“pedagogik mahorat” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022, №3-4




Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/163
Sana13.05.2024
Hajmi2,09 Mb.
#229627
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   163
Bog'liq
05.12.2021 To`plam Ped mahorat OAK

Muhokamalar va natijalar.
Oliy ta’lim muassasasi talabalari oʻrtasida quyidagi mavzularda 
fleshmoblar tashkil etish mumkin: 
- “Biz tozalik tarafdorimiz”; 
- “Tabiatni asraymiz!”; 
- “Farroshlar mehnatini qadrlaymiz”; 
- “Donorlar kuni”; 
- “Biz gullarni sevamiz”; 
- “Sogʻlom tanda – sogʻ aql”; 
- “Mehribon yurak”; 
- “Biz sportni tanlaymiz!”; 
- “Eng zoʻr hadya – kitob!”; 
- “Talabalik – oltin davrim”; 
- “Institutim – faxrim!”; 
- “Bolaning begonasi boʻlmaydi” kabilar. 


“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022, № 3-4 
39 
Talabalar orasida sogʻlom muhit, tozalik va oʻzaro mehr-oqibatni tarkib toptirish maqsadida tashkil 
qilingan fleshmoblardan biri – bu “Biz tozalik tarafdorimiz” yoki “Farroshlar mehnatini qadrlaymiz” 
aksiyalaridir. Ma’lum vaqtda tashkil etiladigan ushbu aksiyalarda talabalar ixtiyoriy ravishda institut hovlisi, 
bino va auditoriyalarini tozalashga bir zumda jalb etiladi. Majburan ishlash talab qilinmaydi, balki 
talabalarning fidokorligi va samimiy ishtiroki asosida tashkil etiladi. Kimdir supurishi, kimdir deraza artishi, 
yana kimdir boshqa tozalash ishlari bilan shugʻullanadi. 
“Sogʻlom tanda – sogʻ aql” aksiyasida har oyning ma’lum sanasi “sport kuni” deb belgilanadi va 
ushbu kun barcha talabalar sport kiyimida kelishib, marafon tashkil etishadi. Yoki “Biz sportni tanlaymiz!” 
aksiyasida fakultet talabalari bir zumda institut hovlisiga yigʻilib, bir pasda turli gimnast holatlarni amalga 
oshirib, yana darslarini davom ettirishlari mumkin. 
“Talabalik oltin davrim” aksiyasi bitiruvchi guruhlarda auditoriyada tashkil etilsa, ya’ni 3-4 yil 
davomida eng yaqin insonlarga aylangan kursdoshlarning bir-biriga samimiy tilaklarini va dil izhorlarini 
kutilmaganda tashkil etish orqali talabalarda his-hayajon, doʻstona aloqalarning mustahkamligini oshirishga 
xizmat qiladi. 
“Institutim - faxrim” aksiyasi oʻquv yili boshlanishida talabalarning yangi oʻquv yili uchun oʻz 
maqsadlarini shior qilib namoyish etishadi. 
“Bolaning begonasi boʻlmaydi” aksiyasida talabalar mehribonlik uyidagi bolalar uchun xayriya 
aksiyasini tashkil etishadi. Kimdir kitob, kimdir oʻquv qurollari kabi maktab oʻquvchilariga kerakli 
buyumlarni yigʻishadi va mehribonlik uyiga taqdim etishadi. 
Oʻtkaziladigan fleshmob aksiyalari ma’lum turlarga ajratiladi. Tarixiy faktlarga koʻra, fleshmoblar 
oʻtkazilishi davomida shunday ssenariylar paydo boʻladiki, fleshmobning qoidalariga toʻgʻri kelmaydi. 
Shuning uchun, ular tashkil etilganidan soʻng “fleshmob” atamasining oʻzi barcha tadbirlarga toʻgʻri kela 
olmasligi aniq boʻlgan. Hozirgi vaqtda “fleshmob” atamasining oʻzi umumiy nomga aylangan va buni 
ma’lum odamlar ishtirok etadigan aksiyalar deb atash mumkin. 
Garchi barcha yangi turdagi aksiyalar fleshmob soʻzidan kelib chiqqan boʻlsada, ularning ba’zilari 
gʻoyaviy va tashkiliy jihatdan fleshmobdan ancha farq qilib, ular oxirgi vaqtlarda fleshmob turlari emas, 
balki smartmob texnologiya turlari deb atalmoqda. 
Fleshmobning bunday turlari virtual tashkil etilishi orqali smartmob texnologiya deb atlishi toʻgʻridir. 
Virtual tadbirlar telegram yoki Fasebook ilovalari orqali tashkil qilinishi mumkin. Bunda fleshmoblar 
ta’lim yoʻnalishi talabalarining barchasini jalb etgan holda (musobaqalar, kitobxonlar bellashuvi, insholar 
tanlovi, rasmli piktogrammalar tanlovi, yozma bahru-bayt va boshqalar) olib boriladi. Bu virtual fleshmob, 
ya’ni smartmob texnologiyalari oliy ta’lim muassasalari talabalarini oʻqishdan tashqari vaqtlarda jamoa 
boʻlib ishlashi va oʻzaro hurmat, madaniyatni shakllantirishga moʻljallanadi. Fleshmoblarning smartmob 
texnologiyalari sifatidagi koʻrinishi quyidagi mavzularda tashkil etilishi mumkin: 
“Ota-onamga talaba farzandidan maktub”; 
“Mening eng sevimli ustozim”; 
“Eng goʻzal shukrona”; 
“Suratlarga yashiringan asarlar”; 
“Men sevgan asar va men sevgan qahramon”; 
Aksariyat aksiyalarni birlashtiradigan umumiylik – bu birgalikda biror narsani qilish istagidir. Barcha 
aksiyalar tasodifiy tashkil etilib, talabalar uchun kutilmagan boʻlishligidadir. Shuning uchun fleshmob 
soʻzining asl ma’nosi endilikda klassik fleshmob deb atalmoqda. 
Xulosa
oʻrnida shuni aytish lozimki, fleshmoblar talabalarda kommunikativ kompetensiyalarni tarkib 
toptirish, nostandart vaziyatlarda tez qaror qabul qilish koʻnikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. 

Download 2,09 Mb.
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   163




Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“pedagogik mahorat” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022, №3-4

Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish