Pedagogika 017, 6-son Bosh muharrir




Download 2,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/136
Sana31.01.2024
Hajmi2,8 Mb.
#149178
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   136
Bog'liq
4979 197 2017. 6-son

PEDAGOGIKA 
2017, 6-son
 
 
20 
Shaxsni shakllantirishning psixologik omillari, shaxs qobiliyati va uning 
rivojlanishi kabi masalalar psixolog olimlar P. Blonskiy, G. Davletshin,
S. Vigotskiy, N. Leontyev, V. Vohidov, B. Shoumarov, G‘. G‘oziyev, S. Kon, xorij 
olimlari F. Myuller, E. Gekkel, I. Shvansar va boshqalarning tadqiqotlarida о‘z 
ifodasini topgan. Bunda shaxsning har tomonlama rivojlanishda ta’lim jarayoni 
bilan birga, ijtimoiy muhit va biologik omillarning ham muhim ekanligi 
kо‘rsatilgan bо‘lib, shaxs rivojlanishining ichki ehtiyojlari, psixologik 
xususiyatlarini inobatga olish shaxs ma’naviyatini shakllantirishning asosiy 
vazifasi sifatida yoritiladi. 
О‘zbekistonda pedagogikaning tarixiy ildizlarini о‘rganish zarurligi anglab 
yetilgandan buyon milliy pedagogikamizda ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalariga 
doir bir qancha tadqiqotlar amalga oshirildi, monografiya, ilmiy maqola chop 
etildi, darslik va qо‘llanmalar yaratildi. Shaxsni har tomonlama ma’naviy - axloqiy 
rivojlantirish bо‘yicha pedagogika fani doirasida ham qator tadqiqot ishlari olib 
borilmoqda. Pedagog olimlardan O. Musurmonova, E. Sayitxalilov, S. Nishonova, 
U. Mahkamov, Sh. Qurbonov, M. Quronov, M. Inomova, S. Ochilov, N. Ortiqov,
Q. Qurbonboyev, J. Toshmatova, Z. Qurbonniyozova, Sh. Olimov, S. Temirova,
M. Xо‘djayeva, A. Musurmonov, D. Abdurahimova va F. Norboyevlar shaxsni 
ma’naviy-axloqiy shakllantirish muammolari ustida tadqiqotlar olib borganlar. 
Ma’naviy-axloqiy tarbiya muammolari bо‘yicha kо‘plab hamdо‘stlik 
mamlakatlari olimlari Sh. Gashimov, M. Xovratovich, A. Xrapal, A. Shorov,
P. Kopayev, B. Bityayeva, M. Valyayeva, D. Dorjiyeva, K. Iskakov, P. Kopchev,
Z. Kutluchildina, M. Xonbikov, J. Beshimovlar tomonidan ham ilmiy ishlar amalga 
oshirilgan. Kо‘rinadiki, bu muammo bо‘yicha ilmiy izlanishlar miqdori kо‘p, biroq 
ma’naviy-axloqiy tarbiyaga ilmiy va nazariy jihatdan, tarixiy-pedagogik 
istoriografiya nuqtayi nazaridan, nafaqat О‘zbekistonda, balki hamdо‘stlik 
mamlakatlarida ham yondashish maqsad qilib qо‘yilmagan. 
Mutaxassis olimlar tomonidan о‘zbek pedagogikasida tarbiyaning barcha 
turlari qatorida ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari о‘rganib kelindi, ammo 
ma’naviy va axloqiy tarbiyaning о‘ziga xos yetakchi belgilari, vositalari 
istoriografik jihatdan ham, tipologik tomondan ham, tahliliy jihatdan ham 
yetarlicha tadqiq etilmagan. Endilikda ma’naviy-axloqiy tarbiya bо‘yicha shu 



Download 2,8 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   136




Download 2,8 Mb.
Pdf ko'rish