|
Ko‘p silindrli to‘rt taktli dvigatellarning ish tartibi Pdf ko'rish
|
bet | 121/216 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 19,16 Mb. | | #252024 |
Bog'liq O\'zbekiston respublikasi3. Ko‘p silindrli to‘rt taktli dvigatellarning ish tartibi.
Bir silindrli dvigatellarda og‘ir maxovik qo‘llanishiga qaramay ularda
tirsakli valning aylanishi ravon bo‘lmaydi. O‘z navbatida maxovikning katta
massasi dvigatelning og‘irligi oshishiga sababchi bo‘ladi. Dvigatelning quvvatini
oshirish maqsadida uning litrajini ko‘paytirish uchun silinrning geometrik
razmerlarini oshirishdan ko‘ra silindrlar sonini ko‘paytirish maqsadga muvofiqdir.
Chunki silindrning geometrik razmerlarini katta qilish krivoship-shatun mexanizmi
detallarining katta kuch natijasida yemirilishini tezlatish bilan birga, dvigatel
harakatlanuvchi detallarda zararli inertsion kuchlar ko‘payishiga sababchi bo‘ladi.
Shu sababli avtotraktor dvigatellarida o‘lchamlari bir xil bo‘lgan bir necha
silindrlar bitta tirsakli val bilan ishlovchi qilib yasaladi. Ko‘p silindrli dvigatelarda
tirsakli valning aylanishlar soniga nisbatan ish bajarish jarayonlarning soni
oshishiga qarab oshadi. Shuning uchun ko‘p silindrli dvigatellarda tirsakli valning
tekis aylanishiga va maxovik massasining bir necha bor kamaytirishga erishildi.
Turt taktli silindrli dvigatelda kengayish takti 180o da bir marta, ya’ni
tirsakli valning yarim aylanishidan keyin ro‘y beradi. Bir qatorli bunday
dvigatellarda silindr ichida joylashgan porshenlar juft-juft bo‘lib bir xil yo‘nalishda
bo‘ladi. Birinchi va to‘rtinchi silindrlardagi porshenlar pastga tushganda, ikkinchi
va uchinchi silindrlardagi porshenlar yuqoriga ko‘tariladi (eki teskarisi). Bunday
dvigatellarda kengayish taktlarining ketma-ketligi silindrlar tartib nomeri bo‘yicha
1-3-4-2 (240 va 41 dvigatellarida) yoki 1-2-3-4 (24D va 415M dvigatellarida)
bo‘lishi mumkin. Shu kengayish taktlarining ketma-ketlikda takrorlanishi dvigatel
silindrlarining ishlash tartibi deb ataladi.
To‘rt taktli to‘rt silindrli, ishlash tartibi 1-3-4-2 bo‘lgan dvigatelning
taktlar ketma-ketligi 2-jadvalda ko‘rsatilgan.
|
| |