarishidan qat’i nazar ishlashi barqaror bo‘ladi. 
Shu sababli hozirgi vaqtda dvigatellarda ko‘pincha qattiq elementli 
termostatlar qo‘llanilmoda. Bunday termostat qalin devorli ballonga ega bo‘lib 
ichiga, kengayish hajmi katta bo‘lgan serezin (neftyannoy vosk) aralashtirilgan 
mis kukuni to‘ldiriladi. Sovituvchi suyuqlik harorati (70±20S) dan oshgach, 
ballondagi qattiq aralashma eriy boshlaydi va uning hajmi kengayib, diafragma 
shtokni ko‘tarib, klapanni ochadi, natijada suyuqlikning ma’lum qismi radiator 
tomon yo‘naladi. Harorat (83±20S) ga yetganda klapan to‘la ochiladi va radiator 
orqali o‘tadigan suyuqlikning miqdori yanada ko‘payadi. Suyuqlik harorati 
pasayib ballon ichidagi element xajmi qisqarsa klapan qaytargich prujina ta’sirida 
yopiladi. Natijada sovituvchi suyuqlik yana suv nasosiga o‘tib, kichik doira 
bo‘yicha aylana boshlaydi. Ba’zida (Tiko, Damas avtomobillari dvigatellari) 
termostat ballonida qattiq to‘ldirgich sifatida qirrali parafin donalaridan (granula) 
foydalanilgan. 


240 

Download 19,16 Mb.
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   216




Download 19,16 Mb.
Pdf ko'rish