191
Porshenning harakatlanishi vaqtida u o‘z devorlari bilan chiqarish
darchasini ochishi bilanoq bosimga ega bo‘lgan ishlatilgan gazlar tashqariga chiqa
boshlaydi. So‘ngra kiritish darchalari ochilib, silindrga nasos yordamida yangi
zarad (yonilg‘i aralashmasi yoki havo) yuboriladi, u esa ishlatilgan gazlar bilan
qisman aralashib ularni chiqarish darchalari orqali tashqariga siqib chiqaradi.
Keyingi siklda shu jarayonlar yana ketma-ket takrorlanadi.
Rotorli dvigatellarda yonilg‘ining yonishi natijasida kengaygan gazlar
bosim bilan rotorga ta’sir etib uni aylantiradi. Hozirgi vaqtda, rotorli dvigatellar,
ayrim kamchiliklari tufayli avtomobillarda kam qo‘llanilmoqda. Rotorli
dvigatellar o‘z navbatida gaz turbinali va rotor- porshenlilarga bo‘linadi.