“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022, № 3-4
49
tarzda yetkazish, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat bo‘lib qolmoqda. Bunday reproduktiv
tarzda o‘zlashtirilgan ma’lumotlar tinglovchining amaliy faoliyat tajribasini rivojlantirishga yetarlicha imkon
bermaydi. Natijada, talabalar juda ko‘p axborotni behuda jamg‘arilishi, ta’limning samarasi past ekani va
uning real voqelikka mos kelmasligi kabi tafovutlar ko‘zga tashlanmoqda. Aniqrog‘i, o‘quvchi real hayotdan
uzoqlashib qolgandek, uning oldiga faqat ilgaridan to‘plangan axborotlarnigina o‘zlashtirish
maqsadi
qo‘yilgandek tuyuladi. Ta’lim jarayonidagi markaziy shaxslar o‘qituvchilardir. Ta’limning muvaffaqiyati
ularning tayyorgarligi bilimdonligi va ishlash sifatiga bog‘liq. Bunda o‘qituvchining kompetensiyasi muhim
o‘rin tutadi.