|
Fleshmobning asosiy tamoyillarigaBog'liq 05.12.2021 To`plam Ped mahorat OAKFleshmobning asosiy tamoyillariga:
- keng mazmunda yaratilishi;
- biron tayinlangan rahbarning yoʻqligi;
- biror iqtisodiy yoki reklama maqsadlarining yoʻqligi;
- depersonifikatsiya; fleshmob ishtirokchilari aksiya oʻtkazish vaqtida oʻzaro bir-birini biror narsa
bogʻlashini koʻrsatmasligi;
- fleshmobni ommaviy axborot vositalarida yoritishni rad etish.
Fleshmob tasodifiy tomoshabinlar uchun moʻljallangan boʻlib, tushunmaslik, qiziqish va hatto ishtirok
etish kabi aralash tuygʻularni keltirib chiqaradi.
Fleshmobning umum qabul qilingan qoidalari:
1. Ishtirokchilarning hech biri pul toʻlamaydi yoki pul olmaydi.
2. Harakat oʻz-oʻzidan paydo boʻlishi kerak (ishtirokchilar harakatdan oldin voqea joyiga yigʻilmaydi
yoki repetitsiya qilinmaydi).
3. Ishtirokchilar fleshmob oʻtkaziladigan joyda aksiyadan oldin ham, davom etish jarayonida ham,
soʻnggida ham bir-birlari bilan maslahat qilinmaydi.
4. Ssenariy ma’nosiz boʻlishi lozim.
5. Fleshmob ishtirokchilari kulgu uchun emas, balki hamma narsani jiddiy nigoh bilan qilishlari kerak.
6. Fleshmobda reklama yoki uning elementlari boʻlmasligi kerak, aksiyalar hech kimni ovoz berishga
majburlamaydi.
Fleshmobni oʻtkazishdan maqsad:
Fleshmob ishtirokchilari aksiyada ishtirok etishlari uchun toʻlov toʻlamaydilar, bu ixtiyoriy faoliyat
sanaladi. Bunda har bir ishtirokchining turli maqsadlarga intilishlari amalga oshadi. Masalan:
- oʻyin-kulgu;
- bir xillikdan voz kechish, oʻzini erkin tutish;
- boshqalarni hayratda qoldirish;
- oʻz-oʻzini tasdiqlash, ya’ni oʻzini sinab koʻrish;
- his-hayajon;
- umumiy ishga daxldorlik hissi;
- jamoa psixoterapiyasi kabi samara olish;
- hissiyotga toʻlish;
- yangi doʻstlar orttirish kabilar.
Maqsadga “olomon samarasi” orqali erishiladi. Aksiya ishtirokchilari hayotda koʻproq muvaffaqiyatga
erishgan va jiddiy odamlar sanaladi. Ba’zi ruhshunoslarning ta’kidlashlaricha, fleshmoblarda ishtirok etish
kundalik hayotda kunlik tashvishlardan charchaganlik bilan izohlanadi.
|
| |