“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022, № 3-4
38
qilish uchun yigʻilganlar yoki bir zumda Nyu-York vokzalida turli xil holatlarda muzlab qolishgan. Biroq,
bugungi kunda fleshmoblar haqiqatan ham ommaviy aksiyaga aylanib bormoqda [9].
Hozirgi kunda ushbu harakatning terminologiyasi
va qoidalari ishlab chiqilib, uning nomi
lugʻatlarning akademik nashrlarida va ommaviy axborot vositalarida mustahkam oʻrin olmoqda.
Fleshmoblarda har bir harakatning maqsadi uning turiga bogʻliq boʻladi. Odatda, ular ishtirokchilarning oʻz-
oʻzidan oʻyin-kulgilari va oʻtkinchilarni hayratda qoldirishi uchun tashkil etiladi: odamlar ommaviy raqsga
tushishadi, qoʻshiq aytishadi, supermarketlar poliga yotishadi, oʻtkinchilarni quchoqlashadi, yostiq janglarida
qatnashadilar, muzlaydilar va hokazo. Ammo ba’zi harakatlar siyosiy yoki tijorat maqsadlarida oʻtkaziladi.