a) stakan ko‘rinishi; b) ko‘ndalangkesimi. 1-silindrlar kallagi; 2-silindr; 3-porshen; 4-porshen halqalari; 5-porshen barmog‘i;
6-shatun; 7-tirsakli val; 8-moxovik; 9-posangi; 10-taqsimlash vali;
11-
taqsimlash valining turtkisi; 12-koromislo; 13-klapan; 14-o‘t
oldirish shami.
Silindrlar blokinng kallagi silindrlarning tepasini yopadigan qopqoq
hisoblanadi. Zich yopilishini ta’minlash uchun ularning yuzalariga tekis ishlov
beriladi. Silindrlar blokining kallagi murakkab konstruksiyaga ega bo‘lib, porshen
YUCHN ga yetganda uning tepasida yonish kamerasi hosil bo‘ladi . Yonish
kamerasining shakli, klapanlarning joylashuvi va soni, sovitish tizimining turi,
shuningdek silindrlar kallagiga yondirish o‘t oldirish shamini yoki forsunkani
o‘rnatilishiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun yonish jarayonining effektivligini
oshirish maqsadida yonish kamerasi turli shaklda ishlanadi. Deyarli barcha
benzinli dvigatellarning silindrlar kallagi yaxlit holda quyib tayyorlanadi.
Porshenlar. Silindrda sodir bo‘la- digan ish siklining barcha jarayonlari
porshen vositasida bajariladi. Ish sharoitida, ayniqsa siqish va ish yo‘li taktlarida
yuqori bosimga va harorata ega bo‘lgan gazlar ta’sirida porshen qiziydi va
yediriladi, bundan tashqari, unda massasidan uzluksiz o‘zgaruv- chan inersiya
kuchlari vujudga keladi .
Porshen xalqalari yuqori harorat va bosimga ega bo‘lgan gazlar,
shuningdek o‘zgaruvchan qiymatga ega bo‘lgan inersiya kuchlari ta’sir etadigan
og‘ir ish sharoitida ishlaydi. Porshen xalqalari ko‘pincha maxsus cho‘yandan,
ayrim xollarda po‘latdan ham tayyorlanadi. Porshen halqalari vazifasiga ko‘ra
kompression va moy sidirgich bo‘ladi. Kompression halqalar silindr va porshen
9-rasm. Dvigatelning harakatsiz detallari.
203
oraliqlarini zichlashtiradi hamda silindrda hosil bo‘lgan gaz bosimini karterga
o‘tishidan salaydi .
Moy sidirgich xalqalar silindr devoridagi ortiqcha moylarni sidirib ularni
yonish kamerasiga o‘tishini cheklab turadi.
Porshen barmog‘i porshenni shatun bilan sharnirli holda tutashtirish
vazifasini bajaradi. Ish taktida barmoq gazlarning bosim kuchini porshendan
shatunga, yordamchi taktlarda esa (kiritish, siqish va chiqarish) shatunning tirsakli
valdan olgan harakatini porshenga uzatadi. Porshen barmog‘i porshen bilan
birgalikda tezlanishini va yo‘nalishini o‘zgartirib harakatlanadi. Shuning uchun
uning massasi og‘ir bo‘lmasligi kerak, aks holda mexanizmga salbiy ta’sir etuvchi
inersiya kuchlari ortib ketadi .
Shatunlar porshenni tirsakli valning shatun bo‘yni bilan biriktirgan holda
ish taktida porshendan tirsakli valga, yordamchi taktlarda esa (kiritish, siqish va
chiqarish) tirsakli valdan porshenga harakat uzatadi.\
Shatun murakkab harakatga ega bo‘lishi bilan birga yana unga katta
inersiya kuchlari ham ta’sir etadi. Shatun yo‘nalishi va qiymati bo‘yicha
o‘zgaruvchan katta yuklanishda ishlaydi.
Tirsakli val porshen orqali shatundan kelayotgan kuchni qabul qilishi bilan
o‘zida vujudga kelgan burovchi momentni avtomobil transmissiyasiga uzatadi.
Undan tashqari yana tirsakli valdan dvigatelning turli mexanizm va tizimlari
harakatga keladi. Yuqorida aytilgan vazifalarni bajarish jarayonida valga eguvchi,
burovchi va boshqa kuchlar ta’sir etadi. Shuning uchun tirsakli val ana shu
kuchlarga bardosh beradigan mustahkam va chidamli materiallardan tayyorlanishi
kerak. Bundan tashqari uning shatun va o‘zak bo‘yinlari yeyilishga chidamli
bo‘lishi kerak. Tirsakli valni shtamplash usuli bilan yuqori uglerodli yoki
legirlangan po‘latdan, shuningdek ayrim dvigatellarda sifatli cho‘yandan (Damas,
Tiko avtomobillari) quyish usuli bilan tayyorlanadi. O‘zak va shatun
bo‘yinlarining qattiqligini hamda yeyilishga chidamliligini oshirish maqsadida
ularga termik ishlov beriladi, ishqalanishni kamaytirish uchun esa silliqlash va
jilvirlash bilan pardozlanadi (11-rasm).
204
Tirsakli valning o‘zak va shatun podshipniklari. Tirsakli valning yeyilishini
kamaytirish va ishlash muddatini oshirish maqsadida uni o‘rindig‘iga odatda
(sirpanish) podshipniklarida o‘rnatiladi