|
International Conference on Developments in EducationInternational Conference on Developments in Education
Hosted from Saint Petersburg, Russia
https: econferencezone.org Feb 23
rd
2023
pg. 19
oshiriladi:
1.
Matndan manzara, vaziyat yoki qahramonlarning tashqi ko’rinishi
tasvirlangan o’rinlar aniqlanadi.
2.
Nisbiy tugallangan o’rinlar ajratiladi.
3.
Tasvirlashga leksik-uslubiy tayyorgarlik ko’riladi, ya’niyozuvchi, shoir
qo’llagan lug’aviy birliklarga o’quvchilar diqqati tortiladiva ular tahlil qilinadi.
Tasvirlashda so’zni aniq tanlashga yordam beradi.
4.
So’z bilan tasvirlashga o’rgatishning dastlabki paytida doskaga
foydalaniladigan so’zlar yozib qo’yilishi zarur. So’z bilan tasvirlash qayta
hikoyalashga aylanib asligi lozim.
Grafik tasvirlash ko’proq uyda bajariladi. Buning uchun o’quvchilar
tasvirlanadigan matn qismini ajratadilar, uni diqqat bilan o’qib chiqadilar,
mazmunini o’zlashtiradilar va unga mos rasm chizadilar.Bunda o’quvchi Lar
bilan qanday ranglardan foydalanish, ranglar ifodalaydigan ma’nolar bo’yicha
suhbat o’tkaziladi. Rasmlar ko’rgazmasi tashkil etiladli. Har bir rasm muallifi
o’zi chizgan rang tasvirini izohlab beradi. Kompyuterlashtirilgan sinflar grafik
tasvirlashda sinfda bajartirilishi mumkin. Bunda o’quvchilarning ijodiy
yondashuvlariga imkon beriladi.
O’quvchilar asar voqyealari rivojini seriyali rasmlar asosida muayyan izchillikda
tasvirlashlari ham, har bir rasm seriyasi ostida shu qismda ifoda etilgan muhim
fikrlarni yozib qo’yishlari ham mumkin. Bular asar matnini to’liq , qayta
hikoyalash , shuningdek, o’qilgan hikoya,maqolaning rejasini tuzish, matn
mazmunini, uning tasviriy vositalarini bilib olishga yordam beradi.
Asar rejasini tuzish. Reja matn mazmunini ongli va chuqur tushunishda, asosiy
fikrni ajratishda, voqyealarning izchilligini belgilashda, matn qismlarining o’zaro
bog’lanishini tushunishda o’quvchilarga yordam beradi. Reja usti da ishlash
o’quvchilar nutqi va tafakkurini o’stiradi. Ular matnni mazmunan tugallangan
qismlarga bo’lishga va har bir qismning asosini topishga ularga qisqa va aniq
sarlavha topishga, uni reja qismi sifatida shakllantirishga o’rganadilar.
Reja tuzishga tayyorgarlik ishlari savod o’rgatish davridayoq boshlanadi.
Tayyorgarlik mashqining eng oddiy turi berilgan sarlavhalardan kichik matn
mazmuniga mosini topib qo’yish hisoblanadi. Bunday mashqqa o’rgatishda
o’qituvchi sarlavha asosiy fikrni ifodalashini ta’kidlaydi, bolalar topgan
sarlavhani tahlil qilib, u yoki bu sarlavha nima uchun mos yoki mos emasligini
tushuntiradi.
Reja tuzishga tayyorgarlik ishining 2-turi o’qituvchi rahbarligida tanlab o’qish
hisoblanadi, bolalar matndan o’qituvchi bergan savolga javob bo’ladigan o’rinni
|
| |