“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022, № 3-4
50
kasbiy kompetentlikga ega bo‘lish, uni izchil ravishda oshirib borishni taqozo etmoqda. Xo‘sh kompetentlik
nima? Kasbiy kompetentlik negizida qanday sifatlar aks etadi? Pedagog o‘zida qanday kompetentlik
sifatlarni aks ettira olishi zarur. Ayni o‘rinda shu va shunga yondosh savollar yuzasidan so‘z yuritiladi.
Kasbiy kompetensiyaga ega mutaxasis kasbiy kompetentlik negizida quyidagi sifatlar aks etadi:
Kasbiy kompetentlik –mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan
bilim, ko‘nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo‘llay olishi bilan
bog‘liqdir.
Kasbiy kompetentlik negizida aks etuvchi sifatlar:
1.
Ijtimoiy kompetentlik.
2.
Shaxsiy kompetentlik.
3.
Texnologik kompetentlik.
4.
Maxsus kompetentlik.
Quyida kasbiy kompetentlik negizida aks etuvchi sifatlarning mohiyati yoritilgan.
-
Ijtimoiy kompetentlik
– ijtimoiy munosabatlarda faollik ko‘rsatish ko‘nikma va malakalarga egalik,
kasbiy faoliyatda subyektlar bilan muloqotga kirisha olish kabilarni o‘z ichiga oladi.
-
Shaxsiy kompetentlik
– izchil ravishda kasbiy o‘sishga erishish, malaka darajasini oshirib borish,
kasbiy faoliyatda o‘z ichki imkoniyatlarini namoyon qilish.
-