|
Pedagogik innovatsiyalar, professional Pdf ko'rish
|
bet | 127/216 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 19,16 Mb. | | #252024 |
Bog'liq O\'zbekiston respublikasiSilindrlar kallagi.
Silindrlar kallagi silindrlarning ustki kesimini qopqoq sifatida yopgan holda,
porshen bilan kallak devorlari orasida yonish kamerasini hosil qiladi.
Silindrlar kallagi bir qator silindrlarga bir bo‘lak, ikki yoki uch silindrga bittadan
yoki har bir silindrga bittadan qilib yasaladi. Odatda klapanlar silindr kallagiga
joylashtirilgan bo‘lib, buni yuqori klapanli dvigatellar deb yuritiladi. Ba’zi bir
dvigatellarda klapanlar blok karterning o‘ziga o‘rnatilgan bo‘lib, bunda silindrlar
kallagi juda oddiy qilib yasaladi. Klapanlarning bunday joylashuviga quyi klapanli
dvigatellar deb yurgiziladi.
Xozirgi paytda yukori klapanli dvigatellar keng kullanilmokda. Bunday
dvigatellarda silindrlar kallagiga, yonish kamerasi tuzilishining har xil bo‘lishiga
qarab, silindrning havo yoki yoqilg‘i havo aralashmasi bilan to‘ldirilishi, yoqilg‘i
bilan havoning yaxshi aralashishi va yonish jarayonining tezlashishi xam turlicha
bo‘ladi.
209
13 - rasmda karbyuratorli va dizel dvigatellarida ishlatiladigan yonish
kameralarining tuzilishi ko‘rsatilgan. Yonish kamerasining formasi yoqilg‘i
aralashmasining yaxshiroq aralashishiga va yoqig‘i aralashmasining to‘laroq yonib
ulgurishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Yarim sferali va ponasimon
13- rasm.
Dvigatel yonish kameralarining shakllari:
a—siljitilgan; b—ponasimon; d— ajratilgan; e—ajratilmagan; 7—svechalar
(sham)ning joylashish o‘rni; 2— forsunka; 3— qo‘shimcha (uyurma) kamera; , 4—
asosiy kamera.
Yonish kameralari asosan karbyuratorli dvigatellarda ishlatilib kelinmoqda.
Quyi klapanli dvigatellarda G-simon yoki aralash yonish kamerasi ko‘prik
qo‘llaniladi (IV). Dizel dvigatellarida yoqilg‘ining havo kamerasi to‘laroq
aralashishini yaxshilash maqsadida ajratilmagan a ajratilgan ( VII va VIII) yonish
kameralari ishlatiladi. Ajratilgan yonish kamerasi asosiy yonish kamera 7 va
yordamchi yonish kameralar 6, 8 lardan tashkil topgan. Bunda ajratilgan yonish
kamera, kamera oldi 6 va vixrevoy 8 yonish kamerasi shaklida bo‘lishi mumkin.
Silindrlar kallagi karbyuratorli dvigatellarda asosan alyumin qotishmasidan
yasaladi. Ko‘pchilik dizel dvigatellarda esa u cho‘yandan yasaladi. Hozirgi paytda
metallshunoslikda progressiv ximiyaviy-fizikaviy ishlov berish metodlarining keng
qo‘llanilishi tufayli dizel divgatellarida ham alyumin qotishmasidan qilingan
kallaglarni ishlatish yaxshi natijalar berayotir. Bunda suyuqlik bilan sovutish
sistemasining kallak devorlaridagi, hamda klapanlar tarelkasi va klapan
egarlaridagi issiqlikni tezroq normallashtirish mashinasozlikda juda muhim
axamiyat kasb etadi.
Yoqilg‘i maxsulotlarini silindrga kiritish va ishlangan gazlarni chiqarish
uchun har bir silindrga bitta kirituvchi va bitta chiqaruvchi klapan quyiladi.
Silindrga yonilg‘i maxsulotlarini tez va to‘la kiritishni yaxshiroq ta’minlash
maqsadida ayrim dvigatellarda (D-6, D-12 dvigatellari) har bir silindrga to‘rtta
klapan o‘rnatiladi.
Silindrlar kallagi blok karterga kuch shpilkalari yordamida mahkamlanadi.
Blok bilan silindr kallagi orasidagi zichlikni yaxshilash maqsadida ularning orasiga
azbes-metalli qistirma o‘rnatiladi. Silindrlar kallagini blokga mahkamlashda bolt
va gaykalarni ma’lum bir tartib bilan dinamometrli kalit yordamida qotiriladi.
Dizellarda cho‘yan kallaklarni dvigatel issiq paytida qotirilishi, alyumin kallaklarni
esa dvigatel sovuq paytda qotirish tavsiya etiladi.
|
| |