|
International Conference on Developments in EducationInternational Conference on Developments in Education
Hosted from Saint Petersburg, Russia
https: econferencezone.org Feb 23
rd
2023
pg. 21
turdagi gaplar shaklida bo’lishi lozim.
Hozir maktab tajribasida izohli o’qish, ijodiy o’qish, adabiy o’qish usulidan,
muammoli o’qitish metodlaridan, ilg’or pedagogik texnologiya metodlaridan
ham keng foydalanilmoqda. Masalan, A. Qodiriyning «Chin do’st» hikoyasini
o’rganishda izohli o’qish metodidan foydalanish mumkin. Chunki bu asar
matnida o’quvchilarga lug’aviy ma’nosi tushunarsiz bo’lgan so’zlar uchraydi.
Masalan, hikoyadagi saboqdosh, mirzaboshi, havolanmas, asrandi, g’arq, holda,
mahdum, marsiya, xun, hamnishin, dildor, notavon, g’urbat kabi so’zlar izoh
talab etadi.
Metodik adabiyotlarda badiiy asar matnini tahlil qilishning uch usuli: badiiy
asarni yozuvchiga ergashib yaxlit o’rganish; obrazlar vositasida o’rganish,
mavzul i - muammoli o’rganish alohida ajratib ko’rsatiladi.
Boshlang’ich sinflarda, asosan, tekstual tahlildan foydalaniladi, ya’ni, o’qituvchi
asarni tahlil qilishda asar matniga asoslanadi. Uni o’zgartirmagan holda undagi
ma’noni, jozibani o’quvchilarga yetkazib beradi.
Boshlang’ich sinflarda muammoli tahlil usulidan ham foydalanish mumkin.
Masalan, «Bobur va Humoyun» hikoyasini o’rganishda o’quvchilarga
«Boburning aytgan gaplari o ’rinlmi?», «Hikoyadagiday holat sodir bo 'lishi
mumkinmi?» kabi muammoli savollar berish o’rinli bo’ladi. O’quvchilar asarni
ichda o’qiydilar, jamoa bo’lib fikr almashadilar, bahslashadilar. Bahs davomida
o’quvchilar ma’naviy olamida ham, aqliy dunyosida ham muayyan o’zgarishlar,
rivojlanishlar sodir bo’ladi. Asar tahlilida qo’llanadigan tanlab o’qish, unga
munosabat bildirish, munosabatlaming turli xilda bo’lishi ham munozarani
keltirib chiqaradi. Munozarali o’rin muammoni yuzaga keltiradi. Endi o’quv
jarayoni oldida muammoni to’g’ri hal etish vazifasi turadi.
|
| |