11-mavzu: Sovitish tizimining vazifasi.
Reja:
1.Sovitish tizimi haqida umumiy ma’lumot.
2.Suyuqlik bilan ishlaydigan sovitish tizimining asosiy qismlari.
3.Havo bilan sovitish tizimi
Sovitish tizimi kuchli qizigan detallardan issiqlikning tarqatilishini bir
me’yorda saqlab dvigatelning optimal issiqlik rejimini saqlash uchun xizmat
qiladi.
Dvigatelda issiqlikni majburan tashqi muhitga tarqatish
suyuqlik
(suyuqlik
bilan sovishi tizimi) yoki
havo
(havo bilan sovitish tizimi) bilan amalga oshirilishi
mumkin. Avtomobil dvigatelda asosan qo‘llaniladigan suyuqlik bilan sovitish
tizimi havo bilan sovitish tizimiga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega:
■
qo‘llaniladigan suyuqlikni qaynash harorati 370...380
0
K (100...110°S)
bo‘lganligi sababli dvigatelning detallari qattiq qizib ketmaydi;
■
sovituvchi suyuqlik dvigateldan ishi nisbatan shovqinsiz bo‘ladi;
■
tashqi muhitning harorat sharoiti past bo‘lganda dvigatelni yurgazish
nisbatan oson bo‘ladi va qizishi tezlashadi;
■
bu turdagi dvigatelning sovitish tizimi qoburg‘alarining bo‘l- maganligi
sababli u ixcham bo‘ladi.
Havo bilan sovitish tizmining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilar:
■
tizimda suyuqlik nasosi, radiator, suyuqlik kanallari, termostat yo‘qligi
sababli u bir muncha yengil va oddiy ishlangan;
■
dvigatelda suv g‘ilofi bo‘lmaganligi sababli u muzlab qolmaydi.
Suyuqlik bilan sovitish tizimi.
Dvigatelning slindrlari atrofida,
shuningdek, kallagi ichida bo‘shliqlar (sovitish g‘iloflari) bo‘lib, ular sovituvchi
suyuqlik bilan to‘ldiriladi. Sovitish g‘iloflari patruboklar va qizigan suyuqlikni
sovitib beradigan radiator 4 bilan ulanadi. Suyuqlik sovitish tizimiga radiatorning
yuqorigi bo‘g‘izidan quyiladi, so‘ngra bo‘g‘iz qopqoq bilan zich berkitiladi.
Qopqoqda klapanlar bo‘lib, sovitish tizimining ichki bo‘shlig‘i ular orqali
atmosfera bilan bog‘lanadi. Bunday sovitish tizimini
yopiq sovitish
tizimi deyiladi.
Yopiq sovitish tizimidagi bosim atmosfera bosimiga nisbatan
45..
.100kPa ga ortiq bo‘ladi. Suyuqlik bunday bosimda uning harorati
taxminan 109.120
0
ga yetmaguncha u qaynamaydi (24-rasm).
Tizimdagi bosim me’yoridan ortib, klapan ochilganda, ortiqcha bu naycha
orqali tashqariga chiqariladi. Yopiq sovitish tizimi ochiq sovutish tizimiga, ya’ni
tizim to‘g‘ridan-to‘g‘ri atmosfera bilan bog‘lanib turadiganiga, nisbatan
birmuncha ixcham bo‘ladi va suyuqlikning bexuda sarflanishi oldi olinadi.
Tizimda suyuqlikning majburiy harakatlanishi nasos 5 yordamida amalga
234
a) kichik doira bo‘yicha
b) katta doira bo‘yicha
24-rasm.
Suyuqlik bilan sovitish tizimining sxemasi:
1-radiator; 2-sovutish suyuqligining quvuri; 3-ta’minlovchi bachok;
4-termostat; 5-suyuqlik nasosi; 6-silindrlar blokining suyuqlik
kuvurchalari; 7-silindrlar bloki kallagining suyuqlik kuvurchalari; 8-
isitish radiatori elektroventilatori bilan; 9-radiatorning isitish tizimi
jumragi; 10-silindrlar blokidagi suyuqlikni chiqaruvchi jumrak; 11-
sovutish suyuqligini radiatorning to‘kish jumragi; 12-ventilator.
oshiriladi. Suyuqlik nasosi 5 o‘zining shkivi orqali dvigatel tirsakli valining
shkividan harakatga keltiriladi. Suyuqlik blok va kallagi sovitish g‘iloflarining
qizigan devorlari ta’sirida qiziydi va patrubok orqali radiatorning yuqorigi
bachogiga o‘tadi. Suyuqlik havo oqimi bilan shamollatilayotgan radiator
naychalarida sovitiladi va radiatorning pastki bachogiga oqib tushadi. Radiator
orqali o‘tadigan havo oqimining vujudga kelishi ventilatordan va avtomobilning
harakatida uning oldidan bo‘ladigan qarshi havo bosimining oqimidan paydo
bo‘ladi.
Shu tarzda, tizimda sovituvchi suyuqlik uzliksiz ravishda harakatlanadi. Silindrlar
bloki g‘ilofining pastki va yuqorigi qismida suyuqlikning o‘zaro harakatlanishi
235
termosifon, ya’ni issiq va sovuq suyuqliklar zichligining farqi tufayli tabiiy
ravishda bo‘ladi. Tizimdagi suyuqlik haroratini bilish uchun silindrlar kallagiga
datchik o‘rnatilgan va unga termometr ulangan. Dvigatelning normal issiqlik
rejimida ishlashi uchun slindrlar kallagi g‘ilofidagi sovituvchi suyuqlikning
harorati 80...1000S bo‘lishi kerak. Dvigatelni tez qizdirish uchun, ayniqsa uni
birinchi yurgazilganda, sovitish tizimiga termostat 2 o‘rnatiladi. Dvigatel
yurgazilganda g‘ilofdagi sovituvchi suyuqlikning harorati past bo‘lganligi sababli
termostat klapani yopiq bo‘lib, g‘ilofdagi suyuqlik o‘tkazuvchi kanal orqali
nasosga qaytadi.
Bunda suyuqlik kichik doira bo‘yicha aylanishi, ya’ni radiatorga
bormaganligi sababli u tez qiziydi, natijada dvigatelning qizishi ancha tezlashadi.
Suyuqlik harorati 80...850S dan ortganda termostat klapani ochila boshlaydi,
shunda suyuqlikning ma’lum miqdori radiatorga, ma’lum miqdori esa suv
nasosiga o‘ta boshlaydi. Keyinchalik suyuqlikning harorati 85-950S larga
borganda termostat klapani to‘liq ochiladi, shunda suyuqlik asosan radiatorga
yuboriladi. Shu tarzda, dvigatelning harorat rejimi ma’lum oralida avtomatik
rostlanib turadi. Dvigatelning optimal harorat rejimini saqlash, asosan radiatordan
o‘tayotgan havo oqimining jadalligini (intensivnost) o‘zgartirish bilan erishiladi.
Jalyuza yordamida radiatordan o‘tayotgan havo miqdorini, shu bilan birga
sovitishni jadallashtirilishini (intensivnost) rostlab turiladi. Havo oqimining
radiatordan o‘tish tezligini, ventilator 6 yana ham oshiradi.
Ba’zida ventilator, dvigatelning harorat rejimi me’yoridan ortgandagina
ishga tushadigan qilib ishlanadi. Ayrim dvigatellarda esa ventilatorning aylanishlar
chastotasi sovituvchi suyuqlikning haroratiga qarab avtomatik ravishda o‘zgarib
turadi. Suyuqlik, sovitish tizimiga radiatorning yuqorigi bo‘g‘izidan quyiladi,
so‘ngra bo‘g‘iz qopqoq bilan zich berkitiladi Ba’zi avtomobil dvigatellarida
suyuqlik sovitish tizimiga kengayish bakchasi orqali quyiladi. Tizimni
suyuqlikdan bo‘shatish uchun radiatorning pastki bakchasiga jo‘mrak 5
o‘rnatilgan.
|