“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022, № 3-4
27
COVID-19 pandemiyasi ayollarning salomatligi, xavfsizligi va iqtisodiy farovonligi uchun
qoʻshimcha muammolarni keltirib chiqardi. “Gazeta.uz”ning yozishicha, bu haqda Jahon banki ekspertlari —
Uilyam Zeys (Markaziy Osiyodagi kambagʻallik va tenglik masalalari boʻyicha dasturlar rahbari) va Odri
Saks (ijtimoiy rivojlanish masalalari boʻyicha katta mutaxassis) maqolalarida qayd etilgan [5]. Xususan,
Oʻzbekistonda oiladagi zoʻravonlik holatlari ortgan. Pandemiya tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy qiyinchiliklar
bilan bir qatorda, ayollar va qizlarga nisbatan jismoniy, psixologik, iqtisodiy va jinsiy zoʻravonlik holatlari
ham koʻpaygan. Ta’kidlanishicha, mamlakatdagi ushbu turdagi huquqbuzarliklar boʻyicha rasmiy statistik
ma’lumotlar hali ham mavjud emas. Biroq Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga koʻra, 2020-yilning yanvar-
dekabr oylari davomida genderga asoslangan zoʻravonlik qurbonlarining xavfsizligi va manfaatlarini
ta’minlash uchun 14 800 ga yaqin himoya orderi berilgan. Ayollar, odatda, oʻz oilalarida zoʻravonlikka
koʻproq uchraydi. 2020-yilda 13 230 ta holatning 82 foizida zoʻravonlik ularning turmush oʻrtoqlari
tomonidan sodir etilgan [6]. Pandemiya davrida xotin-qizlarni ruhiy salomatligini saqlash uchun amalga
oshiriladigan tadbirlarni yetarli darajada emasligi ularni har
tomonlama qamrab olinmaganligi, maqsadli
ishlarni tashkil etish, oilalarda reproduktiv yoshdagi ayollarni ruhiy muhitni mustahkamlash, turli ziddiyatli
vaziyatga uchragan ayollarni sogʻlomlashtirishni samarali mexanizmini yaratishga toʻsqinlik qilayotgan bir
qator muammo va kamchiliklarni mavjudligi ushbu mavzuni dolzarbligini koʻrsatmoqda. Ushbu
maqolamizning asosiy maqsadi pandemiya davrini reproduktiv yoshdagi ayollarning ruhiyatiga ta’siri,
ayollar ruhiyatiga ta’sir etuvchi omillar, ruhiy holat sabab yuzaga keladigan kasalliklarni bayon etish orqali
tugʻruq yoshidagi ayollarni ushbu jarayonlardan xabardor etish, tushkunlik holatlarini oldini olishga va
yuzaga kelgan vahima, tushkunlikdan chiqish uchun tavsiyalar beriladi. Ushbu mavzuning oʻziga xos
xususiyati pandemiya davrini insonlar ruhiyatiga ta’siri reproduktiv yoshdagi ayollar misolida oʻrganiladi.
COVID-19 pandemiyasi ayollarning qashshoqlik darajasi hamda qashshoqlikda
yashovchi ayollar va
erkaklar oʻrtasidagi farqni keskin oshiradi, deyiladi “BMT-ayollar” va BMT (Birlashgan millatlar tashkiloti)
Taraqqiyot dasturining (BMTTD hisobotida. 2019−2021-yillarda ayollar oʻrtasidagi qashshoqlik darajasi 2,7
foizga pasayishi kutilayotgan edi, ammo pandemiya va uning oqibatlari sababli bu koʻrsatkich 9,1 foizga
oʻsishi kutilmoqda. “Biz bilamizki, ayollar oila a’zolariga gʻamxoʻrlik qilish boʻyicha koʻp vazifalarni oʻz
zimmalariga olishadi, ular kam haq olishadi, kam tejaydilar, odatda barqaror
ishga ega emaslar - umuman
olganda, ayollarning ish bilan bandligining barqarorlik darajasi erkaklarnikiga nisbatan 19 foizga
kamroqdir”, - dedi “BMT-ayollar” tashkiloti rahbari Fumzile Mlambo-Ngkuka. Bundan tashqari,
ekspertlarning fikriga koʻra, pandemiyadan eng koʻp zarar koʻrgan ba’zi joylarda, masalan, turizm, umumiy
ovqatlanish, maishiy xizmat va boshqa joylarda asosan ayollar ish bilan band boʻlgan. Shunga koʻra, ular
ishsiz qolish va moddiy ta’minotni yoʻqotishda, ayniqsa, himoyasiz edi. “Bu oʻta qashshoqlikda yashovchi
ayollar va qizlarning umumiy sonini 435 mln kishiga yetkazadi va bu koʻrsatkich 2030-yilgacha
pandemiyagacha boʻlgan darajaga qaytmaydi”, - deyiladi BMT (Birlashgan millatlar tashkiloti) Taraqqiyot
Dasturi hisobotida. “Agar hukumatlar ta’lim va oilani rejalashtirish, adolatli va teng ish haqi hamda ijtimoiy
nafaqalarni koʻpaytirish boʻyicha keng qamrovli strategiyani amalga oshirganlarida, 100 millon dan ortiq
ayol va qizlarni qashshoqlikdan qutqarish mumkin edi”, - dedi BMT Taraqqiyot dasturi rahbari Axim
Shtayner. Uning qoʻshimcha qilishicha, gender tengsizlikni kamaytirishga sarmoyalar
kiritishi nafaqat
oqilona va arzon, balki hukumat uchun pandemiya oqibatida yuzaga keladigan qashshoqlikni kamaytirish
uchun zudlik bilan amalga oshirilishi kerak boʻlgan yoʻldir. [5] Iqtisodiy va oilaviy muammolar ayollar
salomatligining yomonlashishiga olib kelgan. 2020-yilning iyul oyidan dekabrgacha ayollarning 47 foizi
oʻzlarining ruhiy salomatligini (“yaxshi”, “juda yaxshi” yoki “a’lo”dan farqli oʻlaroq) “qoniqarli” yoki
“yomon” deb baholagan. Bunday javoblarning eng koʻpi avgust oyiga toʻgʻri kelgan. Oʻshanda ayollarning
55 foizi oʻzlarining ruhiy holatini “qoniqarli” yoki “yomon” deb ta’riflash mumkinligini aytgan [6].
Reproduktiv yosh - ayollar tugʻishining tibbiyot tomonidan xavfsiz va ayol sogʻligi uchun normal holat deb
belgilangan yosh davri. Ayollarda reproduktiv yosh oʻrtacha 30 yil (16 yoshdan 46 yoshgacha) davom etadi
[1, 144]. Ayrim adabiyotlarda 16-49 yosh deb qayd etilgan [2, 129]. Pandemiya davri Sogʻliqni saqlash
sohasidagi favqulodda vaziyatlar sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlardan foydalanishga ta’sir qilishi,
stress, jismoniy mehnatni kuchaytirishi va parvarish qilish mas’uliyatini kengaytirishi mumkin. Bu
reproduktiv yoshdagi (15 dan 44 gacha) ayollarning sogʻliqni saqlash va ruhiy salomatligiga xavf solishi va
ayniqsa homilador va tugʻruqdan keyingi ayollar va chaqaloqlarga ta’sir qilishi mumkin. CDC (Kasalliklarni
nazorat qilish va oldini olish markazlari) homiladorlik paytida COVID-19 ning ona va chaqaloqqa ta’sirini
yaxshiroq tushunish boʻyicha koʻplab sa’y-harakatlarni qoʻllab-quvvatlamoqda. Ushbu kuzatuv va tadqiqot
harakatlarining bir qismi sifatida toʻplangan ma’lumotlar sogʻliqni saqlash
sohasidagi harakatlarni
boshqarishga yordam beradi va ta’sirlangan homilador ayollar, tugʻruqdan keyingi ayollar va chaqaloqlarni
parvarish qilish boʻyicha klinik koʻrsatmalar beradi [7]. Homiladorlik payti ayolning psixologik holati
zaiflashadi. Pandemiya esa bu holatlarni murakkablashtiriishi mumkin. Homilador ayollarni koronavirusni
“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022, № 3-4
28
yuqtirish ehtimoli yuqorimi degan savol barchamizni qiziqtiradi, quyida shu savolga javob topamiz. Bunday
ehtimol homilador boʻlmagan ayollar bilan bir darajada. Yuqori ham, past ham emas. Koʻpincha homilador
ayollarda koronavirus oddiy shamollash kabi yengil shaklda oʻtadi, lekin boshqa viruslar singari u
organizmda oʻzini qanday tutishini va unga organizm qanday reaksiya qilishini oldindan bilib boʻlmaydi,
ayniqsa homiladorlik davrida. Shunga ba’zi hollarda koronavirus homilador ayollarda kasallanishning ogʻir
shakllarini keltirishi mumkin. Shuning uchun homilador ayollar boshqalarga nisbatan ehtiyotkorroq boʻlishi
kerakligi tavsiya etiladi. Koronarivusni homilaga boʻlgan salbiy ta’siri aniqlanmagan. Undan tashqari aynan
kronavirus homila tushishiga ham olib kelmaydi. Oddiy paytda homiladorliklarning deyarli 20%ida
depressiya va boshqa psixologik muammolar kuzatiladi. Pandemiya davrida bu kabi holatlar yanada
koʻpayishi mumkin. Buning oldini olish uchun homilador ayolga:
•
kamroq ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish;
•
yangiliklarni oʻqimaslik;
•
yaqinlari bilan koʻproq suhbatlashish;
•
yoqimli faoliyat bilan muntazam ravishda shugʻullanish;
•
adabiyot oʻqish;
•
dardini ayta oladigan inson bilan yaqin boʻlish;
•
koʻp dam olish
tavsiya etiladi.
Agar homilador ayolda oʻzi, homilasi va yaqinlari uchun kuchli qoʻrquv, xavotir sezilayotgan boʻlsa,
tushkunlik alomatlari his etilsa, vahima namoyon boʻlayotgan boʻlsa, ginekolog yoki psixolog bilan
maslahatlashish talab etiladi. Bu borada ularga professional yordam kerak boʻlishi mumkin [8]. BMT
(Birlashgan millatlar tashkiloti) jamgʻarmasi mutaxassislari homilador ayollar va koʻkrak
bilan emizuvchi
onalarning pandemiya vaqtida qanday yoʻl tutishi, qanday qilib virusni yuqtirib olmaslik choralari haqida
ma’lumot berdi.“Hozirgi kunda homilador ayollarning COVID-19 ga nisbatan yuqori darajadagi
beriluvchanlik borasida ma’lumotlar mavjud emas. Ammo homiladorlik respirator-virusli infeksiyalarga
nisbatan ta’sirchanlikni oshiruvchi fiziologik oʻzgarishlar bilan kechishi mumkin. Respirator infeksiyasi bor
homilador ayol yuzaga kelishi mumkin boʻlgan asoratlarni inobatga olgan holda, albatta, davolanish kursini
olishi kerak, deyiladi jamgʻarma bayonotida.
Shuningdek, boʻlajak ona aksiruvchi, yoʻtaluvchi odamlar bilan
muloqotda boʻlishdan saqlanishi kerak. Ular qoʻllarini tez-tez yuvib, tarkibida spirt mavjud boʻlgan
vositalardan foydalanishlari zarur. Aksirish yoki yoʻtal vaqtida ogʻiz-burunni, albatta, sochiq bilan berkitish
zarurligi ham ta’kidlandi. “Koronavirus yuqtirganlikda taxmin qilinayotgan ayol JSST (Jahon sogʻliqni
saqlash tashkiloti)ning katta yoshdagi bemorlarga moʻljallangan koʻrsatmalari asosida ayolning akusher-
ginekolog shifokori bilan bamaslahat terapiya qabul qilishlari lozim”, deb aniqlik kiritiladi bayonotda.
UNISEF (Birlashgan millatlar tashkilotining bolalar jamgʻarmasi) bergan ma’lumotlariga koʻra, koʻkrak
bilan emizuvchi ayol bolani shu zaylda ovqatlantirishni toʻxtatmasligi kerak. Negaki, virus koʻkrak suti
orqali onadan bolaga oʻtishi mumkinligi haqidagi ma’lumotlar mavjud emas. Emizish vaqtida ayol niqob
taqishi shart. Bola bilan kontaktga kirishishdan avval qoʻllarini yaxshilab sovunlab yuvishi zarur [9]. Har
doim homiladorlik rejalashtirilganda ayollarga foliy kislotasi yetarli miqdorda buyuriladi. Shuningdek, D
vitaminini koʻproq qabul qilish tavsiya etiladi, bu koronavirus kasalligidan keyin tananing tiklanishiga ijobiy
ta’sir koʻrsatishi isbotlangan. Koʻproq meva va sabzavotlarni iste’mol qilish, nafas olish yoʻllarini
chiniqtirish mashqlarini bajarish tavsiya etiladi. Bir soʻz bilan aytganda, homilador boʻlish uchun toza
havoda yurish, jismoniy mashqlar bajarish va ijobiy kayfiyat juda muhim. Aslida pandemiya boshlanishidan
oldin ham ayollarga shunday tavsiyalar berilgan. Bu tavsiyalarga amal qilish har qanday sharoitda ham naf
beradi. Masalan, koronavirus pandemiyasi vaqtida ularni bajarib yurish virusni yuqtirmaslikka yoki yuqtirsa
ham uning asoratlari yengil oʻtishiga yordam beradi. Boʻlajak onalar uchun qat’iy karantinga rioya qilish
muhim. Virus yuqtirmaslik uchun iloji boricha koʻproq harakatda boʻlish lozim. Odamlar gavjum boʻlgan
joylarga borishdan tiyilish, masofa saqlash, har doim niqobda boʻlish kerak. Katta oilada masofa saqlash
qiyin, chunki er, bolalar va ota-ona bor. Oila a’zolaridan biri virus yuqtiradigan boʻlsa, u homilador ayolga
virus yuqtirmaslik uchun, albatta, oʻzini oʻzi yakkalashi kerak [10].