1-rasm.Topshiriqni boʻlaklarga ajratish jarayoni Yuqoridagi 1-rasmda talabaga topshiriqlarni qadamma-qadam boʻlaklab berish jarayonining modeli
tasvirlangan. Bunda berilgan topshiriqni ta’lim oluvchining bajara olishiga qarab, n ta boʻlaklarga ajratiladi.
Oʻqitish tamoyillari – bu boshlangʻich qoidalar boʻlib, ular birgalikda oʻquv jarayoni va uning tarkibiy
qismlariga boʻlgan talablarni ya’ni, maqsadlar, vazifalar, metodlar, vositalar, tashkiliy shakllar, oʻqitish
jarayoni belgilaydi.
2-rasm. Topshiriqni boʻlaklarga ajratadi va nihoyat yechimini taqdim etadi Yangi avlod ta’lim vositalari sifatida elektron ta’lim resurs modelini ishlab chiqish asosiy didaktik,
psixologik va oʻqitishning shaxsiy metodologik tamoyillariga, shuningdek elektron pedagogika tamoyillariga
asoslanadi [1]. Yechim ham talabaga keyingi topshiriqlarni bajarish yoki yuqori qadamdagi boʻlakni
mazmun mohiyatini anglashga koʻmak beradi.
Bundan tashqari, elektron ta’lim resurs tarkibiga kiritilgan qiziqarli va dolzarb axborotni oʻz ichiga
olgan fan boʻyicha oʻquv materiallari ta’lim oluvchining motivatsiyasini qoʻllab-quvatlaydi. Resursning
oʻquv materiallarini tez va katta moddiy xarajatsiz yangilash va tuzatish imkoniyati, ta’lim oluvchiga taklif
etiladigan topshiriq materiallari doim dolzarb boʻlishini kafolatlaydi. Resursning elektron shakli, uning
rasmiylashtirilishi, multimediali ma’lumot mavjudligi, zamonaviy shaxsning taraqqiyot fan va texnika
yutuqlari haqidagi tasavvurlariga mosligi, istalgan qulay vaqtda va qulay joyda foydalanish, shuningdek,
bosma shakldagi oʻquv materiallarini xarid qilib olishni tejash imkonini beradi.
Ta’lim oluvchi shaxsining individual-psixologik xususiyatlarini hisobga olish tamoyili elektron ta’lim
resursda quyidagi tarzda amalga oshiriladi: dastur chiziqli boʻlmagan koʻrinishda tashkil etilgan, topshiriqlar
“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022, № 3-4
34
toʻplami va tarkibi, ma’lumotnomali axborot, mashq qilish davomida ta’lim oluvchiga beriladigan
maslahatlarning muvaffaqiyatliligi va bajarish tezligiga bogʻliq ravishda farqlanadi.