Pedagogika 017, 6-son Bosh muharrir




Download 2,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/136
Sana31.01.2024
Hajmi2,8 Mb.
#149178
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   136
Bog'liq
4979 197 2017. 6-son

PEDAGOGIKA 
2017, 6-son
 
 
24 
tibbiyot, sport va boshqa qator sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning 
pirovard maqsadi ham yosh avlodni sog‘lom va yetuk inson qilib tarbiyalashdir. 
Bu borada mamlakatimizda barcha shart-sharoitlar mavjud. Shu о‘rinda Vatan 
taqdiri, buguni va kelajagi uchun mas’uliyatni chuqur his etadigan, mustaqil va 
yangicha fikrlaydigan kadrlar tayyorlash yо‘lida amalga oshirib kelinayotgan 
ishlarni alohida kо‘rsatib о‘tish joiz. 
Iqtisodiyot oliy о‘quv yurti talaba-yoshlarida ma’naviyatni shakllantirish 
jarayonida ularda jamiyat taraqqiyotining asosiy yо‘nalishi hamda g‘oyasi 
xususidagi bilimlar haqida muayyan tasavvurni hosil qilish, ma’naviy- axloqiy 
sifatlarni shakllantirish, milliy istiqlol g‘oyasiga sodiqlik tuyg‘usini qaror 
toptirish, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligini ta’minlash 
ishiga munosib hissa qо‘shishga yо‘naltirilgan faoliyatni tashkil etish 
borasidagi 
kо‘nikma 
va 
malakalarni 
shakllantirish 
dolzarb 
muammolardandir. Zero, ta’limning asosiy vazifasi har tomonlama 
rivojlangan, yetuk, barkamol shaxsni tarbiyalashdan iboratdir.
Jamiyat taraqqiyoti va kishilarning ma’naviy rivojlanishi – bir-biri bilan 
bog‘langan uzviy jarayon. Ma’naviy jihatdan yetuk kishilargina jamiyat 
hayotida faol ishtirok etib, uni rivojlantirishga munosib hissa qо‘sha oladi. 
Shu bois ham mustaqil О‘zbekistonda ma’naviyatni yuksaltirish, ma’rifiy - 
tarbiyaviy ishlarni muntazam amalga oshirishga qaratilgan qator qonun 
hujjatlari qabul qilinib, kо‘plab tadbirlar amalga oshirildi. Eng muhimi, 
jamiyat ma’naviyatini rivojlantirish davlat siyosati darajasiga kо‘tarildi. 
Shaxsning ma’naviy rivojlanishi odamlar о‘rtasidagi kо‘p qirrali 
munosabatlar, ijtimoiy hayotdagi sharoit va imkoniyatlar, madaniy, 
ma’rifiy tadbirlar, mafkuraviy ishlarning uzviy birligi asosida amalga 
oshadi. Inson tarbiyasiga oid har bir tadbir ma’lum maqsadga 
yо‘naltirilgan bо‘ladi. 
Oliy о‘quv yurti talabalarining ma’naviyatini shakllantirishda, 
avvalambor, ularga g‘oya, milliy mafkurani singdirish zarur. Mafkura, 
uning zarurligi, ahamiyatini bilish ma’naviyatning muhim mezoni 
hisoblanadi, chunki milliy istiqlol mafkurasi mamlakatimizda yashayotgan 
barcha millat va elatlarning manfaatlarini, maqsad-muddaolarini о‘ziga 
mujassam etgan bо‘lib, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi yо‘lida xizmat 
qiladigan g‘oyalar tizimidir. 
Har bir bо‘lajak iqtisodchi о‘z mutaxassisligi sohasiga oid ilmiy 
bilimlarni egallash bilan bir qatorda, jamiyatimizda amalga oshirilayotgan 
iqtisodiy, siyosiy islohotlar mazmuni va mamlakatda yuz berayotgan 



Download 2,8 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   136




Download 2,8 Mb.
Pdf ko'rish