• Asosiy qism.
  • Key words:  database, software, programming environment, Delphi, field, IOS, component,  application. Kirish




    Download 2,09 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet93/163
    Sana13.05.2024
    Hajmi2,09 Mb.
    #229627
    1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   163
    Bog'liq
    05.12.2021 To`plam Ped mahorat OAK

    Key words: 
    database, software, programming environment, Delphi, field, IOS, component, 
    application.
    Kirish. 
    Hozirgi kunda inson faoliyatining barcha sohalarini axborotlashtirish qamrab olgan boʻlib, bu 
    hodisa har bir kishidan yuqori axborot madaniyatini talab qiladi. Shu sababli maktabning fan oʻquv dasturlari 
    oʻquvchilarining bilim, koʻnikma va qobiliyatlarini rivojlantirishni ta’minlaydigan fanlar bilan toʻldirishlari 
    zarur. Mamlakatimizda ayni vaqtda jamiyatning barcha sohalari jadallik bilan raqamli texnologiyalar bilan 
    ishlash jarayoniga kirishmoqda. Raqamli texnologiyalardan foydalanish bajarilayotgan ishda inson omilini 
    kamaytiradi, vaqtni va xarajatlarni tejaydi hamda ish samaradorligini oshiradi. Oʻzbekiston Respublikasi 
    Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha 
    rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-5712-son Farmoni, 2019-yil 26-noyabrdagi 
    “Zamonaviy maktablarni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4537-son, 2018-yil 5-sentabrdagi 
    “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3931-
    son Qarorlarining asosiy gʻoyasi umumiy oʻrta ta’lim maktablarini zamon talablari darajasida rivojlantirish, 
    oʻquv-adabiyotlarini yangilash hamda raqamli texnologiyalardan foydalanishni nazarda tutadi [9].


    “PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022, № 3-4 
    91 
    Asosiy qism. 
    2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor 
    yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida ta’lim va fanni rivojlantirishga asoslangan uzluksiz ta’lim 
    tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari salohiyatini oshirish, malakali kadrlar tayyorlash, 
    oliy va umumiy oʻrta ta’lim maktablari oʻquv adabiyotlari sifatini tubdan yaxshilash nazarda tutilgan. 
    Bundan tashqari, ta’lim sifatini tubdan yaxshilashda fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini 
    ta’minlash bilan bir qatorda raqamli texnologiyalardan foydalanish muhimligi ta’kidlangan [9]. 
    “Delphi dasturlash muhitida komponentalar bilan ishlash texnologiyalari
    ” nomli oʻquv 
    qoʻllanmada dasturlash tillari, raqamli texnologiyalar, dasturlash muhitini oʻrganish mezonlari haqida 
    ma’lumotlar mavjud. Oʻquv qoʻllanmadan umumiy oʻrta ta’lim maktablari oʻqituvchi va oʻquvchilari, kasb -
    hunar kollejlari va texnikumlar talabalari, oliy oʻquv yurtlari talabalari va magistrlari hamda foydalanishlari 
    mumkin [7]. 
    Ta’limning bugungi vazifasi oʻquvchilarni kun sayin ortib borayotgan axborot ta’lim muhiti sharoitida 
    mustaqil faoliyat koʻrsata olish, turli sohalarda zamonaviy axborot texnologiyalarini samarali qoʻllash va 
    axborot oqimidan oqilona foydalanishga oʻrgatishdan iborat. Shu maqsadda oʻquvchilarga uzluksiz ravishda 
    mustaqil ishlash imkoniyati va sharoitini yaratib berish hamda ijodiy fikrlash va mustaqil qarorlar qabul 
    qilishga oʻrgatish ta’lim sifatini oshishiga olib keladi. Bu masalaning yechimi tabiiyki, mazkur jarayonning 
    asosiy tashkilotchisi - pedagoglarni tayyorlash sifatiga bogʻliq. Darsga kiruvchi har bir oʻqituvchidan 
    quyidagi 3 ta sifat talab qilinadi: 

    oʻqituvchi bilimi ya’ni oʻzi oʻqitadigan fanni chuqur bilishi; 

    oʻqituvchining pedagogik mahorati ya’ni mavzuni oʻquvchilarga yetkaza berishi; 

    oʻqituvchining psixologik holati ya’ni hayotiy, oilaviy muammolarni unutgan holda darsga kirishi. 
    Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati boʻlgan ta’lim tizimining qay 
    darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va 
    takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga koʻtarish, unga ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy 
    qilish, ta’lim samaradorligini oshirish, yuqori darajada oʻzlashtirish natijalariga erishishni ta’minlovchi 
    innovatsion texnologiyalardan foydalanishning samarali usullarini ishlab chiqish, xususan, zamon talab 
    etayotgan axborot texnologiyalari boʻyicha pedagogik innovatsiyalardan foydalanish dolzarb muammolardan 
    hisoblanadi. Ta’lim jarayoniga innovatsiyalarni qoʻllash bugungi kunda quyidagi vazifalarni amalga 
    oshirishni talab etadi [5] : 

    oʻquv fanining aniq maqsadini aniqlash; 

    fanning hajmi va mazmunini aniqlash; 

    zarur boʻlgan ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish va tavsiya etish; 

    fanning moddiy va texnik ta’minotini yaratish; 

    ta’lim oluvchilarning xususiyatlarini oʻrganish; 

    oʻqituvchining tayyorgarligi va dars mashgʻulotini loyihalash. 
    Yuqoridagi vazifalarni hal qilishning eng toʻgʻri yoʻli dars mashgʻulotini loyihalashda integrallashgan 
    ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish va ulardan darsning turli bosqichlarida samarali foydalanish 
    imkoniyatlarini izlashdan iboratdir. Informatika fanini oʻqitishda shaxsga yoʻnaltirilgan ta’limning quyidagi 
    metodlarini qoʻllash maqsadga muvofiqdir [5]: 

    oʻyinli texnologiyalar;

    muammoli oʻqitish;

    dasturlashtirilgan oʻqitish;

    kompyuterlashtirilgan oʻqitish;

    modulli oʻqitish. 
    Ushbu metodlar oʻquvchilarning faollashtiruvchi va jadallashtiruvchi faoliyati tashkil etish, hayotda 
    oʻz oʻrnini barqaror qilish, oʻzini-oʻzi boshqarish, oʻz imkoniyatlarini amalga oshirish, irodani tarbiyalash, 
    muayyan yondashuvlar, ma’naviy, estetik va dunyoqarashni shakllantirishdagi hamkorlikni, jamoaga kirishib 
    keta olishni, kommunikativlikni tarbiyalashga moʻljallangan. Informatika va axborot texnologiyalari fanini 
    oʻqitishda dasturlash tillaridan foydalanish oʻquvchilarda mantiqiy fikrlash, algoritmlar va dasturlarni tuzish, 
    ularni kompyuter yordamida amalga oshirish, ishlab chiqilgan dasturlarni jamiyatning turli sohalarida 
    qoʻllash va natijalarni tahlil qilishga oʻrgatadi. Oʻquvchilarga dasturlash fanlarini oʻqitishda asosan ularni 
    qobiliyatlarini inobatga olib, qaysi dasturlash tillariga qiziqishiga qarab yoʻnaltirish yaxshi samara beradi. 
    Bundan tashqari, oʻyin dasturlari, trenajor dasturlar, koʻrgazmali, multimedia vositalaridan foydalanilsa 
    oʻquvchi eslab qolishi va jarayonni koʻz oldida tasavvur qilishi oson kechadi. 
    Hozirgi kunda bir nechta dasturlash tillari ishlab chiqilgan boʻlib, bularga Paskal, Delphi, C++, C#, 
    Python, Java va boshqalarni misol qilish mumkin. Bu dasturlash tillari biror yoʻnalishdagi masalalarni hal 
    qilishga moʻljallangan boʻlib, ularni obyektga yoʻnaltirilgan dasturlash tillari deyish mumkin [6]. Dasturlash 


    “PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022, № 3-4 
    92 
    tillari ichida keng tarqalgani bu Paskal dasturlash tili boʻlib, dasturlash tilini oʻrgatish maqsadida ishlab 
    chiqilgan. Paskal dasturlash tilidan keng foydalanishga asosiy sabab dasturning soddaligi va undan 
    foydalanish qulayligidadir. Bundan tashqari Delphi dasturlash muhiti ishlab chiqilgan boʻlib, bunda 
    yoziladigan kodlash asosini Paskal dasturlash tili tashkil etadi. Delphi dasturlash muhitida ilova va 
    komponentalardan foydalanib, tuziladigan dasturni koʻrgazmali qilish imkoniyatlari mavjud. Oʻquvchi 
    Delphi dasturlash muhitidan foydalanganda ilova oynasini hosil qilish, unga tayyor boshqarish obyektlarini 
    joylash va interfaol ilovalarni yaratish imkoniyatlarini oʻzlashtiradi. Bir soʻz bilan aytganda, oʻquvchi 
    oʻzining ma’naviy, ruhiy va intelektual salohiyatini rivojlantiradi, kamolotga intilish, kognitivlik 
    koʻnikmalarini mustaqil ravishda muntazam oshirib borish va oʻz xatti-harakatlarini baholash imkoniyatiga 
    ega boʻladi. Delphi muhitida quyidagi dasturlarni koʻrib chiqamiz, bu dasturlar oʻquvchini dasturlashga 
    qiziqtiradi, mantiqiy fikrlashga undaydi va shu bilan birgalikda matematika, fizika fanlarini yaxshi 
    oʻzlashtirishiga sabab boʻladi [8]. 
    Zamonaviy ta’lim metodlardan foydalanib dars mashgʻulotlarni olib borishni faol oʻqitish shakllaridan 
    biri deb qarash mumkin. Bunday darslar oʻqituvchi va oʻquvchilarning ijodiy yondashuvini, oʻquvchilarning 
    faol bilish faoliyati jarayonida malakalarni oʻzlashtirishlarini, oʻzining kelajakdagi pedagogik faoliyatida 
    oʻyinli texnologiyalaridan foydalanish koʻnikma va malakalarini shakllantirishni koʻzda tutadi. Oʻyinli 
    texnologiyalardan foydalanib mashgʻulotni tashkil etish va oʻtkazish oʻrganilayotgan materialga doir 
    atamalarni mukammal tushunishda va eslab qolishda muhim asos boʻlib hisoblanadi. Oʻyinli texnologiyalar 
    natijasida talabalarning bilish faoliyati rivojlanadi, oʻquv materialini oʻrganishga qiziqishi uygʻonadi, olgan 
    bilimlarini mustahkamlaydi. Bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri aynan yosh avlodni mustaqil va 
    erkin fikrlashga oʻrgatishdan iborat [5]. 

    Download 2,09 Mb.
    1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   163




    Download 2,09 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Key words:  database, software, programming environment, Delphi, field, IOS, component,  application. Kirish

    Download 2,09 Mb.
    Pdf ko'rish