453
GLOBOIDLI CHERVYAK-ROLIKLI RUL MEXANIZMI.
REYKA-SHESTERNYALI RUL MEXANIZMI
Xozirgi zamonaviy avtomobillarda chervyakli vintli va shestrenya rul
mexanizmlari ishlatiladi.
Chervyak rolikli rul mexanizmi barcha yengil avtomobillarda (klassik
komponovkadagi) va oldingi boshqariluvchi o‘qiga 25kN gacha og‘irlik tushadigan
yuk avtomobillarda kuchaytirgichsiz va 40kN og‘irlik tushadigan yuk avtomobilarda
kuchaytirgich bilan qo‘llanishi mumkin.
Vint reykali rul mexanizmi boshqaruvchi o‘qga 25kN dan ortiq og‘irlik
tushadigan avtomobillarda kuchaytirgich bilan qo‘llash tavsiya etiladi.
Chervyakli rul mexanizmida rul chambaragiga qo‘yilgan moment, rul valiga
maxkamlangan chervyakdan sektori orqali, shu valda o‘tirgan sashkaga uzatiladi.
454
Rul yuritmasi
(3-ilova)
Rul yuritmasi, rul mexanizmida oshirilgan kuchni sashka orqali qabul qilib,
boshqariluvchi g‘ildiraklarning sapfalariga uzatadi va boshqariluvchi
g‘ildiraklarni buradi.
Rul yuritmasi, berilgan eng kichik burilish radiusi bo‘yicha burilishini, ichik va
tashqi boshqariluvchi g‘ildiraklarni xar xil burchakka burilishini va
sashka vali
bilan burish sapfalari orasida kerakli uzatish soni bo‘lishini ta’minlashi lozim.
Nomustaqil osmalarda rul yuritmasining konstruksiyasi
G‘ildirakni burganda rul yuritmasining detallari bir-biriga nisbatan xarakatlanadi.
G‘ildiraklar notekis yo‘ldan yurganda va kuzov g‘ildiraklarga nisbatan tebranganda xam
yuritma detallarining bir-biriga nisbatan xarakati sodir bo‘ladi.