“pedagogik mahorat” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022, №3-4




Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/163
Sana13.05.2024
Hajmi2,09 Mb.
#229627
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   163
Bog'liq
05.12.2021 To`plam Ped mahorat OAK

Asosiy qism.
Talaba-yoshlarda ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish koʻp qirrali va murakkab 
jarayondir. Talabalarning ma’naviy-axloqiy shakllanishi bir-biri bilan uzviy bogʻliq va biri ikkinchisini 
taqozo qiladigan yaxlit ta’lim-tarbiya ishlarini muntazam va izchil ravishda bajarishni talab etadi [3]. 
Ma’lumki, oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-tarbiyaviy ishlar, tadbirlar koʻplab oʻtkaziladi. Shunga 
qaramay, talabalar orasida axloq-odobga toʻgʻri kelmaydigan xatti-harakatlar uchrab turadi, ya’ni oliy ta’lim 
muassasalarida amalga oshirilayotgan tarbiyaviy ishlar birdek natija bermaydi. Koʻpincha, oliy ta’lim 
muassasasi tarbiyaviy ishlar universitet, institut miqyosida, shuningdek, fakultet va guruhlarda biri ikkinchisi 


“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022, № 3-4 
37 
bilan bogʻlanmagan har turli tadbirlarni amalga oshirishdan iborat boʻlib qolmoqda. Odatda, bunday 
tarbiyaviy tadbirlarda koʻpincha faolroq talabalar qatnashadilar. Tarbiyaga muhtoj va tarbiyalash zarur 
boʻlgan ayrim talabalar esa bu ishdan chetda qolaveradi. Tarbiyaviy ishning ba’zan kam samara 
berayotganligining sabablaridan yana biri, yoshlarga axloqiy ta’sir oʻtkazish usullarining bir 
tomonlamaligidadir. Ommaviy tadbirlar ana shu muammoning yechimini yechishga yordam beruvchi usul 
sanaladi. 
Ommaviy tadbirlar ma’lum bir tashkilotchi yoki tashkilotning xohishiga qarab oʻtkazilmasdan, balki 
keng xalq ommasining tadbirga boʻlgan ma’naviy ehtiyoji tugʻilganda oʻtkazadigan, haqiqiy tadbir 
tomoshasi sanaladi. Mustaqillik gʻoyalarini keng xalq ommasiga singdirish, ulardagi yuksak fuqarolik 
tushunchalarini tarbiyalashda ommaviy tadbirlarning tutgan oʻrni beqiyosdir [2]. 
Ommaviy tadbirlar quyidagi turlarga boʻlinadi:
- teatrlashtirilgan konsert; 
- konsert-miting; 
- ommaviy sayl; 
- teatrlashtirilgan namoyish; 
- koʻchalarda, maydonlarda, stadion va bogʻlarda oʻtkaziladigan tadbir harakati; 
- milliy san’at dekadalari; 
- san’at festivallari; 
- qoʻshiq tadbirlari; 
- raqs tadbirlari; 
- karnavallar; 
- suvda oʻtkaziladigan tadbirlar; 
- ochiq havoda namoyish etiladigan teatr-spektakllar; 
- koʻcha tadbirlari; 
- sport tadbirlari; 
- bolalarning teatrlashtirilgan tadbirlari; 
- aksiyalar; 
- fleshmoblar.
Ushbu ommaviy tadbirlarni oʻtkazishdan asosiy maqsad – yoshlarni bir maqsad yoʻlida birlashtirish, 
ommaviy madaniyatni shakllantirish sanaladi. Ommaviy tadbirlarda oliy ta’lim muassasasi talabalarining 
umumiy maqsadlari sari harakatini tashkil etish, madaniy-ma’naviy yuksalishini ta’minlash usullaridan biri 
bu

Download 2,09 Mb.
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   163




Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“pedagogik mahorat” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022, №3-4

Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish