208
siljiy boshlaganda porshen halqalari bilan silindr oynasi orasidagi oraliq zazor
tufayli go‘yo urilish (turtki) hosil bo‘ladi. Ikkinchidan, dizel dvigatellarida siqish
darajasi katta bo‘lganligidan, silindrdagi katta bosim ostida siqilgan gazga yoqilg‘i
purkalishi bilan u yerda portlash hosil bo‘ladi va silindr devorlari katta bosim
ostida tebranadi. Silindr devorining tebrinishi natijasida uni qamrab olayotgan
sovituvchi suyuqlikda havo pufakchalari (bo‘shliqlar) hosil bo‘ladi va bu
bo‘shliqlar atta bosim ta’sirida yemirilishi natijasida kuchli energiya hosil qiladi.
Ana shu energiya gilza bilan blokning tutashgan joylarida gilzaning sirtida va
blokda yemirilish hosil qiladi. Bunday emirilishdan yeyilishini “Kavitatsion”
yeyilish deb yurgiziladi. “Kavitatsiya” so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, tarjimasi
“bo‘shliq” degan so‘zni bildiradi.
Gilza bilan blokning tutash joyida kavitatsion yemirilishning oldini olish
maqsadida ayrim dizel dvigatellari (YaMZ-236, YaMZ-238, A-01A, A-41)
gilzalarida kesik qilingan bo‘lib u yerga to‘rtburchak kesimli maxsus
antikavitatsion rezin halqa o‘rnatiladi. Kavitatsion yemirilishni kamaytirish
maqsadida rezin halqalari yordamida gilzalarni blokka katta kuch ostida qisib
kiritib qo‘yiladi. Bu esa gilzalarning tebranish amplitudasini, kamaytiradi va
natijada esa kavitatsion yemirilishni ancha kamayadi.
Karbyuratorli dvigatellarda siqish darajasi bir muncha past bo‘lganligidan,
aralashma yonish jarayonida porshen ustidagi bosim unchalik katta bo‘lmaydi va
gilzaning tebranma harakati ham ancha kam bo‘ladi. Shuning uchun ham bu
xildagi dvigatellarda kavitatsion emirilish sodir bo‘lmaydi.
Havo bilan sovutiladigan dizellarda qovirg‘ali cho‘yan gilzalar ishlatiladi.
Ularning qovirg‘alari quyma usulda yasaladi va mexanik ishlov berilmaydi. Yuqori
qismi tekis halqa sifatida yasaladi va bu halqalar silindr kallagi bilan tekis yopishib
turadi, hamda gazlarning tashqariga chiqishiga yo‘l qo‘ymaydi. Gilzaning yo‘nib
teksilangan pastki burti bo‘lib, blokning o‘yig‘iga kirib turadi va u metall qistirma
orqali blok kallagi bilan siqib turiladi.