PEDAGOGIKA
2017, 6-son
16
Ta’lim modeli ta’lim metodidan farq qiladi.
Birinchidan, ta’lim xususiyati
о‘quvchilarning
umumlashgan, tо‘liq faoliyatiga asoslanadi va bu о‘quv
faoliyatining boshqa samarali faoliyat turlari bilan birikishi xususiyatlarini
kuzatishga imkon beradi.
Ikkinchidan, ta’lim modeli tushunchasida ta’limning
mantiqiy-mazmuniy tomonidan tashqari, uning vaqt bо‘yicha dinamik yoyilishini
ham hisobga oladi.
V. Klarin ta’limni о‘zgartirishda ikki asosiy yondashuv haqida yozadi:
texnologik va izlanishli. Birinchi holatda ta’lim modeli о‘quvchilarning
reproduktiv faoliyati asosida ishlab chiqiladi. Ta’lim maqsadi о‘zlashtirishning
aniq qayd qilingan muvaffaqiyatlaridan tashkil topadi.
1
Izlanishli yondashuvda ta’lim modellari о‘quvchilarning samarali faoliyatiga
yо‘naltirilgan holatda amalga oshiriladi; ta’limning
maqsadi yangi tajribani
о‘zlashtirish, yangi bilimlarning hosil bо‘lishi, harakat usullari,
shaxsiy fikrlarni
rivojlantirish imkoniyati hisoblanadi
2
.
Ta’limning tadqiqiy modellari qatoriga muammo, bahs, о‘yinli
modellashtirish kabi hal qilishni tizimlashtirish
asosida ijodiy izlanishni
tashkillashtirish ham kiradi. Bu modellarda ta’lim mazmunini belgilovchi
о‘quvchilarning izlanishli о‘quv faoliyati, shaxsiy bilimini tashkillashtirish faoliyati
yuzaga chiqadi.
Ta’limning maqsadi о‘quvchilarning izlanishli faoliyati tartibini о‘zlashtirish
hisoblanadi. Мuammoni his etish va uni qо‘ya bilish,
farazlarni shakllantirish,
о‘quv faoliyatini rejalashtirish va ishlab chiqish, ma’lumot, isbotlarni tо‘plash va
tahlil qilish, ma’lumot va xulosalarning о‘zaro munosabatini aniqlash, savollarga
javob berish jarayonida natijalarni tushunib yetish,
farazlarni tekshirish,
umumlashma, xulosa, natijalarni shakllantirish usullaridan keng foydalaniladi.
О‘quvchilar faoliyatida ahamiyatli muammolarni hal qilish,
yangi hayotiy
tajribani о‘zlashtirish, bilish imkoniyatlarini kengaytirish, bahslashuv elementlari
(shu bilan bir qatorda, о‘z-о‘zidan) motivlari mavjud bо‘ladi. Bu borada izlanishli
ta’lim modellari muvofiq motivlarda namoyon bо‘luvchi о‘quvchilarning bilish
faolligini rivojlantirishga yо‘naltirilgan, deb xulosa chiqarish mumkin.
1