|
-mavzu: Krivoship-shatun mexanizmi tuzilishi Pdf ko'rish
|
bet | 131/216 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 19,16 Mb. | | #252024 |
Bog'liq O\'zbekiston respublikasi7-mavzu: Krivoship-shatun mexanizmi tuzilishi.
Reja:
1.Maxovik, shatunni tuzilishi va ishlashi.
2. Slindrlar, tirsakli valni tuzilishi va ishlashi.
3.Porshen, porshen halqalari va barmog‘ini tuzilishi va ishlashi
Krivoship-shatunli mexanizm porshenning ilgarilama-qaytma harakatini
tirsaklivalning aylanma harakatiga o‘zgartirib beradi.
Krivoship-shatunli mexanizm quyidagi detallardan tashkil topgan:
Silindrlar bloki, silindrlar blokining golovkasi, silindr gilzalari, porshen va porshen
xalqalari, porshen barmoqlari, shatunlar, tirsakli val va uning podshipniklari
(vkladishlari), maxovik va dvigatel karteri.
Silindrlar bloki.
Dvigatelda ish siklining barcha jarayonlari silindr ichida
sodir bo‘ladi. Silindrlar bloki dvigatelning asosiy bazis detali bo‘lib u tuzilish
jihatidan nisbatan murakkab xisoblanadi. Shuning uchun silindrlar blokini
tayyorlash nisbatan qimmatga tushadi. Silindrlar blokini ishlash muddatini oshirish
maqsadida yuk avtomobili va ayrim yengil avtomobili dvigatellarida uni gilzali
qilib tayyorlanadi (1-rasm). Silindr yuzalari, yeyilish natijasida, yaroqsiz holatga
kelsa gilzalarni 2 almashtirish bilan silindrlar blokini 3 qaytadan tiklanadi. Ba’zi
dvigatellarda (GAZ – 24, GAZ – 53 A, ZIL – 130) silindrlar gilzasining ichki
yuqori qismiga yupka devorli kalta gilza 1 tigizlab (presslab) o‘rnatiladi. Bunday
gilzalar yeyilishga chidamli, zanglamaydigan legirli (xrom, nikel, molibden, mis)
cho‘yandan tayyorlanadi.
ZiL, MAZ, KamAZ avtomobillari dvigatellarining silindrlar bloki oddiy
cho‘yandan, VAZ, TIKO, Damas, Neksiya (oldingi modeli S1) avtomobillari
dvigatellarida gilzasiz bloklar (1-rasm, b) qo‘llanilgan bo‘lib ular yuqori sifatli
legirlangan cho‘yandan tayyorlangan. GAZ-3102, GAZ-53A, Neksiya (keyingi
modeli S2) avtomobillari dvigatelida aluminiyli kotishmadan tayyorlangan
silindrlar bloki qo‘llanilib, ularga sifatli cho‘yan gilza o‘rnatilgan.
Silindrlar bloki golovkasi.
Deyarli barcha karburatorli, injektorli
dvigatellarda silindrlar bloki golovkasi aluminiyli qotishmadan tayyorlanadi.
Bunday golovkalar yengil va issiqlikni yaxshi o‘tkazuvchan bo‘ladi. Bunday
xususiyat dvigatelning siqish darajasini, quvvatini yonilg‘i tejamligini oshirish
imkoniyatini beradi. Dizel dvigatellarida silindrlar bloki golovkasi legirlangan
cho‘yandan tayyorlanadi. Silindrlar golovkasining ichki qismi kavaksimon bo‘lib,
sovituvchi suyuqlik uchun suv g‘ilofi xisoblanadi. Sovituvchi suyuqlik suv
g‘ilofida aylanib turishi kerak. Shuning uchun silindrlar golovkasini silindrlar bloki
bilan zich tutashtirish maqsadida ular orasiga po‘lat asbestli qistirma (prokladki)
qo‘yiladi va shpilka bilan maxkamlanadi.
|
| |