|
International Conference on Developments in EducationInternational Conference on Developments in Education
Hosted from Saint Petersburg, Russia
https: econferencezone.org Feb 23
rd
2023
pg. 16
Key words: artistic work, work analysis, pedagogical foundations, theoretical
foundations, selective reading, text analysis.
Kirish
Badiiy asar ustida ishlashning 2-bosqichi asar tahlilidir. Asarni tahlil qilishning
asosiy yo’nalishi matnning aniq mazmuni (voqealar va uning rivojlanishi)ni,
kompozistiyasini, ishtirok etuvchi shaxslarning axloqi va harakterli
xususiyatlarini, asarning g’oyasini aniqlash hisoblanadi.
Asarni tahlil qilishning metodik shartlaridan biri asar mazmunini uning tasviriy-
ifodali vositalari bilan bog’liq holda qarashdir. Yana bir asosiy qoida asar ustida
ishlash jarayonida ta’lim-tarbiyaviy vazifalarni umumiy ravishda amalga oshirish
hisoblanadi. Bu qoidalar asar ustida ishlashning asosiy yo’nalishini belgilaydi,
shuningdek, matnni tahlil qilish jarayonida o’quvchilar bajaradigan topshiriqlarni
va muhokama qilish uchun ularga beriladigan savollarning harakterini aniqlab
olishga yordam beradi
Asar tahlili jarayonida matn ustida ishlashning quyidagi turlaridan foydalaniladi:
Tanlab o’qish. Bunda o’quvchi matnning berilgan vazifaga mos qismini o’qiydi.
Vazifa asarning mazmunini oydinlashtirish, sabab - natija bog’lanishini belgilash,
badiiy xususiyatini ochish, o’qilgan matnga o’z shaxsiy mu nosabatini
ifodalashdan iborat bo’lishi mumkin. Masalan, 4 - sinfda “Oltin kuz” matnidan
“Tabiatdagi o’zgarishlar berilgan qismlarni topib o’qing”, “Baqa va taqa”
ertagidagi “Taqachining nasihati berilgan joyni topish o’qing” kabi.
Tanlab o’qish matn ustida ishlashning eng samarali usulidir. Tanlab o’qishdan
matn ustida ishlashning barcha bosqichlarida turli xil qiyinchilikda,
murakkablikda foydalaniladi. U o’quvchilarda yaxshi o’qish sifatlarini o’stirish
bilan birga ularning ijodiy tasavvuri, nutqi va zehnini o’stirishga yordam beradi.
Eng oddiy tanlab o’qish asar mazmunini yuzasidan bo’ladi. Masalan, 4 - sinfda
”Toshkentnoma” (M.Shayxzoda) asari yuzasidan tanlab o’qish uchun quyidagi
topshiriqlar beriladi:
-She’rdan o’zbek xalqining mehmondo’stligi tasvirlangan o’rinni topib o’qing.
-
Yoz faslining zo’rligi tasvirlangan o’rinni topib o’qing.
”Dehqonbobo va o’n uch bolakay qissasi” (A.Oripov) asari matni yuzasidan
quyidagi topshiriq beriladi:
-
Matndan Dehqonboboning Vatan haqidagi gaplarini topib o’qin g.
Tanlab o’qishning Yana ham murakkabroq turlari matndan sabab-natija
munosabati bilan bog’langan faktlarni taqqoslashni, umumlashtirishni talab
qiladigan o’rinlarini topib o’qish hisoblanadi. Masalan, ”Harita” hikoyasi
|
| |