|
“pedagogik mahorat” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022, №3-4Bog'liq 05.12.2021 To`plam Ped mahorat OAKTexnologik kompetentlik
– kasbiy-pedagogik faoliyatni boyitadigan ilg‘or texnologiyalarni
o‘zlashtirish, zamonaviy vosita texnika va texnologiyalardan foydalana olish.
-
Maxsus kompetentlik
– kasbiy-pedagogik faoliyatni tashkil etishga tayyorlanish, kasbiy-pedagogik
vazifalardagi muammolarni oqilona hal qilish, faoliyatdagi natijalarini real baholash muhim o‘rin tutadi.
Adabiyotlar tahlili
Bugungi kunda kompetensiya tushunchasi psixologik va pedagogik jihatdan tadqiq etilgan bo‘lsa-da,
pedagogik tadqiqotlarda aynan mutaxassis kadr kompetensiyasi ta’lim jarayonini tashkil qilish, uning
samaradorligini ta’minlash uchun muhimligini namoyon qilmoqda. Kompetensiyaning qo‘llanilishi juda
xilma – xildir, bu esa jiddiy tushunmovchiliklarga olib keladi. Ba’zi olimlar kompetentliknining amaliy va
nazariy bilimlar, kognitiv qobilyatlar, xatti – harakatlar va ish faoliyatini yaxshilash uchun qo‘llaniladigan
qadriyatlarning kombinatsiyasi deb biladilar. Kompetensiya bo‘yicha tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki,
kompetensiya juda murakkab va keng qamrovli tushunchani o‘z ichiga oladi va ko‘pchilik olimlar
kompetensiyaga turlicha ta’rif berganlar. L.M.Mitina pedagogik kompetentlik - deganda predmet haqidagi
bilimlar, o‘qitish metodikasi va didaktikasi, pedagogik muloqot ko‘nikma va malakasi, shuningdek o‘z-
o‘zini rivojlantirish, o‘z-o‘zini takomillashtirish, o‘zo‘zini amalga oshirish usullari va vositalarining uyg‘un
birlashishini tushungan [3]. Kompetensiya tushunchasi shaxsga nisbatan umumiylikni kasb etsa,
Kompetentlik individuallikni namoyon qiladi. Kompetentlikning asosiy mezoni mahsuldor faoliyat,
raqobatbardosh kadrlar tayyorlash natijasi bilan belgilanadi. Kompetentlikning o‘ziga xos jihatlari
quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
- tayyorgarlik bosqichi :
Shaxsning maxsus xususiyatlari, axborotni qabul qilish va uni qayta ishlash,
o‘rganish qobiliyati.
|
| |