197
4-mavzu:
Silindrlari bir qator joylashgan 4taktli dizel
dvigatellarning (4 va 6silindr) va silindrlari 2 qator Vsimon
joylashgan dvigatellarning (4 va 6 silindrli) ishlashi.
Reja:
1.
Silindrlari bir qator joylashgan 4taktli dizel dvigatellarning ishlash
tartibi.
2.
S ilindrlari 2 qator Vsimon joylashgan dvigatellarning ishlashi.
3.
Ko‘p silindrli dvigatellarning ishlash tartibi.
Hozirgi zamon avtomobil va traktorlarda to‘rt taktli dvigatellar bilan birga
ikki taktli dvigatellar xam ishlatiladi. Avtotraktorlarda ular asosan dvigatelni
yurgizib yuborish maqsadida ishlatiladi. To‘rt taktli va ikki taktli dvigatellarda bir-
biridan quyidagicha farklanadi.
1. Barcha sharoitlar bir xil bo‘lganda ikki taktli dvigatellarning quvvati,
to‘rt taktli dvigatellarning quvvatidan 60-70% katta bo‘ladi,
chunki ikki taktli
dvigatel tirsakli valining har bir aylanishiga bitta ish bajarish jarayoni to‘gri keladi.
Tirsakli vallarning aylanish chastotasi bir xil bo‘lgan ikki va to‘rt taktli
dvigatellarni taqqoslasak, ma’lum vakt birligida ikki taktli dvigateldagi ish bajarish
jarayonining soni turt taktli dvigatelning ish bajarish jaraenlarining sonidan ikki
marta katta bo‘ladi.
2. Ikki taktli dvigatellarda tirsakli valning aylanishi ancha ravon o‘tadi,
chunki kengayish takti tez-tez ro‘y beradi. Bu esa ikki
taktli dvigatelga ancha
yengil maxovik o‘rnatish imkonini beradi. Bundan tashqari silindrlar soni bitta
yoki ikkita bo‘lgan ikki taktli dvigatellarni ishlatish imkoniyati yaratiladi.
3. Ikki taktli dvigatellar to‘rt taktli dvigatellarga qaraganda kosntruktsiyasi
soddaligi tufayli ularni ishlatish va ekspluatatsiya qilish osonlashadi.
4. To‘rt taktli dvigatellar tejamligi jihatidan
ikki taktli dvigatellardan
ustunlik qiladi, chunki ikki taktli dvigatellarda yonish maxsulotlaridan silindrni
yaxshi tozalash va yonuvchi aralashma bilan to‘lg‘azish ancha yaxshi bormaydi.
Yenuvchi aralashma bilan puflanadigan karbyuratorli dvigatellar ayniqsa tejamsiz
bo‘lib, ularda yonuvchi aralashmaning kariyb uchdan bir qismi chiqarish
tuynukchasi orqali yonishga ulgurmasdan yoki chala
yonish natijasida tashqi
muhitga chiqarib yuboriladi.
5. Tashqi muhitni muhofaza qilish nuqtai nazaridan ikki taktli dvigatellar
ko‘pchilikka yoqmay kelmoqda. Chunki ikki taktli dvigatellarda yonishdan hosil
bo‘lgan va atmosferaga chiqarib yuboriladigan gazlar havodan nafas oluvchi
kishilar va boshqa jonzotlar sog‘ligini tarkibidagi zaharli
gazlar bilan xavf ostiga
qo‘yadi. Shuning uchun ham keyingi vaqtlarda ikki taktli dvigatellarni umuman
ishlab chiqarmaslik kerak degan fikrdagi kishilar ham bo‘ldi. To‘rt taktli
dvigatellarda yuqorida ko‘rsatilgan
afzalliklari tufayli, ikki taktli dvigatellardan
ham ba’zi bir jihatdan hatto orqada qolsa ham barcha tez yurar avtotraktor
dvigatellarida keng qo‘llanilmoqda.