9-mavzu:
Mexanizm qismlarini tuzilishi. Klapanlar, pastda va
yuqorida joylashgan mexanizm qismlari va o‘zaro ta’sirlanishi.
Reja:
1.
Gaz taqsimlash mexanizmining umumiy tuzilishi.
2.
Klapanlari yuqorida joylashgan gaz taqsimlash vali.
3.
Klapanlar pastda joylashgan mexanizm qismlari va o‘zaro
ta’sirlanishi.
Gaz taqsimlash mexanizmi havoni (dizel dvigatellarida) yoki yoqilg‘i
aralashmasini (karbyuratoroli dvigatellarda) dvigatel silindrlariga belgilangan
tartib bo‘yicha taqsimlab berish va silindrdagi ishlangan gazlarni atmosferaga
chiqarib yuborish uchun xizmat qiladi. To‘rt taktli dvigatellarda bajariladigan har
bir takt (so‘rish, siqish, ish bajarish, chiqarish) bir-birini ketma-ket takrorlab
boradi. To‘rt taktli dvigatel-larda silindrga havoni yoki yoqilg‘i aralashmasini
so‘rish va ishlangan gazlarni atmosferaga chiqarib yuborish gaz taqsimlash
mexanizmiga kiruvchi so‘rish va chiqarish klapanlari orqali amalga oshiriladi. Ikki
taktli dvigatellarda esa bu jarayon krivoship shatun mexanizmi orqali yoki aralash
gaz taqsimlash sistemasi yordamida amalga oshiriladi.
1. Gaz taqsimlash mexanizmining umumiy tuzilishi.
Hozirgi paytda dvigatellarda gaz taqsimlash mexanizmi si-
fatida asosan klapanli mexanizmdan keng foydalaniladi.
Gaz taksimlash mexanizmi dvigatel klapanlarining joylanishiga qarab quyi
klapanli (GAZ-52, ZIL-157 avtomobillari dvigatellari) hamda yuqori klapanli
(MZZ-53, ZIL-130, A-01 va xokazo dvigatelari) bo‘ladi.
Quyi klapanli dvigatelarda klapanlar blok-karterda joylashtirilgan bo‘lib,
taqsimlash valdan klapanga beriladigan harakat yo‘li qisqa va ixcham bo‘ladi.
Bunda silindrlar kallagining qalinligi kam bo‘lib, natijada umuman dvigatelning
balandligi ancha past va ixcham bo‘ladi.
Shu bilan birga silindr kallagidagi yonish kamerasi porshen usti bo‘shlig‘i
va klapanlar usti bo‘shlig‘idan iborat bo‘lganligidan, yonish kamerasining razmeri
cho‘zinchoq shaklda bo‘ladi. Yonish kamerasining bunday cho‘zinchoqligi,
kameradagi yoqilg‘i aralashasining tez yonib ulgurishiga to‘sqinlik qiladi.
Yoqilg‘ining to‘la yonish jarayoni yomon bo‘lganligidan, yuqori aylanish tezligiga
ega bo‘lgan, siqish darajasi katta bo‘lgan dvigatellarni konstruktsiyalash bilan
uning quvvatini oshirish imkoniyati kam bo‘ladi. Bundan tashqari klapanlar va
uning
boshqa
mexanizmlari
aynan
dvigatel
blok-karetrining
ichida
joylashganligidan, unda klapan zazorini rostlash ancha qiyinlashadi. Shuning
uchun hozirgi paytda karbyuratorli dvigatellarda ham aksariyat yuqori klapanli gaz
taqsimlash mexanizmidan foydalanib kelinmoqda.
Yuqori klapanli dvigatelarda esa (34-rasm, b,v) klapanlar silindrlar
kallagida joylashgan bo‘ladi. Bu holda taqsimlash valdan klapanga beriladigan
harakat yo‘li murakkabroq bo‘lib, bu bir qancha detallar orqali o‘tib keladi.
225
Natijada mexanizmning inertsion kuchlanishi katta bo‘lib, bu o‘z navbatida shu
detallarning tezroq yemirilishiga olib keladi.
Yuqori klapanli dvigatellarda yonish kamerasining formasi yaxshilanadi,
qisish darajasini yuqori qilish imkoniyati tug‘iladi, hamda silindrlarni yoqilg‘i
aralashmasi bilan to‘ldirish ancha yaxshilanadi. Bu bilan dvigatel quvvatining
oshirilishiga hamda uning tejamli bo‘lishiga erishiladi.
Hozirgi vaqtda dvigatellarda asosan ikki klapanli mexanizmlari keng
qo‘llanilib kelinmoqda. Bunda har bir silindrga ikkita (bitta so‘ruvchi, bitta
chiqaruvchi) klapan ishlatiladi. Katta razmerdagi dvigatellardan yonish
mahsulotining silindrni tezroq to‘ldirish uchun klapanlar va mexanizmning boshqa
detallari razmerlarini ancha kattalashtirishga to‘g‘ri keladi. Bunday holda gaz
taqsimlash mexanizmi detallarning inertsion yuklanishi (bu ayniqsa aylanish tezligi
katta bo‘lgan dvigatellarda) juda katta bo‘ladi. Shuning uchun katta razmerli
dvigatellarda ikki klapan o‘rniga to‘rt klapanli mexanizmlardan keng
foydalanilmoqda. Bu esa klapandagi inertsion kuchlanishni kamaytiradi,
mexanizm detallarining ishlash muddati keskin oshirilishiga va natijada,
dvigatelning ish muddatini oshirishga olib keladi.
Quyi klapanli dvigatelarda klapanga harakat quyidagicha olib boriladi:
taqsimlagich val aylanish natijasida undagi kulachok klapan turtkichni va
u orqali klapanni yuqoriga ko‘taradi va silindrning yonish kamerasini so‘rish
kamera bilan ulaydi. Kulachok aylanib, klapan tarelkasi ostidan o‘tib ketishi bilan
klapanning uchidagi suxariklar, tarelka bilan mahkamlangan prujina yordamida
klapan yopiladi. Klapan blok-karterga presslab o‘rnatilgan yo‘naltiruvchi vtulkada
harakatlanadi. Klapanning tarelkasi blok-karterga presslab mahkalangan klapan
egariga jips holda yopishib turadi. Klapan bilan turtkich orasidagi zazor so‘riluvchi
bolt 7 bilan sozlanadi va uning ochilib ketmasligi uchun kontrogayka 8 bilan
qotirilib quyiladi.
Yuqori klapanli dvigatellarda klapancha beriladigan harakat birmuncha
boshqacharoq:
Taksimlagich
valning
kulachogi
blok-karterga
erkin
harakatlanuvchi turtkichni, unga tiralib turgan shtangani yuqoriga ko‘taradi.
Shtanga o‘z navbatida koromisloni o‘z o‘qi atrofida ma’lum burchakka buradi.
Koromisloning ikkinchi uchi esa klapan 2 ni pastga qarab suradi va klapan
ochiladi. So‘rish kamerasi bo‘shlig‘i proshen ustidagi yonish kamerasi bilan
tutashadi. Klapanning qayta yopilishi, unga suxarik , tarelka yordamida
mahkamlangan prujina kuchi bilan amalga oshiriladi. Silindr kallagiga presslab
o‘rnatilgan klapan egari klapan tarelkasi bilan jisplashib turadi. Klapan silindr
kallagiga presslab o‘rnatilgan yo‘naltiruvchi vtulkada harakatlanadi. Ko‘pchilik
dvigatellarda so‘rish va yonish kamerasidagi gazlar klapan bilan, yo‘naltiruvchi
vtulka oralig‘idagi zazor orqali tashkariga chiqishining yoki yuqoridagi moy
zarrachalarining shu zazor orqali yonish kamerasiga surilishining oldini olish
maqsadida, klapanning uch qismiga rezinadan yasalgan moy qaytargich o‘rnatiladi.
Klapan bilan koromislo uchidagi zazor koromisloga buralgan vint yordamida
suriladi va u ochilib ketmasligi uchun kontrogayka bilan qotiriladi.
226
Ayrim dvigatellarda (VAZ "Jiguli", "Moskvich",- 2140, 3D-6, 3D-12)
kulachokli val silindrlar kallagi ustiga joylashtirilgan bo‘lib, unda kulachokdan
berilgan xarakat juda qisqa va ixcham yo‘l bilan olib boriladi
Bu yerda xam yuqorida ta’kidlangan detallar mavjud. Buning yana bir
afzallik tomoni shundaki, klapan bilan koromislo orasidagi zazor oldingi
ko‘rilganlaridagiga nisbatan ancha kichik bo‘lib, bunda ochilib yopilishdagi
urinishlar va xar xil tovushlar kamroq bo‘ladi.
Yuqorida ko‘rsatilgan usullarda kulachokdan klapangacha bo‘lgan yo‘l
uzoq va bu oradagi detallar soni ko‘p bo‘lganligidan issiqlikdan kengayish xam
ko‘proq bo‘ladi. Shuning uchun ham dvigatel qizaboshlagandan keyin issiqlikdan
cho‘zilishi natijasida zazor qolmay, klapan o‘zining egariga o‘tirib bilmasdan
qolishi mumkin. Bu hol yonish jarayonini keskin yomonlashtiradi, dvigatelning
ishlashi buziladi va quvvatining keskin kamayishiga olib keladi. Shuning uchun
ham klapan zazorini dvigatelning pasport ko‘rsatkichlarida ko‘rsatilgan oraliqda
aniq qo‘yish tavsiya etiladi.
GAZ-3102 "Volga" avtomobilida forkamerli-alangalanib yonuvchi
karbyuratorli dvigatel o‘rnatilgan. Shu sababli unda klapanlar soni va unga
beriladigan harakat mexanizmi birmuncha o‘zgarganю
Hozirgi zamon avtomobil va traktor dvigatellarida gaz taqsimlash
mexanizmi klapanlarni boshqarish bo‘yicha quyi taqsimlash vali va yuqori
taqsimlash valli dvigatellarga bo‘linadi.
Quyi taqsimlash valli dvigatellarda taqsimlash valning bunday joylashuvchi
konstruktiv jixatdan oddiy hamda valga kuch uzatish sistemasi ixchamligi bilan
ajralib turadi. Bu xildagi dvigatellarni konstruktsiyalashda klapanga kuch uzatish
mexanizmlarining umummiy massini kamaytirish hamda bu bilan ularning
inertsion yuklanishlarini qisqartirish maqsadida taqsimlash valini iloji boricha
klapanlarga, yakinroq joylashtiriladi (GAZ-21, ZMZ-53, ZIL-130, A-01
dvigatelarida). Bu erda gaz taqsimlash valiga harakat tirsakli valdan bitta oraliq
shesternya orqali uzatiladi.
Aylanish tezligi katta bo‘lgan karbyuratorli dvigatelarda, hamda to‘rt
klapanli dizel dvigatellarida yuqori taqsimlash valli konstruktsiyalar afzal deb
hisoblanmoqda (VAZ, ZD6, ZD-12 dvigatellari), yuqori taqsimlash valli
dvigatellarda klapanga kuch uzatish mexanizmi massasining keskin kamayishi
uning mustahkamligiga hamda ishlash muddatining keskin oshirilishiga olib
keladi. Bundan tashqari so‘ruvchi va chiqaruvchi kanallarning formalari
yaxshilanishi bilan, silindrning aralashma bilan to‘ldirilishi xam ancha
yaxshilanadi.
Taqsimlash valiga harakat tirsakli valdan shesternyali oraliq vallar orkali
(3-6, 3D-12 dvigatellarida) yoki zanjirli, tishli tasmali (VAZ, MZMA
dvigatellarida)
mexanizmlar
orqali
uzatiladi.
Hozirgi
paytda
ko‘proq
ishlatilayotgan va afzal deb hisoblangan kuch uzatish sistemalaridan biri sintetik
tishli tasmalardir.
|