“pedagogik mahorat” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022, №3-4




Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/163
Sana13.05.2024
Hajmi2,09 Mb.
#229627
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   163
Bog'liq
05.12.2021 To`plam Ped mahorat OAK

Muhokamalar va natijalar. 
Ushbu ilmiy metodni, bizning tadqiqotimiz uchun qoʻllashning 
dolzarbligi shundan iboratki, model nazariya va voqeylik oʻrtasidagi boʻgʻin rolida ishtirok etishi mumkin. 
Bundan tashqari modelni oldindan yaratish konseptual gʻoyalarni koʻrgazmali shaklda taqdim etish va 
resursni yaratish jarayoni barcha ishtirokchilarining (oʻqituvchilar, mutaxasislar, dasturiy taminot ishlab 
chiquvchilar) oʻzaro bir-birini tushunishlariga yordam beradi. 
Modellashtirish esa pedagogik loyihalashning eng muhim bosqichi boʻlib, unda nima boʻlishi kerak 
boʻlsa, shu haqida eng qisqa tafsilotni anglash faoliyati tushuniladi. 
Interaktiv elektron ta’lim resurs modelini ishlab chiqishda oʻqitish maqsadi va ta’lim tamoyillari, 
ta’limga yondashuv kabi tayanch tushunchalarga tayanildi. 
Algoritmik tillar va dasturlashga oid bilim, koʻnikma va malakalarni egallash boʻyicha faoliyat 
metodikada belgilangan maqsadlarga erishishga yoʻnaltirilgan boʻlishi kerak. Ta’lim vositalari (ularning 
qatoriga bizning tadqiqotimizda koʻrib chiqilayotgan elektron ta’lim resurs ham kiradi) ta’lim oluvchi 


“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022, № 3-4 
33 
(talaba) bajaradigan barcha harakatlar “Algoritmik tillar va dasturlash” oʻquv kursini oʻqitishda koʻzda 
tutilgan maqsadga erishishga yordam beradigan tarzda konstruksiyalanishi kerak [1]. 
Dasturlash tili buyruqlarini oʻrganish jarayonida elektron ta’lim resursning tarbiyaviy ta’siri 
quydagilar yordamida amalga oshiriladi: oʻquv materiallarning mazmuni: ta’lim oluvchilar mustaqilligini 
ragʻbatlantirishi. Buning uchun esa, elektron ta’lim resurs tarkibiga kiritiladigan materiallar shunday tarzda 
tanlab olinadiki, ta’lim oluvchining topshiriqlar bilan ishlashning nafaqat eng optimal ish strategiyalari va 
taktiklariga oʻrgatish, balki har bir buyruqning oʻziga xos xususiyatlari haqida ma’lumotlarni taqdim etadi. 
Elektron ta’lim resurs ta’lim oluvchilarning mustaqil ishini ragʻbatlantirishning samarali vositasi 
hisoblanadi, chunki ularga zarur boʻlgan materiallarni nafaqat taqdim etadi, balki ular bilan interaktiv 
rejimda zarur ish usullarini egallashga yordam beradi. Elektron ta’lim resurs har bir ta’lim oluvchi 
tomonidan yoʻl qoʻyiladigan tipik xatolarni aniqlash va ushbu xatolar yoʻl qoʻyilgan topshiriq tiplarini 
bajarishning eng optimal va samarali usullarini egallashga yordam beradigan tarzda ishlab chiqilgan [3]. 

Download 2,09 Mb.
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   163




Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“pedagogik mahorat” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022, №3-4

Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish