• G’arbiy Yevropada maktab, maorif hamda pedagogik fikrlar taraqqiyoti
  • Sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlaridagi yetakchi tendentsiyalar va ularning ahamiyati




    Download 32.5 Kb.
    bet3/3
    Sana18.08.2023
    Hajmi32.5 Kb.
    #78940
    1   2   3
    Bog'liq
    15-top
    Diskretlabaratoriya, Adabiyot. 6-sinf. 1-qism (2017, S.Ahmedov, R.Qo\'chqorov), Adabiyot. 6-sinf. 2-qism (2017, S.Ahmedov, R.Qo\'chqorov), So\'rovlarni optimallashtirish masalasi har doim ma\'lumotlar baza, lGDeBzYb6VciGc4WoLCPd2aVJGDA1iKOLUBCwXYA, OILA PE. O\'QITISH METODIKASI, Xusanov Islomjon Jasur o‘g‘li, Berdiyorova N, multimedia tizimlari, 4-tajriba analog, “keys-stadi” texnologiyasi “Keys-stadi” haqida tushuncha “Keys-s-fayllar.org, DRIVES, 7a8d233a-41cb-401b-b05f-1ff3151ac2f1 (1), 7a8d233a-41cb-401b-b05f-1ff3151ac2f1
    Sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlaridagi yetakchi tendentsiyalar va ularning ahamiyati. Sharq “Uyg`onish davri” ta`lim – tarbiya muammolarini hal etishda bir qancha qomusiy olimlar ijodiy merosida sof ta`limiy – axloqiy asarlarda ko`rib o`rganib chiqilgan. Qomusiy olimlar: Muhammad ibn al – Xorazmiy, Ahmad al – Farg`oniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Qoshg`ariy, Rudakiy, Firdavsiy va boshqalardir. Bularning ijodlarida bola tarbiyasiga oid bo`lgan turli muhim vazifalarni ko`rish mumkin. Xususan, Firdavsiy “Shohnoma ” asarida didaktik nasihatlar berilganligi bilan taqsinga sazovordir. “Insonni hayru sahovati bo`lishga yetaklovchi kuch ilm va hunardir, - deydi shoir. – Ilmni insonga singdiruvchi narsa esa aqldir”.
    Mehnat va hunarni yuksak baholagan, uni gavhardan ham yuqori qo`ygan shoir hunar va mehnatni chiroyi insonni aqli va axloqida deb hisooblaydi va doimo aql bilan ish qilish zarurligini uqtiradi.
    G’arbiy Yevropada maktab, maorif hamda pedagogik
    fikrlar taraqqiyoti
    G’arbiy Yevropa mamlakatlarida quldorlik jamiyatining o’rnini olgan feodalizm V asrda paydo bo’lib, to XVIII asrlargacha davom etdi. Feodalizm jamiyatida xukmron tabaqalar feodal-pomeshchik va ruhoniylardan iborat edi, Mamlakatdash hamma er-suv egalari bo’lgan bu (mulkdor tabaqalar o’sha davr-dagi krepostnoychilik huquqiga binoan, ularga bo’ysundirilgan dehqonlarni ekspluatatsiya qilish asosida yashardilar, Keyin-chalik feodal jamiyatining shu ikkita asosiy tabaqalariga yana ikkita yangi tabaqa — hunarmand va savdogarlar kelib qo’shildi.
    O’rta asr feodal jamiyatining hayotida din va unga xizmat qiluvchi ruhoniylar g’oyat katta rol’ o’ynardilar,
    G’arbiy Evropadagi xristian dini feodal tuzumining ideologik tayanchi bo’lib, ruhoniylar undan foydalanib, qullik aso-ratida yashagan dehqonlarning qattiq ekspluatatsiya qilinishini, xalq ommasining qashshoqlikda yashashini va ularning hukuqdan to’la mahrum etilishini oqlashga urinar edilar. Feodalizm tuzumini mustahkamlash maqsadida ruhoniylar bu dunyodagi hamma narsa xudodan, xalq ommasi esa cherkov va feodallarga so’zsiz bo’ysunishi kerak, o’z orzu va istaklarini tiyish, bu dunyoda rohatni tark qilish qerak, azob-uqubatlarga sabr qilish kerak, shundagina: «oxiratingiz obod bo’ladi, rohatni «narigi dunyoda» ko’rasiz, itoat qilmasangiz, sabr qilmasangiz «narigi dunyoda do’zax azobini chekasiz» degan gaplarni ommaga singdirishga harakat qilardilar.
    O’rta asrlarda katta kuchga ega bo’lgan katolik ruhoniylari barcha imkoniyatlardan foydalanib, ma`rifatga qarshi qattiq kurash olib bordilar. Din haqiqatning birdan-bir manbai hisoblanib, fan dinga xizmat qildirilar edi. Natijada fan sohasida ijodiy fikrning o’sishiga qattiq to’sqinlik qilindi. CHinakam ilmiy bir fikrni aytishga jur`at qilgan har bir kishi shafqatsiz ravishda qattits jazoga tortilar, jallodlar qo’liga berilar edi. Usha davrda hamma ta`lim-tarbiya ishlari ruhoniylar qo’lida qurol bo’lib, batamom diniy ruh va xurofot bilan sug’orilar edi.
    Xristian dini ta`limotiga binoan, odam go’yo gunohli banda bo’lib tug’iladi, uning gunoh ishlarga moyil bo’lgan tabiatini bosish uchun uni do’zax dahshaty bilan qo’rqitish ruhida tarbiyalash kerak.
    O’rta asr G’arbiy Evropa mamlakatlarnda ikki guruhga bo’lingan va yetti fanni o’z ichiga olgan ta`lim dasturi vujudga keltirildi. Birinchi guruh uchta fandan iborat edi, shu sababli unga lotincha «trivium» nomi berildi. Bunga grammatika (lotin tili grammatikasi), ritorika va dialektika kirar edi. Ikkinchi guruh to’rt fandan iborat bo’lgani uchun uni lotincha - «kvadrivium» deyiladi. Unga arifmetika, geometriya, astronomiya va musiqa kirar edi. Hammasi bo’lib bu ettita fanni «etti erkin san`at» deb atash rasm bo’lib tsoldi.
    Mazkur o’quv fanlari qadimgi Yunoniston ta`lim tizimidan olingan edi, biroq o’rta asrlarda ularga iloxiy mazmun berilib, hammasi ramz bilan diniy ma`noda tushuntirilar edi. Masalan: grammatikani o’rganishdan maqsad — muqaddas diniy .kitoblarni o’qishni bilib olish, ritorika (notiqlik san`ati nazariyasi) ni o’rganishdan maqsad va`zxonlik qilish, xutba o’qish san`atini egallab olish, musiqa deyilganda esa diniy eyusiqa nazarda tutilardi (katolik cherkovida ibodat vaqtida yurgan musiqa asbobi chalinadi va diniy ashulalar aytiladi). Dialektika, munozara, bahslashish san`ati deb tushunilar va jatolitsizmga qarshi chiquvchilar bilan munozara qilishga yordam beradigan fan deb hisoblanar edi. Hattoki matematikaga ham diniy ma`no berilar edi. Geometriya cherkov binolarini edrish uchun zarur fan deb hisoblanar edi, arifmetikani o’qitganda ayrim sonlarni ramz bilan diniy ma`noda (masalan «1 raqami bu xudoning birligi simvoli (ramzi) deb tushuntirilar edi. Astronomiyadan esa diniy kalendar’ tuzishda foydalanardilar.
    Hamma fanlarning toji deb — teologiya hisoblanar edi. O’rta asrlarda beriladigan ta`lim dasturi cherkov maktablari orqali amalga oshirilar edi,
    Cherkov maktablarining asosiy turlari: prixod maktabi (ya`ni bir cherkovga qarashli), magistr’ maktabi va bosh cherkov yoki episkop maktablaridan iborat edi.
    Prixod maktablari boshlang’ich dshshy maktablari bo’lib, unda o’g’il bolalar o’qir edi. Ular mahalladagi cherkovga qarashli bo’lib, unda ruhoniy yoki uning yordamchisi o’qituvchilik vazifasini bajarar edi. Prixod maktablarida bolalar xristian dini asoslari va qoidalarnni, dinny ashulalar aytishni, nota tilida o’qish va yozishni o’rganardilar. Ba`zilarida esa bolalar boshlang’ich hisob ilmini ham o’rganardilar.
    Monastir’ maktablari monastir’ huzuridagi maktablar bo’lgani sababli shu nom bnlan yurgiziladi, O’rta asrlar davomnda Evropadagi monastirlar faqat tarki dunyo qilgan monaxlar yashaydigan diniy muassasagina bo’lib qolmay balki ba`zi joylarda ular o’z zamonasiga munosib madaniyat markazi, ma`rifat o’chog’i ham edilar. Bunday monastirlarda turli kitoblardan nusxa ko’chirish, kitobxonalar tashkil qilish bilan shug’ullanar, ba`zi monaxlar ilmiy muammolar ustida ish olib borar edilar. Monastir’ maktablarida o’qitish vazifasi uchun maxsus monaxlar taynnlanardi. SHu ishda ishlab turgan monaxlar ta`lim-tarbiya ishini uyushtirish va uni olnb bornsh sohasida ancha tajriba to’playdilar.
    Monastir maktablarnning ko’pida prixod maktabida o’qitiladigan fanlardan tashqari, yana yuqorida aytilgan «yettita erkin san`at ya`ni grammatika, ritorika, dialektika, arifmetika, geometriya» astronomiya, musiqadan dars berilar edi.
    Monastir’ maktablariga boshda faqat monax bo’lishga tayyorlanadigan er bolalar qabul qilinar edi keyinchalik esa bu maktablarga o’qishni xohlagan har bir kishi qabul qilinaverardi, Shu sababdan monastir’ maktablari ichki maktab» (monastir’ devori ichida, faqat kelgusi monaxlar uchun) ea «tashqi maktab (monastir’ devori tashqarisida, hamma o’qishni istaganlar uchun) nomli ikki maktabga bo’lina boshladi.
    Bosh cherkov yoki episkop maktablari markaziy diniy okrugdagi bosh cherkov (sobor)ga qarashli maktablar edi. Bunday okrugda dnn ishlari boshqarmasn joylashgan bo’lib, uning boshida yuqori lavozimli ruhoniy—episkop turar edi. SHuning uchun bu maktablarni bosh cherkov yoki episkop maktablari deyilar edi. Bu turdagi diniy maktablarda ham faqat er bolalar o’qir edi. Bosh cherkov maktablarida odatda yuqorida ko’rsatilgan etti fanning hammasi o’qitilib, bu fanlardan tashqari eng oliy va asosiy fan deb hisoblangan teologiya (din aqoidlari) ham o’qitilar edi. Monastir’ maktablari singari, bunda ham o’qish lotin tilida olib borilar edi. Boshda episkop maktablari oldida ruhoniylar etishtirish vazifasi ho’yilgan edi. Ammo keyinchalik monastir’ maktablari singari, bu maktab larga ruhoniy bo’lish maqsadnni qo’ymagan shaxslar ham qabul qilinaverar edi, chunkn xat-savodi bo’lgan kishilarga talab tobora kuchayib borar edi. SHu sababli monastir’ maktablari singari, bu maktablar ham «ichki maktab» (faqat ruhoniylarni etishtiruvchi) va hamma o’qishni istovchilar uchun «tashqi spiskop maktablari» nomi bilan ikki xil maktabga bo’lina boshladi.
    Shu cherkov maktablarining hammasi sxolastika asosidagi maktablar bo’lib, turmushdan butunlay ajralgan edi. O’qish cherkov tomonidan tasdiqlangan din darsliklari va din aqida-larini quruq yodlashdan iborat edi. Bu maktablarda qat`iy belgilangan o’quv yiliga rioya qilinmay, maktabga istagan va^t-da kirib, uni turli vaqtda tamomlab chiqish mumkin edi. Sinf dars tnzimi ham yo’q edi. Uquvchilar bir xona ichida to’plangan bo’lsalar ham, har qaysisi faqat o’z sabog’i bilan shug’ullanar, o’qituvchi esa shogirdlarini bitta-bittadan o’z oldiga chiqarib, har qaysisnga alohida-alohida saboq beraverardi, Bu maktablarda qattiq intizom o’rnatilar edi. O’quvchilar qilgan har bir aybi uchun qattiq va shafqatsiz jazolanardilar. Bunday maktablarda odatda o’quvchilarga tan jazosi berilar edi (savalash, och qoldirish va shu kabilar).
    O’rta asrlarda G’arbiy Evropada xotin-qizlar, ayniqsa mehnatkashlarning xotin-qizlari, yoppasiga deyarlik savodsiz edilar. Mulkdor feodal va aslzoda tabaqalariga mansub oilalarda tug’ilgan qiz bolalar odatda xotin-qizlar monastirlari ichida yoki maxsus murabbiylar va oilaga birkitilgan ruhoniylar qo’l ostidagi uylarda tarbiya olardilar.
    Ritsar tarbiyasi. Cherkovga qarashli maktablar va faqat diniy ruhdaga tarbiya endi o’rta asrlar jamiyatiga hukmron bo’lgan harbiy-pomeshchiklar tabaqasiga mansub dunyoviy feodallarning talablariga javob bera olmaydigan bo’lib qoldi. Er va krepostnoy dehqonlar dunyoviy feodallarning xususiy mulki bo’lib, bu feodallar krepostnoy dexqonlarni shafqatsiz ekspluatatsiya qilar va ularni qurol kuchi bilan o’zlariga itoat qildirar edilar. Ular dehqonlarning qo’zg’olonlarini bostirishda va boshqa mamlakatlarga qarshi urushlarda ishtirok qilardilar, o’zlarining er-suv mulklarini orttirish maqsadida doim bir-biriga hujum qilib, o’zaro urush qilardilar, shuning uchun ham dunyoviy feodallar muhitida ritsar’ fazilatlariga ega bo’lgan odam ideali vujudga keldi. Bu idealga muvofiq ritsar’ tajribali, mohir va mard jangchi, krepostnoy dehkonlarga nisbatan qattiqqo’l, shafqatsiz va ayni vaqtda feodal tabaqasiga mansub kishilarga nisbatan olijanob, nazokatli, odobli, xushmuomalali, vijdonli, fidokor va sodiq odamdir. Ritsar’ ideali bilan bir vaqtda alohida tarbiya tizimi, ya`ni ritsar’ tarbiyasi ham maydonga keldi,
    G’arbiy Evropa mamlakatlarida ritsar’ tarbiyasi XII asrga kelib to’la tarkib topdi va rivojlandi. Ritsar’ tarbiyasining mazmuni, «ritsarlarga oid ettita fazilat» dan tashkil topdi. Bu fazilatlar quyidagilardan iborat: ot minib yurishni bilish, qilichbozlikni bilish, nayzabozlikni bilish, suza bilish, ov qila bilish, shashka (keyinchalik shaxmat) o’ynashni bilish, she`r to’qish va qo’shiq ayta bilish. Bu fazilatlardan birinchi o’rinda turgan uchtasi ritsarga berilmog’i zarur bo’lgan, harbiy tarbiyaga taalluqlidir: ritsar’ otliq askar, qilich va nayza esa o’sha zamon jangchisining asosiy quroli edi. Suzish va ov qilishni bilish jismoniy chiniqish, chaqqonlik va bardoshlilikni o’stirish uchun talab qilinardi. Bundan tashqari, ov qilish tekinxo’r feodalning bekorchi vaqtini band qilish shuningdek o’zining qaerdaligini aniqlay bilish (orientatsiya qobiliyati), topqirlik, hushyorlik, dushmanning izini topish va shu kabi sifatlarni o’stirish vositasi hisoblanardi. Shashka va shaxmat o’yini bir tomondan, bekorchi vaqtni band qilish, ikkinchi tomondan, ritsar’ uchun strategiyadan mashq qilish, ya`ni hujum va mudofaa planini tuza bilish qobiliyatini o’stirish vositalaridan hisoblanardi. SHe`r to’qish va qo’shiq ayta bilish esa o’zining syuzereniga (kichik feodallar ustidan turgan hokim, boshliq va ritsarning homiysi) madhiya o’qish va o’zining sodiqligini izhor qilish (uning mardligini, zafarlarini, qahramonligini maqtash va shu orqali uning iltifotiga sazovor bo’lish hamda o’zi uchun mahbuba qilib belgilangan feodal xonim-begimga madhiyalar o’qish uchun talab qilinar edi. (O’rta asrlarda G’arbiy Evropa dvoryanlar jamiyatida shunday rasm bor ediki, bunga muvofiq har bir ritsar’ bironta aslzoda feodal xonimning homiyligi bo’lmog’i lozim edi, ritsar’ o’zining homiysi bo’lgan xonimni («dama serdtsa») diliga jo qilib, uning oldida tiz cho’kar va o’zini unga bag’ishlar edi.)
    Ana shu ritsarga oid ettita fazilatni egallash bilan birga, o’sha davrlarda dvoryanlar jamiyatida qabul qilingan odob va nazokat qoidalarini o’rgatish ham ritsar’ tarbiyasining mazmuniga kirar edi.
    Ritsar’ tarbiyasining amaliy yo’llari quyidagilardan iborat edi: feodal o’z o’g’lini 7 yoshdanoq syuzerenning saroyiga joylashtirar edi; bu erda uning o’g’li 14 yoshgacha paj vazifasini bajarar edi, ya`ni ovqat vaqtida xizmat qilar, syuzeren xonim, feodal begimning va boshqa xonimlarning yumushlarinn qilar, ular bilan birga saylga chiqar, saroydagi qabul marosimlarida hozir bo’lar, har qanday saroy bayramida va tomoshalarida ishtirok qilar va shu tufayli feodal dvoryanlar jamiyatidagi rasm va qoidalarni egallab olar edi, so’ngra 14 yoshdan 21 yoshgacha u syuzerenning qurol-yarog’ini ko’tarib yurish vazifasini bajarar edi, u syuzerenining qurol-yarog’ini tartibda saqlar, syuzeren bilan birga jang va urushlarda ishtirok qilar, u bilan ovga chiqar, harbiy musobaqa va o’yinlarda, turnirlarda (ritsarlarning kuch sinash musobaqalarida) ishtirok qilar edi (va shu tufayli harbiy bilim va harbiy san`atni egallab olar edi. 21 yoshga kirganda unga katta tantana bilan ritsarlik unvoni berilar edi.
    Shahar maktablarining vujudga kelishi. G’arbiy Evropada XII—XIII asrlarda hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi shaharlarning o’sishiga va shaxar madaniyatinnig vujudga kelishiga sabab bo’ldi. SHaharning asosiy aholisini tashkil qiluvchi hunarmand va savdogarlar o’z bolalariga amaliy faoliyat uchun zarur bo’lgan bilim berishga manfaatdor edilar. Usha vaqtda ishlab turgan cherkovga qarashli diniy maktablar bunday bilim bermas edilar, Shu sababli tsexda birlashgan hunarmandlar va gil’diyalarda birlashgan savdo ishlab turgan cherkovga qarashli diniy maktablar tsex maktablari va gil’diya maktablari deyilar edi. Keyinroq borib tsex va gil’diya maktablari magistrat maktablariga, ya`ni shahar boshqarmasi (magistrat) xarajatidagi maktablarga aylandi. Bu maktablarning mudir va o’qituvchilari tegishli tsex, gil’diya va magistratura tomonidan tayinlanardilar va ular cherkovga qaram emas edilar. Bu maktablarda pul to’lab o’qilardi.
    Cherkovga qarashli diniy maktablarga nisbatan, bu maktablarda diniy rasmlar bilan bir qatorda amaliy ish uchun zarur bo’lgan xat, savod va hisob malakalarini egallashga ko’proq e`tibor berilardi. Ba`zi maktablarda esa grammatika, rito rika va geometriya o’qitilar edi. Bir talay tsex, gil’diya va magistrat maktablarida o’qish lotin tilidan ona tiliga ko’chirildi va lotin tili esa ayrim o’quv fani bo’lib qoldi.
    Mazkur maktablar bilan bir qatorda xususiy maktablar ochila boshladi. Xususiy maktablarda o’qish ona tilida borar edi va o’qish uchun pul to’lanar edi.
    Chex, gil’diya va magistrat maktablarining vujudga kelishi, G’arbny Evropa mamlakatlaridagi maktab ishining taraqqiyotida katta yutuq edi. Asosan dunyoviy bo’lgan bu maktablarga ruhoniylar dushman ko’zi bilan qarar edilar. CHunki bu maktablar ruhoniylarning yosh avlodga ta`lim-tarbiya berishda ko’p yillar davom etib kelgan monopoliyasini yo’q qildilar. Ruhoniylar bu maktablarga tsarshi kurash olib bordilar va ularning o’sishiga yo’l qo’ymaslik uchun xarakat qildilar. Biroq hayot talablariga javob beradigan shahar maktablari ruxoniylarning qarshiligiga qaramasdan rivojlanib bordilar, XV asrga kelib bunday maktablar G’arbiy Evropa mamlakatlarining deyarli hamma yirik shaharlarida mavjud edi.
    Evropada dastlabki universitetlar hamda Akademiyalarning tashkil topishi va ulardagi ta`lim tizimi. Evropada birinchi universitetlar XII asrning ikkinchi yarmida Italiyada (Bolon’ya shahrida), Angliyada (Oksford shahrida), Frantsiyada (Parijda) tashkil qilindi. Bu universitetlar dastlab professor va studentlarning mustaqil idora qilinadigan uyushmasi (korporatsiyasi)dan iborat zdi. Keyinchalik XIII asrda bu korporatsiyalar o’z-o’zini idora qilish huquqini saqlab kolgan xolda davlat tomonidan rasmiy tasdiqlandi. Cherkov esa universitetni tamomlagan studentlarga ilmiy daraja va o’qituvchilik huquqini berishni o’z ixtiyoriga oldi. Ana shu taryqa universitetlar rasmiy o’quv muassasasiga aylanib qoldi. XIV—XV asrlarga kelib universitetlar Evropa mamlakatlarining hammasida ochilgan edi.
    O’rta asr universitetlari odatda to’rtta fakul’tetdan tuzilgan bo’lib, tayyorlov fakul’teti, yuridik, meditsina va geologiya (din) aqidalari fakul’tetlaridan iborat edi. Tayyorlov fakul’teti studentlari yuqorida aytilgan trivium va kvadrivium tarkibiga kirgan fanlarni o’qir edilar. Tayyorlov fakul’tetida o’qish muddati odatda 6—7 yilgacha, asosiy fakul’tetlarda esa 5 - 6 yilgacha cho’zilar edi.
    O’rta asr universitetlari cherkov nazorati ostida ishlaganliklari oqibatida sxolastika ruhidagi maktabga aylanib qolgan edilar. Bunda atrof, tevarakdagi real fakt va hodisalarni o’rganish bilan emas, balki cherkov ruhoniylar tomonidan ma`qullangan va tavsiya qilingan kitoblarni quruq yodlab olish bilan shug’ullanardilar. Shu sababdan bunda o’qish quruq qiroatxonlikdan iborat bo’lib qoldi. Universitetlarda o’qn-tish metodlari lektsiya, cherkov tomonidan tasdiqlangan darslik va asarlarni yodlash va disput (munozara)lardan iborat edi. Universitetlarda o’qish faqat lotin tilida olib borilar edi. Universitet ta`limining va undagi metodlarning sxolastik mazmunidan qat`i nazar, O’rta asr universitetlari Evropa madaniyatining rivojlanishida katta rol’ o’ynaydi. Ular ma`rifat tarqatish aa o’sha davrdagi ma`lumotli kishilarni etishtirishda katta xizmat qildi.
    Universitetlarning vujudga kelishi va ularning rivojlanish XII—XIII asrda bir qancha G’arbiy Evropa mamlakatlarida oliy ma`lumot beradigan o’quv yurtlari sifatida uni-versitetlar paydo bo’la boshlaydi. Universitetlarning vujudga kelishiga o’sha vaqtlarda ko’p evropaliklarshshg arab madaniyati (xususan, meditsina va falsafa) bilan tanishuvi katta ta`sir ko’rsatdi. Bu madaniyat bilan tanishishga G’arbiy Evropa feodallarining XI asr oxirida Shartsdagi arab musulmon mamlakatlariga qarshi boshlagan xarbiy harakatlari sabab bo’ldi. O’sha zamon arab mamlakatlarida madaniyat va ma`rifat G’arbiy Evropadagi madaniyatga nisbatan ko’p jihatdan xiyla taraqqiy qilgan edi. Xususan arablar tomonidan VIII asrda istilo qilingan Ispaniyada tashkil qilingan arab oliy o’quv yurtlari Evropa universitetlari uchun ma`lum darajada namuna bo’ldi. Ispaniyada arablar barpo qilgan feodal musulmon davlatining poytaxti Kordova shaxrida tashkil qilingan arab oliy o’quv yurtlarida falsafa, matematika, astronomiya, meditsina fanlari o’qitilar edi. Evropaning turli mamlakatlaridan kelgan ko’p talabalar Kordovada o’qib, oliy ma`lumot olardilar.
    Ammo tez orada bu yo’nalishning izlanish ishlari ancha yilga uzilib qoldi. 1920-30 yillarda mamlakatda siyosiy rejim va g’oyaviy hukumatning qat’iy yangi davri boshlandi. Hukumat o’zgacha fikrlashining eng kichik ko’rinishlariga ham keskin chora ko’rar edi, cheksiz g’oyalashtirish jamiyat hayotining deyarli barcha tarmoqlarini qamrab oldi. Pedagogik fonda vaziyat chidab bo’lmas darajada keskinlashdi. Polemika o’sha zahotiyoq o’zaro siyosiy ayblovlar, ba’zida to’g’ridan – to’g’ri chaqimchilik xarkteriga ega bo’ldi. Tez orada ularni ketidan qatag’onlar boshlandi. Yuzlab pedagoglar, psixologlar, maorif arboblari uning qurboniga aylandi. Aynan shu yillarda bu mamlakat – butun insoniyatning avangardi va ziyosi degan fikr shaklllandi, hamda uzoq yilllar saqlanib qoldi. Rus ta’lim tizimi, ko’p joylarda sotsializm g’alaba qozongandan so’ng, butun dunyo uning prinsiplariga tayanuvchi yagona ilg’ordir, deb e’lon qilindi. Tabiiyki, bunday tasdiqlar xalqaro pedagogik tajribani obyektiv o’rganishga yordam bermas edi, bunga salbiy va qo’pol munosabatda bo’lishga yo’naltirar edi. 1930 yillarda qabul qilingan VKP (b), MKning maktab haqidagi qarori ko’p yillar maktab siyosatining yangi kursini, uning o’zgargan rahnamolarini belgilab berdi. Bu qarorlar ahamiyatini turlicha baholash mumkin. Yangi siyosat qat’iy avtoritarizm, administrativ bir xilllikni maktab faoliyatida demokratik qadamlarni cheklashni talab qilar edi. Ammo «uslubiy yoritgich»ni butunlay qoralash pedagogik eksperimentlar, o’quv jarayoni samaradorligini oshirish, shu jumladan chet el tajribasiga, murojaat qilish, yangi yo’llarini qidirish, imkoniyatlarini cheklab qo’yar edi. O’sha davrda keng tarqalgan Dyuning original konsepsiyasi ba’zi pedagoglarni qiziqtirib qo’ydi. Uning qator g’oya va takliflari o’sha davrda maorifni boshqaruvchi arboblar tomonidan qo’llab-quvvatlanar edi. N.K.Krupskaya Dyuning didaktik konsepsiyasiga bir necha marta ijobiy baho beradi, ayniqsa yangi shakllarni rivojlantirishga va maktab o’quvchilarining mehnat ta’limi rolini oshirishga yo’naltirilgan holatlarni alohida ko’rsatadi. A.V.Lunacharskiy Dyuni, “asrimizning eng yirik pedagoglaridan biri” deb ataydi va uning faoliyati an’anaviy maktabning abstrak – sxolastik amaliyotiga qarshi kurashga yordam beradi, deb ta’kidlaydi. Dyu g’oyalariga asoslangan g’arbiy didaktik yangiliklar proektlar uslubi dalton – plan 1920 yillarda ko’pgina rus maktablari ishlari amaliyotida qo’llaniladi. Dyu katta e’tibor va qiziqish bilan chet el ta’lim rivojlanishini kuzatib bordi. Maorif sohasida katta yutuqlarga erishish uchun xalqning madaniyati, intilishi muhim rol o’ynashini ta’kidladi.
    1940-50-yillar boshlarida g’arbning oldiga g’oyaviy kompaniyalar kuchli kurashlar oqibatida kapitalistik davlatlar maktab siyosati va pedagogikasini tanqid qilish kuchaydi. Rus pedagoglarining bu muammoga e’tibor qaratishlari ilmiy va targ’ibot maqsadida qilinar edi. Biron-bir g’arbiy tajribaning pozitiv aspektlarini yuzaga chiqarish haqida endi so’z ham bo’lmas edi. Aynan pedagogik analizlar o’rnini keskin siyosiy-g’oyaviy qarashlar egalladi. 1952 yilning o’zidayoq chiqarilgan kitoblar nomi “AQSH maktabi imperialistik reaksiya xizmatida”, “Dyun pedagogikasi zamonaviy Amerika reaksiyasi xizmatida”. Bu kitoblar bilan bir qatorda shunday sarlavhali o’nlab maqolalar chiqdi. Ularning ba’zilari kulgili tuyulardi. Masalan: “Kar soqov bolalarni tarbiyalash va o’qitishdagi reaksion burjua nazariyasini tanqid qilish”. Asosiy nishon AQSh maktabi va pedagogikasi edi, ammo boshqa mamlakatlar pedagoglari ham olovga tushib qolar edi. 1952 yilda 82 yoshida butun dunyo hurmatiga ega, maktabgacha tarbiya insonparvar konsepsiyasini yaratgan Italyan pedagogi M.Montessori vafot etdi. Aynan shu yili “Maktabgacha tarbiya” jurnali “Montessori Amerika, Angliya imperializmi xizmatida” deb nomlangan maqola bosib chiqardi.
    1960 yillarga kelib ahvol o’zgara boshladi. Chet el muammosini o’rganish bo’yicha ishlar kengaydi.
    1957 yilda sobiq SSSR, UFA pedagogika nazariya va tarixi institutida tashkil qilingan, chet elda zamonaviy maktab va pedagogika bo’limi (keyinchalik laboratoriya deb atalgan) o’ziga xos axborot ishlaridan analitik xarakterdagi izlanishlarga o’ta boshladi va u chet el ta’limi zamonaviy nazariyasi va amaliyotini o’rganish bo’yicha yetakchi markazga aylandi. Keng kompleks mavzular ishlab chiqildi. “Chet ellarda ta’lim tizimi”, “Chet ellarda mehnat ta’limi nazariyasi va amaliyoti”, “Kapitalistik davlatlarda pedagogik izlanishlarni tashkil qilinishi va yo’nalishi” va boshqalar. Ularning mazmunlari ko’pgina turli nashrlarda aks etdi. Laboratoriya tashabbusi bilan 1974 yilgacha doimiy chiqib turgan “Chet elda xalq ta’limi va pedagogika” referativ jurnali paydo bo’ldi. Hammasi bo’lib 30 ta soni chiqdi: ularning har birida eng yangi chet el kitoblari va maqolalariga laboratoriya xizmatlari tomonidan yozilgan taqrizlar o’rin olgan edi. Jurnal pedagogik jamoatchilikka chet eldagi ta’lim va tarbiya nazariyasi va amaliyotining holati va dolzarb muammolari bilan tanishishga yordam berdi. Qator dissertatsiyalar yozildi.
    1966 yilda Moskva davlat pedagogika institutida qiyosiy pedagogika laboratoriyasi tuzildi. U bir nechta maqolalar to’plami, 1977 yilda esa qiyosiy pedagogika bo’yicha o’quv qo’llanma (mualliflar – M.S.Sokolova, E.N.Kuzmina, M.L.Radionov) tayyorladi. Rus pedagog komparativistlari GDR, Polsha, Vengriya, Chexoslavakiya, Bolgariya mutaxasislari bilan hamkorligi ancha rivojlandi.
    1970-80-yillarda chet el muammosiga bag’ishlangan rus olimlaridan V.P.Borisenkov, B.L.Vulfson, A.N.Djurinskiy, V.P.Lopchinskiy, Z.A.Molkova, I.B.Martinkovskiy, N.D.Nikondrov, O.I.Solimova, S.A.Tangyan, L.D.Filippova, T.F.Yarkinalarning monografiyalari dunyo yuzini ko’rdi. Ilmiy ishlar to’plamlari va jurnal maqolalarida qiziqarli yangi materiallar o’rin olgan edi. Bu davrning ishlarida g’oyaviy oqimlar ta’siri yo’qolmagan edi. Kapitalistik va sostialistik davlatlardagi ta’lim tizimidagi qarama-qarshiliklar ajratib ko’rsatilar edi. Bunday oshkora tasvir haqiqatdan yiroq edi. Chet el sotsialistik davlatlardagi maktab va pedagogikaning rivojlanishi bir tomonlama yoritilar edi. Qiyinchilik va qarama-qarshiliklarni ko’rsatmay, faqatgina yutuqlar haqida so’z yuritiar edi.
    Shunga qaramay mavjud o’zgarishlarni sezmaslik mumkin emas edi. Agar 1930-1950 yillarda deyarli barcha rus ishlarida g’arbdagi ta’lim obyekti, mazmunli axborot yo’qligi yaqqol ko’rinsada, keyinchalik chet el pedagogikasi bo’yicha turli ishlarda g’oyaviy formulalar va aynan pedagogik analiz orasidagi taqqoslash muallifning individual qarashlari bilan belgilana boshladi. Bir qator ishlarda g’oyaviy yondashuv faqatgina o’quvchilarni “tepalik ortidagi” ta’limning haqiqiy holati bilan tanishtirish ularga u yoki bu darajada o’zimizda mavjud va chet el muammolari bilan solishtirish va ularni hal qilish yo’llarini qidirishga intilishning bir pardasi edi.
    1980-90 yillar Rossiya jamiyatshunosligida, shu jumladan qiyosiy pedagogikada ham konfrantatsion ritorika va g’oyaviy majburiyatdan chetlanishga imkon beruvchi yangi vaziyat yuzaga keldi. Bu davrdagi ishlarda o’rganilayotgan muammolar diapazoni kengaydi. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlardagi maktab reformasining asosiy yo’nalishlarini aniqlashga harakat qilinardi. Ta’lim mazmuni va uslublarini yangilash jarayonlari o’rganilardi. Ta’limni rivojlantirishdagi asosiy yo’nalishlar va milliy xususiyatlarga mosligi to’g’risidagi masala qo’yilar edi. Chet el pedagogik fikrlarining turli oqimlari tasvirlanar edi. Ta’limni regional va global mashtabda rivojlanish jarayonlari koordinatsiyasi bo’yicha xalqaro tashkilotlar faoliyati yoritilar edi. Universitetlar, pedagogika institutlari va xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish tizimi muassasalari uchun o’quv qo’llanmalar yaratildi. Buning barchasi pedagogik ta’limning zamonaviy tizimda Qiyosiy pedagogika, uning ilmiy pedagogik, umum madaniy va amaliy ahamiyati bilan belgilanadigan o’z o’rnini topishi uchun yordam berishi kerak edi.
    Download 32.5 Kb.
    1   2   3




    Download 32.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlaridagi yetakchi tendentsiyalar va ularning ahamiyati

    Download 32.5 Kb.