|
Tirsakli val va o‘zak podshipniklar Pdf ko'rish
|
bet | 134/216 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 19,16 Mb. | | #252024 |
Bog'liq O\'zbekiston respublikasiTirsakli val va o‘zak podshipniklar.
Tirsakli val porshen orqali
shatundanberilayotgan kuchni qabul qilib aylanma harakat qiladi. Tirsakli val
quyidagi asosiy qismlardan tashkil topgan (2-rasm, v): tayanch vazifasini
bajaruvchi o‘zak bo‘yinlar, shatunning pastki kallagi birikadigan shatun bo‘yinlar,
o‘zak va shatun bo‘yinlarni birlashtiruvchi jag‘lar, tirsakli valning posongilari,
maxovik o‘rnatish uchun flanes.
Tirsakli valni bolg‘alash (kovannыy) usuli bilan legirlangan po‘latdan
tayyorlanadi. Ayrim dvigatellarda (GAZ-53A, GAZ-24 VAZ avtomobillari )
maxsus yuqori sifatli cho‘yandan quyiladi. Bo‘yinlariga termik ishlov
beriladi,keyin jilvirlanadi va sayqal beriladi.
Maxovik.
Maxovik dvigatelning ishlashi jarayonida tirsakli valning bir
tekis aylanishini ta’minlaydi. Ish yo‘li taktida maxovik energiya yig‘ib qo‘shimcha
taktlarni bajarilishida va porshenni, chekka nuqtalardan o‘tishida tirsakli valni
aylanishiga yordam beradi. Yig‘ilgan energiya xisobiga dvigatelni o‘t olishini
osonlashtiradi va avtomobilni o‘rnidan qo‘zg‘alishini yengillashtiradi. Maxovikka
dvigatelni starter bilan o‘t oldirish uchun tishli gardish tig‘izlab o‘rnatilgan.
Maxovik tirsakli val bilan birgalikda nixoyatda yaxshi (tщatelno)
muvozanatlashtiriladi.
Dvigatelni ramaga maxkamlash
. Dvigatel o‘ziga o‘rnatilgan barcha
asbob-uskunalar bilan ramaga puxta va shu bilan birga avtomobil tebranganda
uning kronshteynlariga zo‘riqish kelmasligi uchun elastik ravishda biriktiriladi.
Avtomobil dvigatellari ramaga uch, (barcha yengil va ZIL-130, MAZ-500
avtomobil dvigatellari) to‘rt (GAZ-53 A) va besh (KamAZ) joydan maxkamlanadi.
Maxkamlanadigan joylarida rezina yostiqchalar o‘rnatilgan.
Tayanch iboralar:
silindrlar bloki, silindrlar blokining kallagi, blok
karteri, krivoship, porshen, gilza, silindr, porshen xalqasi, porshen barmog‘i,
shatun, tirsakli val, o‘zak bo‘yin, shatun bo‘yin, vkladish, porshen yubkasi,
maxovik, kompression xalqa, moysidirgich, qo‘sh tavr, radial, elastik, legirli .
|
| |